Farg’ona politexnika instituti qurulish fakulteti 92-19 guruh talabasi maxmadaminov boburjoning qurulish materialari korxonalarining iqtisodiyoti fanidan


Download 278.62 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2023
Hajmi278.62 Kb.
#1211966
  1   2
Bog'liq
T A Q D I M O T I


FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
QURULISH FAKULTETI
92-19 GURUH TALABASI
MAXMADAMINOV BOBURJONING
QURULISH MATERIALARI KORXONALARINING IQTISODIYOTI
FANIDAN
T A Q D I M O T I
Qabul qildi: __________________
2023 YIL.
Paxta chigitini saqlash va undan
moy olish texnologiyasi
Paxta chigiti. Paxta paxtadoshlar oilasiga kiradigan bir yillik tolali o‘simlik. U asosan, tolasidan gazlama to‘qish uchun ekilib kelingan. Shuning uchun ham ko‘p vaqtlargacha chigitga “sanoat chiqindisi” deb qaralib, uning yog‘ini ko‘paytirish ustida seleksiya ishlari olib borilmagan.
Respublikamizda paxtaning uzun tolali va o‘rta tolali navlari ekiladi. Uzun tolali paxtadan qora chigit, o‘rtacha tolali paxtadan esa paxta zavodlaridagi jin va linter mashinalarda tozalangandan keyin ham 8-12, 0 % lint (kalta dag‘al tola) qoladigan chigit chiqadi. Bunday chigitning sirti ko‘kimtir lint va delint bilan qoplangan bo‘ladi. Momiq tarkibida sellyuloza, yog‘, mum, pektin moddalar, pigmentlar va mineral tuzlar bo‘ladi
Chigit mag‘zi ichida murtak bor. Mag‘izning ko‘p qismi shu murtak uchun oziq tariqasida yig‘ilgan yog‘ va oqsil moddalardan tashkil topgan. Ular yupqa qobiqqa o‘ralgan, ustidan esa po‘choq bilan qoplangan bo‘ladi. Qalin po‘choq mag‘izni mexanik zararlanishlardan saqlab turadi (1-rasm).
Paxta navi, tuproq-iqlim sharoiti va qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlari chigitning kimyoviy tarkibiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham turli tabiiy sharoitda yetishtirilgan paxtaning chigiti har xil bo‘ladi.
G‘o‘za (Gossypium spp.):
a-o‘simlik; b-urug‘lari va ko‘sagi; v-urug‘lar: 1-o‘rta tolali – tukli; 2-ingichka tolali – tuksiz; g-urug‘ tuzilishi: 1-mikrokapillyar tirqish; 2-ildizcha; 3-kurtakcha; 4-urug‘ po‘stlog‘i; 5,6-urug‘palla; 7-urug‘ po‘stlog‘i tukchalari; 8-endosperm qoldiqlari; d-urug‘ mikrofotografiyasi: 1-endosperm; 2-nutsellus.
Chigitning mag‘zi tarkibi turlicha bo‘lgan uzun hujayralardan tuzilib, unda yog‘ va oqsil moddalar bo‘ladi. Mag‘iz hujayralarining protoplazmasi albuminoid guruhiga kiradigan oqsillardan tashkil topgan bo‘lib, issiqlik ta’sirida denaturatsiyalanadigan bo‘ladi. Chigit po‘chog‘i asosan sellyuloza va gemitsellyulozadan iborat bo‘lib, uning tarkibida yog‘ juda oz 0,5.
Chigit mag‘zining tarkibidagi bezchalar asosan yupqa devorli 2-3 ta mayda va bir necha dona yirik hujayralardan tuzilgan. Bu hujayralarning ichi gossipol, gossipurpurin, pigment va kimyoviy jihatdan murakkab tuzilgan boshqa turli moddalar bilan to‘la bo‘ladi.
Chigit pishib yetilgan davrda tarkibida yog‘ ko‘payib, suv kamaya boradi. Bu davrda eleoplazma suyuq gel holatidan o‘z ichiga yog‘ tomchilarini qamrab olgan elimsimon holatga o‘tadi. Mag‘izning suvi yana ham kamayganda yog‘ tomchilari ultradispers holatga o‘tib, geterogen sistema hosil qiladi.
V.A.Nassonov ma’lumotiga ko‘ra, yetilgan chigit mag‘zidagi hujayralar tarkibida 29-34 % aleyron donachalari, 60-71 % sitoplazma bo‘ladi. Chigit mag‘zi tarkibidagi har xil oqsil moddalar, gossipol va uning hosilalari suv va issiqlik ta’sirida kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Bundan tashqari, ombor zararkunandalari, mikroorganizmlar, (bakteriyalar, po‘panak zamburug‘lari) va har xil pigmentlar chigit tarkibini va sifatini buzadi. Chigit quruq va yaxshi shamollatiladigan joylarda saqlanishi kerak.
Moyli xom ashyolarni saqlash
Moyli urug‘larni saqlash ularni qayta ishlab, o‘simlik moylari ishlab chiqarishni texnologik sxemasidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Moyli urug‘larni o‘ziga xos biologik xususiyatlari ularni saqlashda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Moy ishlab chiqarish korxonalariga kelayotgan urug‘lar har qanday tirik organizmlar singari nafas oladi va o‘z hayot faoliyatini saqlab qolgan bo‘ladi. Urug‘larni intensiv ravishda nafas olishi ularni buzilishiga olib kelishi mumkin. Saqlash jarayonida urug‘lar sifatini buzilishi urug‘lik materialning yo‘qotilishlariga, ular tarkibidagi moy miqdorining kamayishiga va bu moyni sifatini pasayishiga olib kelishi mumkin, bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni sayi-harakatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Moyli xom ashyo hosilini yig‘ib-terish muddatlari cheklangan bo‘lib, o‘rtacha 2...3 oyni tashkil etadi, shuning uchun moy ishlab chiqarish korxonalarini ishini yil davomida uzluksizligini taminlash uchun ular moyli xom ashyoni texnologik ishlov bergunga qadar uzoq vaqt saqlashlari zarur bo‘ladi. Shu maqsadda ham mazkur korxonalar tarkibida ko‘p miqdordagi moyli xom ashyoni saqlashga imkon beradigan elevatorlar, ya’ni saqlash omborlari bo‘lishi kerak.
Moyli xom ashyolarni ayrim partiyalari va turlarini fiziologik va biologik xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradigan darajada saqlash jarayonini ratsional va to‘g‘ri tashkil qilish moyli xom ashyoni minimal yo‘qotishlar bilan saqlashni va ularni samarali qayta ishlashni ta’minlaydi.

Download 278.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling