5А140202-yadro fizikasi va yadro texnologiyalari
Download 404 Kb. Pdf ko'rish
|
39) 5А140202 Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari qo‘llash sohalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGIGA KIRISH SINOVLARI UCHUN MAXSUS FANLARDAN DASTUR VA BAHOLASH MEZONI
- Annotatsiya.
- TUZUVCHILAR: Jumaboyev A.
- Rajabov R.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 5А140202-YADRO FIZIKASI VA YADRO TEXNOLOGIYALARI (QO‘LLASH SOHALARI BO‘YICHA) MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGIGA KIRISH SINOVLARI UCHUN MAXSUS FANLARDAN DASTUR VA BAHOLASH MEZONI Samarqand - 2021 Annotatsiya. Dastur 5А140207-Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun 5140200 – Fizika ta’lim yo‘nalishining 2016/2017 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. TUZUVCHILAR: Jumaboyev A. – Samarqand davlat universiteti «Optika» kafedrasi professori, fizika – matematika fanlari doktori. Eshbo‘riyev R. – Samarqand davlat universiteti «Yadro fizikasi va astronomiya» kafedrasi dotsenti, fizika – matematika fanlari nomzodi. Rajabov R.– Samarqand davlat universiteti «Umumiy fizika» kafedrasi mudiri, fizika – matematika fanlari nomzodi. Dastur Fizika fakultetining 2021 yil 25 iyundagi 10-sonli kengash yig‘ilishida, Universitet kengashining 2021 yil 30 iyundagi 11-son yig‘ilishida muhokama etilgan va tavsiya etilgan. Мexanika Kinematika Kirish. Mexanika fanining rivojlanish tarixi. Fanning maqsadi va turmushdagi ahamiyati. Fanning mutaxassis tayyorlashda tutgan o’rni. Fanlararo bog’lanish. Mexanik harakat. Fazo, vaqt, sanoq sistemalari haqida tushuncha. To’g’ri chiziqli harakat. To’g’ri chiziqli tekis harakat. To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat. Egri chiziqli harakat. Aylanma harakat. Yuqoriga tik otilgan jism harakati. Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati va ularning harakat tenglamalari. Dinamika Jismlarning o’zaro ta’siri. Kuch. Kuchlarni o’lchash. Kuchlarni qo’shish. Nuqtaga ta’sir etuvchi kuchlarning muvozanat sharti. Nyuton qonunlari. Nyutonning I - qonuni. Massa. Nyutonning II-qonunining umumiy ko’rinishi. Nyutonning III-qonuni va uning tadbiqi. Jismlarning erkin tushishi. Vaznsizlik. O’ta yuklanish. Jismning erkin bo’lmagan harakati. Impuls. Kuch va jism impulsi. Impuls saqlanish qonuni. O’zgaruvchan massali jism harakati. Meshcherskiy tenglamasini keltirib chiqarish. Ish va energiya Kuchning ishi. F.I.K. Deformasiya. Energiya turlari. Deformasiya potensial energiyasi. Kinetik energiya. Jismning to’liq energiyasi. Energiyaning saqlanish qonuni. To’liq noelastik va elastik to’qnashishlar. Yerning tortish maydonida jismning potensial energiyasi. Inersial sanoq sistemalari. Noinersial sistemada jismning harakati. Aylana harakat qilayotgan sistemada inersiya kuchlari. Ishqalanish kuchlari Ishqalanish turlari. Qovushoq ishqalanish. Stoks formulasi. Quruq ishqalanish. Sirpanish ishqalanish. Dumalanish ishqalanish. Noinersial sistemada jismning harakati Noinersial sistemada jismning xarakati. Burchak tezlik va chiziqli tezlik vektorlari orasidagi bog’lanish. Aylanma harkat qilayotgan sistemada jismga ta’sir etuvchi inersiya kuchlari. Kariolis tezlanishi va kuchi. Fuko mayatnigi. Ber qonuni. Qattiq jismlarning aylanma harakati Qattiq jismning ilgarilanma va aylanma harakati. Qo’zg’almas o’qqa ega bo’lgan jismning muvozanat sharti. Jismning qo’zg’almas o’q atrofida aylanma harakat qonuni va uning tenglamasi. Impuls momenti. Og’irlik va inersiya markazlari uni aniqlash usullari. Qattiq jism inersiya markazining harakat qonuni. Shteyner teoremasining tadbiqi. Qattiq jism harakati uchun dinamikaning asosiy qonunlari. Aylanma va ilgarilanma harakat qilayotgan jismning kinetik energiyasi. Erkin aylanish o’qlari. Giroskoplar. Erkin giroskop o’qining harakati. Giroskopik kuchlar. Deformasiya Deformasiya. Deformasiya turlari. Plastik deformasiya.Elastik jismlar. Guk qonuni. Elastik deformasiya (cho’zilish va siqilish). Deformasiya formulasi va grafigi. Deformasiya energiyasi va energiya zichligi. Mustahkamlik chegarasi va mustahkamlik zapasi. Butun olam tortishish qonuni Tortishishning potensial energiyasi. Koinot mehanikasining asosiy qonunlari va uning isbotlari. Yer yo’ldoshi va kosmik apparatlarning harakati. I, II, III- kosmik tezliklar. Suyuqlik va gazlar harakati Moddaning agregat holatlari. Suyuqlikning stasionar oqishi. Ideal suyuqlik zarrasi uchun dinamikaning asosiy qonuni. Bernulli tenglamasi. Suyuqlik yoki gaz oqimining jismga ta’siri. Reynolds soni. Torrichelli formulasi. Magnus effekti. Ko’tarish kuchi. Tebranma harakat Davriy jarayonlar. Garmonik tebranma harakat, uning parametrlari. Amplituda, chastota, tebranishlar davri tushunchalari. Matematik mayatnik va uning kinematikasi, dinamikasi. Matematik mayatnik qonunlari. Fizik mayatniklar, turlari, ularning harakat tenglamalari. Prujinali mayatnik , uning harakat tenglamasi, tebranish qonuniyatlari. Kyoning teoremasining tadbiqi. Xususiy tebranishlarda energiyaning o’zgarishi va uning grafigi. So’nuvchan tebranma harakat. So’nish dekrementi. Majburiy tebranishlar va uning harakat tenglamasi. Rezonans. Tebranishlarni qo’shish. Biyeniye(titrash). O’zaro perpendikulyar tebranishlarni qo’shish. Lissaju shakllari. To’lqinlar To’lqin tushunchasi. Ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlar. To’lqin sirti va fronti. Torning tebranishi. Yassi sinusoidal to’lqin. To’lqin harakat energiyasi. To’lqin energiyasi oqimi.Umov vektori. To’lqin intensivligi. To’lqin interferensiyasi. Turg’un to’lqin. Tovush va uning tabiati. Akustika elementlari. Tovush parametrlari: kuchi, balandligi,tembri. Tovush bosimi. Tovush intensivligi.Tovush kuchi (qattiqligi) birliklari: bell va detsibell.Doppler effekti. Ultratovush va uni hosil qilish usullari; pyezoeffekt, magnitostriksiya. Ultratovushning qo’llanilishi. Download 404 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling