5lp momiq ajratish texnologiyasini ishlashi to’g’risida ma’lumot


LP momiq ajratish texnologiyasining ishlash prinspi va


Download 176.94 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi176.94 Kb.
#1555360
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullazizov B hisobot.doc

5LP momiq ajratish texnologiyasining ishlash prinspi va

parametrlari
Paxta tozalash korxonalarining linterlash bo‘limiga o‘rnatilgan linter uskunalarning asosiy vazifasi chigitning yuzasidagi momiqni mexanikaviy usulda, ya’ni arra tishlari bilan ajratib olishdir. Linterlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: linterlash jarayonida chigit xamda momiq shikastlanmas ligi, momiqqa iflosliklar va aralashmalar qo‘shilmasligi kerak, momiqning sifatini, chigitning tukdorlik darajasini va linterning ish unumdorligini boshqarib boruvchi mexanizm (asbob-uskuna) ishlashi zarur.
Respublikada 1949 yili "SNIIXProm" ning ilmiy izlanishlariga asosan birinchi momik ajratgich uskunasi XLF rusumli linter ishlab chiqildi. 1953 yili 160 arrali PO-160, so‘ng 1956 yili POM-160 rusumli linterlar yaratildi. Bularning momiq bo‘yicha ish unumdorligi 30 ÷ 35 kg/soat ga teng. Keyinchalik UMPL ishchi kamerasi bilan PMP-160M rusumli linter ishlab chiqildi.
1981 yildan chigit va lint bo‘yicha ish unumdorligi yuqori va lint sifati yaxshiroq bo‘lgan 5LP rusumli yangi linter yaratildi. Linter chigitni qabul qiluvchi-tozalovchi (KPP) o‘rnatilgani bilan xam farq qiladi. Undan tashqari ishchi qismida arra tishlarining qobirg‘ali panjaraga kirishi uzaytirilgan, to‘zitgichning aylanish tezligi ko‘paytirilgan (500 min-1) xamda ishchi kamerasining yuzasi kattalashtirilgan, buning hisobiga linterning momiq bo‘yicha ish unumdorligi 100 kg/soat va chigit bo‘yicha ish unumdorligi 2200 kg/soat, ya’ni umumiy ish unumdorligi 40 ÷ 55 % ga oshgan.
5-LP uskunasida linterlash jarayoni quyidagicha bajariladi: chigitlar linter ustiga o‘rnatilgan KPP rusumli ta’minlagichning chigitni qabul qiluvchi valigi (1) ko‘magida koziqchali- plankali barabanga (3) beriladi. Qoziqcha va plankalar barabanning aylanishi hisobiga chigitni 2,5 x 3 mm teshikli to‘r yuzasidan sudrab o‘tishi natijasida, chigit miqdorida bo‘lgan mayda iflosliklardan tozalanib, uzunligi bo‘yicha ta’minlagich novidan (4) bir tekisda linterning ish kamerasiga oqib tushadi. Linterning ishchi kamerasiga chigitning bir maromda tushishiga va intensiv titib berishiga sabab, qoziqcha – plankalarning shaxmat tarzdajoylashishi hamda ularning bir xil tezlikda aylanishidir. Ishchi kamerasida (6) aylanayotgan arrali silindr (7) va to‘zitgich (8) ta’sirida chigitlar zichlangan aylanuvchi valik xosil qiladi. Arra (7) tishlari aylanib turgan chigit valigiga sanchilib, chigit yuzasidagi tolali massani ilib yoki qirib oladi - buni momiq deyiladi.
Arra tishlariga ilingan momiq kolosnik (10)oralig‘idan olib o‘tiladi va havo bo‘linmasining tirqishiga (9) kelganda undan chiqayotgan havo tezligi hisobiga arra tishlaridan ajratib olinadi. Momiqni ajratib pastga, ya’ni havo kamerasining momiq ketuvchi kuvurga (13) uzatib beradi, u yerdan esa havo bilan momiq batareya kondensoriga ketadi.
Chigitlar linti ma’lum darajada olingandan keyin ular aylanayotgan valikdan ajralib, kolosnik (10) ustiga tushadi, so‘ngra pastga sirpanib, taroq (12) va kolosniklar orasidan o‘tib, yig‘ish konveyeriga tushadi va navbatdagi ishlov uskunasiga yuboriladi. Lintning arra tishlaridan ajratish vaqtida ulyuk reykasining (14) turishi hisobiga ajralgan ulyuk va mayda xas cho‘plar konveyer (15) orqali uskunadan tashqariga chiqariladi.
Chigitning chiqishi chigit tarog‘i (12) orqali rejalashtirilib turiladi. Chigit tarog‘i qancha yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lsa, shuncha chigit valigining zichligi ortib, momiq olish miqdori ko‘payadi, agarda pastga tushirilgan bo‘lsa, chigit valigininig zichligi pasayib, momiq olish miqdori kamayadi, lekin chiqayotgan chigitning toladorligi yuqori bo‘lib, umumiy momiq chiqishi miqdori pasayib ketadi, chunki ancha foiz momiq chigit bilan ketib qoladi. Bunday holatda olingan momiqning uzunligi yuqori bo‘lib, momiq A tipiga mansub bo‘ladi.
Linter ishining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib, momiq ajratish darajasi va chigit bo‘yicha ish unumdorligi hisoblanadi.
Linter ish tartibini sozlash ikki usulda amalga oshiriladi:
- chigit tarog‘ini holatini o‘zgartirib;
- chigit bilan ta’minlash tartibini o‘zgartirib.
Chigit tarog‘i holatini o‘zgartirib, chigitdan momiq ajratish darajasi o‘zgartiriladi. Chigit bilan ta’minlash rejimini o‘zgartirib, linterning chigit bo‘yicha ish unumdorligi o‘zgartiriladi.
Linterni chigit bilan ta’minlashni sozlash ishchi kameradagi chigit massasining zichligiga qarab bajariladi. Linterning chigit bo‘yicha ish unumdorligi ishchi kameradagi chigit zichligi dastagi bilan variatorni bog‘lovchi zanjir uzunligini o‘zgartirish hamda zichlik dastagi richagidagi yukning holatini o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Ulyuk va iflosliklarni ajratishni sozlash havo kamerasining ulyuk ajratish reykasining holatini o‘zgartirish bilan bajariladi.
Linter ishchi kamerani ko‘tarish mexanizmi bilan jixozlangan. Mexanizm linterni boshqarish pultiga o‘rnatilgan knopka orqali boshqa riladi.
5LP- linterning aylanuvchi ish organlarining kinematik sxemasi ko‘rsatilgan.
Linterning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari uch xil ko‘rsatgich bilan tavsiflanadi:
- Lint ajratish bo‘yicha ish unumdorligi (kg/soat);
- Tukli chigitni o‘tkazish bo‘yicha ish unumdorligi (kg/soat);
- Lint olish foizi (%).
Bu ko‘rsatkichlar o‘zaro quyidagicha bog‘langan:
R=Q · C/ 100 kg/soat
Bunda: R - linterning ish unumdorligi, lint bo‘yicha
Q -chigit o‘tkazish bo‘yicha ish unumdorligi
S - chigitdan lint olish darajasi, % xisobida.






Download 176.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling