5А110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) yo‘nalishi magistranti Xurramov Anvar Vafokulovich mavu: oliy ta’lim muassasasi
Download 1.1 Mb.
|
(7-mavzu) Oliy ta'lim muassasasi Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
III. Oliy maktabning kafedrasi
1. Kafedra oliy o‘quv yurti (fakultet) tuzilishidagi bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yidia o‘quv, ilmiy va usulbiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida ma’naviy -m a’rifiy ishlarni olib boruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiypedagogik kadrlarni tayyorlovchi hamda uiarning malakasini oshiruvchi asosiy tarmoq (bo‘g‘in) hisoblanadi. Kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita rektorga buysunadi. 2. Kafedra kamida beshta o‘qituvchi mavjud boiganda, ulardan bittasi fan doktori yoki professor darajasiga va kamida ikkitasi Tan nomzodi yoki dotsent unvoniga ega bo‘lganda tuziladi. Jismoniy tarbiya, chet tillari, grafika va chizmachilik, rasm hamda musiqa kafedralari, odatda, kamida ikkita o‘qituvchi ilmiy daraja yoki unvonga ega bo‘lganda tuziladi. Kafedra o ‘quv - tarbiyaviy va ilmiy jarayonni ta’minlovchi o ‘quv, ilmiy laboratoriyalarga, kabinetlarga, markazlarga va boshqa tarmoqlarga ega bo‘lishi mumkin. 3. Kafedrani, odatda, professor yoki fan doktori darajasiga ega bo‘lgan, tanlov asosida saylangan kafedra mudiri boshqaradi. Kafedra tarkibiga professorlar, dotsent, katta o‘qituvchi, o ‘qituvchi, assistentlar, katta va kichik ilmiy xodimlar, doktorant va aspirantlar, shuningdek, stajyorlar, muhandis - texnik va o ‘quv-yordamchi xodimlar kiradi. 4. Kafedraning faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat kafedra mudiriga yuklatiladi. Kafedra mudiri oliy o ‘quv yurtining barcha tarmoqlarida kafedra faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama va hal etilishida ishtirok etadi; kafedraning, o ‘qituvchilarning, xodimlarning shaxsiy ish rejasini tasdiqlaydi; kafedra a’zolariga pedagogik yuklamalarni bo‘ladi, vazifalarini belgilaydi va bajarilishini nazorat etadi; kafedraga ishga olish, ishdan bo‘shatish, yangi vazifalarga tayinlash, rag‘batlantirish, intizomiy choralar ko‘rish to ‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi; zarur shartsharoit yaratishni talab etadi. 5. Kafedra faoliyati o ‘quv, ilmiy-uslubiy, m a’naviy - m a’rifiy, tadqiqot va boshqa ish turlarini qamrab olgan istiqbolli hamda joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi, rejalarning bajarilishi kafedra yig‘ilishida muhokama etiladi. 6. Kafedraning vazifalari: — oliy ta’limning davlat ta’lim standarti asosida belgilangan o‘quv mashg‘ulotlarini yuksak nazariy, ilmiyuslubiy darajada o‘tkazish; talabalarning malakaviy amaliyoti, bitiruv ishlari, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish, reyting nazoratini joriy etish; — kafedra fanlari b o ‘y ic h a o'quv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlashga taqdim etish, turdosh kafedralarning dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash, darslik, o ‘quv, usulibiy ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash; — iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ta’lim olish shakl - usullarini takomillashtirish; — ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, natijalarini tatbiq etish, talabalar, aspirantlar, doktorantlarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish, tugallangan ishlarni muhokama etish; — kafedra xodimlarining shaxsiy rejalari bajarilishini ta’minlash, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, yangi pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish. Masofaviy ta’lim tizimini, xorijiy oliy o‘quv yurtlari tajribasini o‘rganish, joriy etish, ta’lim xizmatlari tizimini
— budjetdan tashqari mablag'lar jalb etish, korxonalar, xo‘jaliklar, muassasalar bilan aloqa o‘rnatish; — oliy o'quv yurtini bitirganlar bilan aloqa o ‘rnatish. Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalar o ‘rnatish.
2. Fakultet to‘g‘risida nizom (1998). 0 ‘sha kitob, 290 — 293 - betlar. 3. Kafedra to‘g‘risida nizom (1998). 0 ‘sha kitob, 294— 298- betlar. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling