Muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot


Download 8.89 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi8.89 Kb.
#1466575

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI




MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI




Ish yuritish huquqi fanidan 2-mustaqil ish
Bajardi: Karimberdiyev Azizbek
Tekshirdi: Raximova Umida

TOSHKENT – 2023

TAVSIYANOMA


Men Alisher Mehmonaliyevni 2020-yildan beri yaqindan taniyman. 2020-yildan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida birga o’qiymiz. Bu davr ichida u electron tijorat va iqtisodiyot sohasida ko’plab amaliy ishlarda faol qatnashdi. Uning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga bo’lgan qiziqishi yuqori.
A.Mehmonaliyev intizom va qatʼiyatliligi bilan guruhimizda shuningdek universitetda ham obroʻ qozongan. Institut ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.
Shu sababli men Alisher Mehmonaliyevni Toshkent davlat iqtisodiot universiteti Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishida magistratura bosqichida o’qish uchun tavsiya qilaman.
2023-yil 7-aprel (imzo) 120-20 guruh talabasi A.Karimberdiyev


Kafolat xati Muayyan bir shart yoki vaʼdani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Xatlarning bu turi, qoidaga koʻra, bajarilgan ish uchun haq toʻlashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar-joy bilan taʼminlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga joʻnatiladi.
Maʼlum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va eʼtirozlari bayon qilingan xatlar – daʼvo xatlari yoki daʼvonomalar deb yuritiladi. Daʼvo xatlari tovar yetkazib berish, qurilish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir qancha ishlar boʻyicha
tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda, oʻz qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tu ziladi. Daʼvo xatlarida, asosan, shartnoma (bitim)ga koʻra oʻz zimmasiga olgan majburiyatini buzgan tomon yetkazgan zararni qoplash talab qilinadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori B.SH.Maxkamovga AKT sohasida iqtisodiyot menejment fakulteti 120-20 Eto’ guruh talabasi Karimberdiyev Azizbekdan

Kafolat xati


Men Karimberdiyev Azizbek universitet bilan tuzilgan ikki tomonlama to'lov-kontrakt shartnoma summasini oilaviy sharoitim tufayli belgilangan muddatdan kechiktirib 20.05.2023 sanasida to’lashga kafolat beraman. Agar aytilgan muddatgacha to’lovni amalga oshirmasam, talabalar safidan chetlashtirilishim haqida ogohlantirildim.
07.05.2023y. (Imzo)
Download 8.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling