5lp momiq ajratish texnologiyasini ishlashi to’g’risida ma’lumot


LP linterlash texnologiyasining kolosnik panjarasini


Download 176.94 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi176.94 Kb.
#1555360
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullazizov B hisobot.doc

5LP linterlash texnologiyasining kolosnik panjarasini

takomillashtirish



  1. 5LP momiq ajratish texnologiyasini ishlashi to’g’risida ma’lumot

Hozirgi davrga kelib paxta momig‘i qimmatbaho xom-ashyolardan hisoblanadi, chunki undan sun’iy ipak, syellyuloza plastmassa, kino va fotoplyonka va shina sanoati uchun kord iplari ishlab chiqariladi.
Paxta tozalash zavodlarida jinlashdan chiqariladigan chigitlar ishlatilishiga qarab, texnik va urug‘lik chigitlarga bo‘linadi. Texnik chigitlar paxta moyi va kunjara olish uchun yog‘-moy kombinatlariga, uruQlik chigitlar esa ekish uchun xo‘jaliklarga yuboriladi.
O‘zRST 596-2006 ga muvofiq texnik chigitlar qanday paxtadan olinganiga qarab va chigitlarni shikastlanganlik darajasini massaviy ulushiga qarab, to‘rtta sanoat naviga ajratiladi: I, II, III, IV. Shikastlanganlik darajasi, namligi va tukdorligiga qarab, chigitlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan talablarga javob beradigan bo‘lishi kerak.
1-jadval

Chi-
git navi

Chigitlarning shi-
kastlanganlik darajasi, % dan ko‘p emas

Namligi,
% dan ko‘p emas

Tukdorligi




o‘rta tolali paxta chigiti uchun

uzun tolali paxta chigiti uchun

I

1,5

10,0

5,010,5

2,06,5

II

3,0

11,0

6,010,5

3,07,5

III

11,0

12,0

7,011,0

4,08,5

IV

33,0

13,0

8,013,0

4,59,0

Texnik chigitlarni mineral va organik chiqindilar bilan ifloslanganligi O‘zRST 599-2006 ga muvofiq 0-10 %gacha bo‘lishi kyerak.


Iflos aralashmalarga: mineral (tuproq, qum,chang) va organik (g‘o‘za bargi, shoxcha, ko‘sak va hokazo) aralashmalar, puch chigitlar (mag‘izsiz), chigit qobiqlari va mag‘zi kuygan chigitlar kiradi. Chigitlar namligi quritish shkafida yoki VXS-M1 markali termonamo‘lchagichda aniqlanadi. Chigitlar namligi O‘zRST 600-2008 ga muvofiq quritish shkafida aniqlanganda 050 % gacha, termonamo‘lchagichda aniqlanganda 015 % bo‘lishi kyerak.
Paxta momig‘i - chigitlardan momiq ajratkichlarda ajratib olinadigan kalta va qisman uzun tolalardir.
Paxta momig‘i O‘zRST 645-2008 ga muvofiq uzunligi bo‘yicha ikki tipga bo‘linadi:
A tip 78 mm va undan yuqori;
V tip 67 mm va undan kam.
Bundan tashqari paxta momig‘i tashqi ko‘rinishi va pishganlik darajasiga qarab ikkita navga ya’ni I va II navlarga ajratiladi (2-jadval).
2-jadval




Pishganlik darajasi, % dan kam emas

Paxta momig‘i navi

Mikrokimyoviy usul bilan aniqlanganda

qutblangan nur usuli bilan aniqlanganda

I

80

55

II

80 dan kam

55 dan kam

Paxta momig‘i tarkibidagi iflos aralashmalarning massa ulushiga qarab, uch sinfga ajratiladi: oliy (1), o‘rta(2) va iflos(3) (3-jadval).
3jadval.

Momiq tipi

Momiq navi

Butun chigitlar va iflos aralashmalarning sinflar bo‘yicha massa ulushi, % dan ko‘p emas







Oliy (1)

¤rta (2)

Iflos (3)

A

I

4,5

6,0

8,5




II

8,0

11,0

15,0

V

I

4,5

6,0

8,5




II

8,0

11,0

15,0

Paxta tozalash korxonalarida jinlashdan chiqqan chigitlarni qayta ishlash davom ettiriladi: ya’ni xas-cho‘plardan tozalanadi, linterlanadi (ustidagi momig‘ini ajratiladi), delinterlanadi, navtlarga ajratiladi, uruqlik chigitlar esa dorilanadi.
Chigitli paxtada bo‘lgan xas-cho‘plarning bir qismi jinlash jarayonida tola, ulyuk bilan birga chiqib ketmasdan chigit bilan qo‘shilib chiqib, uni ifloslantiradi.
Jindan chiqqan chigitlar yirik qum, xas-cho‘plar, tasodifan tushgan metall parchalari va mayda toshlar, sog‘lom bo‘lmagan (puch va yetilmagan) chigitlar ham bo‘lib, ular vintli konveyerlarda va elevatorlardan o‘tka-zilganda maydalanib, ishlanayotgan momiqning ifloslik darajasini ko‘pay-tiradi.
Chigitlarga, ishlash jarayonida har xil iflosliklar, chigitlar va paxta bo‘lakchalari qo‘shilishi mumkin. Ayniqsa, mashinada terilgan chigitli paxtani jinlashda chiqadigan chigitlar ko‘proq ifloslangan bo‘ladi. Shuning uchun chigitni linterlashdan oldin uni yaxshilab tozalash lozim.
Jinlangan chigit tozalansa, momiq kam ifloslanadi, linterning arralari shikastlanmay ularning ishlash muddati uzayadi.Chigitlarni ifloslik aralash- malaridan tozalash uchun har bir linterlash qatoridan oldin, chigitni tozalash kerak.
Hozirgi vaqtda chigitni iflos aralashmalardan tozalashda USM-tozalagichi ko‘proq ishlatiladi. Pnevmatik chigit tozalash qurilmasi USM-A ning ishlash uslubi, chigitni iflos aralashmalardan ularni so‘ruvchi havo bilan toshishda uchish tezligidagi farqdan foydalanib ajratishga asoslangan. So‘ruvchi havo VS-8M ventilyatori bilan xosil qilinadi.
Jinlash jarayonidan keyin chigitda lint va delint (tuk) nomi bilan yuritiladigan kalta (qisqacha) tolalar qatlami qoladi.
Qayta ishlanadigan chigitli paxtaning seleksion va sanoat naviga qarab chigitlarda jinlashdan keyin har xil miqdorda (chigitning boshlang‘ich massasiga nisbatan) o‘rta tolali paxta chigitlarida 1117 %, ingichka tolali paxta chigitlarida esa 2,45 % gacha lint va delint qoladi.

Download 176.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling