58- rivojlangan mamlakatda iqtisodiy siyosatning asosiy yo'nalsihlari
Download 16.58 Kb.
|
58- Rivojlangan mamlakatda iqtisodiy siyosatning asosiy yo'nalsihlari. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti ko‘p ukladli ijtimoiy-iqtisodiy tarkibga asoslanadi. Bir qator mamlakatlarda kapitalistik uklad bilan bir qatorda hamon urug‘-aymog‘chilik va patriarxal munosabatlar ham mavjuddir. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat va davlat xo‘jalik ukladi muhim rol o‘ynaydi. Davlat sektorini rivojlantirish bosqichi kapitalistik ishbilarmonlikni kengaytirish siyosati bilan hamohang olib boriladi. Buning natijasida esa davlat kapitalizmi paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Milliy xususiy kapitalistik xo‘jalik ukladning rivojlanishi va shakllanishi jamg‘arish muammolari (ya’ni, pul resurslarining yetishmovchiligi) va jamg‘arilgan mablag‘larning sarflanishi xususiyatlariga bog‘liqdir. Bu mablag‘lar asosan savdoga (ichki va tashqi), ko‘chmas mulklarni sotib olishga, mashinalarni ta’mirlashga, sug‘urtaga, benzin quyish shaxobchalariga, taksiga, ya’ni sarmoyalarni aylanishi tez bo‘lgan sohalarga yo‘naltiriladi. Jahon iqtisodiyotida ozodlikka erishgan rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida paydo bo‘lgan va rivojlanib borayotgan kapitalizm periferik xarakterga ega. Bu shuni anglatadiki, u sanoati rivojlangan mamlakatlar kapitalizmidan nafaqat rivojlanish darajasi bo‘yicha, balki eng muhimi, ishlab chiqarish usullarning modeli va moddiy ne’matlar taqsimoti bo‘yicha ham tubdan farq qiladi. Kapitalizm markazlari, jamg‘arishning organik va o‘zaro aloqador doimiy o‘sish jarayonida bo‘lgan milliy zaminda paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Moslashuvchanlik (imitatsiya) aholining boy qatlamlarining o‘zlari uchun zaruriy bo‘lgan barcha narsalarni qo‘lga kirita oladigan maxsus bozorlarning tashkil topishidan boshlandi. Bunday vaziyatda aholining asosiy qismi kambag‘allikka mahkum etilib, ularni bozorlarda erkin muomalada bo‘lish imkoniyatidan mahrum etadi. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan joriy qilingan yangi texnik-texnologiyalar odatda hozirgi kunga mos keladi, ammo ularning bozor narxlari juda yuqori bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qator muammolarni keltirib chiqaradi. Jahon iqtisodiyotida ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘xshashlik tomonlari, ya’ni ularning qashshoqligi, aholisining qoloqligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, sanoati rivojlangan mamlakatlardan katta miqdorda qarzdorligi bo‘lib hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi o‘zining to‘laqonli ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi va aholisining yashash turmush tarzi darajasi bo‘yicha G‘arbiy Yevropani sanoatlashgan ilg‘or mamlakatlaridan qariyb 20-50 marotaba orqada qolmoqda. 60-Asosiy va aylanma vositalarning tashqi savdodagi ahamiyati Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiyshda asosiy vositalarning urni nixryatda kattadir. Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol uynaydi, chunki ular barcha korxona tayanadigan va korxonaning ishlab chiqarish kuvvatini badolash mezoni bo‘lgan ishlab-chiqarish texnika bazasini tashkil etadi. Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir, Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruxiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik maishiy xizmat, soglikni saklash, ta’lim va boshqa-larning asosiy vositalari kiritiladi. Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar ob’ektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra quyidagi guruxdarga bo‘linadi: foydalanilayotgan; zaxirada turgan; ishlamayotgan asosiy vositalar. Asosiy vositalarning bunday guruxlanishi ulardan foydalanish samaradotlya baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa kog berish yoki sotish to‘g‘risida Qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskiripshn::hisob-kitob qilish uchun zarur. 59- Iqtisodiy o'sishda davlatning ro'li. Iqtisodiyotni rivojlanishi davlat uchun eng asosiy vazifa hisoblanadi.Iqtisodiyot davlatning asosiy bug'ini.Iqtisodiyot ortda qolgan sari davlat ham qashshoqlashib boraveradi.Davlat iqtisodiyotda muhim rol uynaydi Ammo davlatning iqtisodiyotdagi roli haqida bir qancha fikrlar bor.Smit nazariyasini olsak xususiy tadbirkorlar ishlarida davlat qatnashsa ularga faqat zarar olib keladi deb hisoblaydi. Ishlab chiqaruvchi erkinlikda hohlaganidek zaruriy narsalarni ishlab chiqarib foyda koproq olishadi deb uylaydi. Aksincha Keynsa nazariyasiga etibor bersak davlat tartib solish vasifalaridan foydalangan holda jamiyatning yalpi talabini ragbatlantirishni va aholining ish bilan taminlanishi kerakligini aytib otadi. Urushdan keyin Keyns nazariyasi haqiqatga yaqinlashib boraveradi va iqtisodiyotda davlatning orni osib boraveradi. Bmt tadqiqot guruhi malumotlariga qaraganda Hukumatlar bajaradigan vazifalarga qoshimcha ravishda ula muhim bolgan va shaxsiy say harakatlar bn yetarli darajada bajarilmagan oddiy sababga kora bajarishlari kerak bolgan katta chegaralar mavjud. Bu chegara hududi har qanday mamlakatda bolishi mumkun ammo rivojlanmagan mamlakatlar ozlarini qisqa vaqt ichida rivojlantirishni hohlasalar rejalashtirishdan qocha olmaydilar vaqt omili muhim ekanini bildiradi. Download 16.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling