5lp momiq ajratish texnologiyasini ishlashi to’g’risida ma’lumot


Paxta mamig‘ini (lintini) chigitidan ajratish jarayoni


Download 176.94 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi176.94 Kb.
#1555360
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullazizov B hisobot.doc

Paxta mamig‘ini (lintini) chigitidan ajratish jarayoni linterlash, shu jarayonni bajaradigan uskunalar esa linter deb ataladi.
Linterlash jarayonida uskunaning asosiy ishchi qismlaridan biri kolosnikli panjara bo‘lib, linterlash jarayoniga ta’sir etuvchi ishchi qismlardan biri hisoblanadi. Kolosnik linterlash jarayonida arrali silindrning aylanishi hisobiga tez yoyiladi va uni almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ekspluatasion harajatlarni oshirishga va uskunani to‘xtalishlar vaqtini oshirishga olib keladi. Shuning uchun kurs loyixasi men kolosnikli panjara kolosniklarini mustaxkamligini oshirish maqsadida 5LP markali linterga takomillashtirilgan resursotejamkor ishchi qismni taklif etib etdim.
Linter uskunalari asosiy ish organlarining konstruksiyasi va lintni chigitdan ajratish jarayoni jixatidan arrali jinlarga o‘xshaydi.
Linterlarda ham jinga o‘xshab fartuk, chigit tarog‘i, kolosnik panjara va peshtoq bruslar bilan chegaralangan chigit kamerasi bor. Shu kamerada chigitlarni linterlash jarayoni bajariladi. Arra tishlaridan lintni ajratish uchun, o‘lyuk va iflosliklarni ajratishni rostlovchi moslamalar bilan jixozlangan havo oqimi beradigan tizim bor.
Chigit kamerasiga chigitlarni bir tekisda berib turish uchun, linterlash davrida chigit valigini zichligiga qarab chigitni ko‘paytiradigan yoki kamaytiradigan mexanizmlari bo‘lgan maxsus konstruksiyadagi ta’minlagich xizmat qiladi.
Linterlash jarayoni jinlash jarayoniga o‘xshaydi. Linterning ish kamera sidan aylanuvchi chigit valigiga arrali silindr bilan ishlov beriladi. Bu jarayonlarning farqi shundaki, arrali jinda 3035 % tola, 1117 % lint va 5060% chigitdan tashkil topgan paxta ishlansa, linterlarda jindan chiqqan kam tukli chigitlar ishlatiladi. Linterlash jarayonida chigit valigi arra ta’sirida aylana olmaganligi sababli uni aylantirishga yordam berish maqsadida linterlarning chigit kamerasiga arraga teskari aylanadigan to‘zg‘itgich o‘rnatilgan.To‘zg‘itgich (4) chigit valigini aylantirish bilan bir vaqtda uni to‘zitib, tukliroq chigitlarning arrali silindr (6) tishlariga kelishini yaxshilaydi.
Arra tishlari chigitga eng ko‘proq ta’sir qiladigan joyda kamera ichiga mo‘ljaldagicha kirib turishi lozim. Bu joylarda chigitlar ko‘proq zichlangan bo‘lib, linterlash jarayonining yaxshiroq bajarilishiga imkon beradi.
Linterlash jarayonini bajarish uchun arra tishlarining va to‘zg‘itgich parrak larining tezligi katta ahamiyatga ega. Bu tezliklar quyidagi formula yordami da aniqlanadi:
ya’ni :
bunda: d- arra yoki to‘zg‘itgichning diametri, m.
n- arrali silindrning yoki to‘zg‘itgichning aylanish tezligi, ayl/min.
Demak, arra tishlari chigit massasiga quyidagi nisbiy tezlik bilan kelib kiradi:
V0 = Vcp - VT = 12,2 - 3,4 = 8,8 m/sek.
Shunday nisbiy tezlik bor bo‘lgani uchun arraning ish kamerasiga kirib turgan yoy qismida chigitlar to‘zitgich plankalari bilan ushlab turgan yeridan arra tishlari shunday nisbiy tezlik bilan kelib urilishi natijasida linterlash jarayoni sodir bo‘ladi. Chigitlar arra tishlari bilan uchrashish paytida qo‘zgalmas tayanchga tiralib tursa, ezilib va maydalanib ketgan bo‘ladi. Bu yerda to‘zitgich parraklari (4) ham aylanib turgani uchun arra tishlari chigit sirtidan sirg‘alib o‘tib uning ustidagi tuklarni qirib oladi.




  1. Download 176.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling