5—sinf adabiyot 5-sinf. 1-qism adabiyot—SO`z san`ati


ALISHER NAVOIY(1441 -1501)


Download 223 Kb.
bet15/21
Sana24.12.2022
Hajmi223 Kb.
#1063404
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
5-sinf.1-2-qismlar

ALISHER NAVOIY(1441 -1501)

  1. “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak,shoirlarning sultonidir.” Yurtboshimiz tomonidan ushbu tariflar qaysi shoir bobomizga berilgan? A.Navoiy

  2. Otasining oti G‘iyosiddin Muhammad bo`lib uni ba`zan qanday nom bilan chaqirishgan? «Kichkina bahodir»

  3. Necha yoshlarida she’r yod olib, ko‘plarni hayratga sola boshlaydi? uch-to‘rt yoshlarida

  4. Necha yoshida maktabga bordi? Besh yoshida

  5. Necha yoshlarida she’r mashq qila boshlaydi? Yeti-sakkiz

  6. Mamlakat podshohi Shohruhmirzo vafot etgach, yurtda notinchlik boshlandi va Alisherlar oilasi qayerga ko`chib ketadi? Iroqqa

  7. Yo‘lda bir tasodif bilan qaysi mashhur tarixchiga duch keladi? Sharafiddin Ali Yazdiyga

  8. Kimlarning asarlarini sevib o`qiydi? Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Sa’diy, Xusrav Dehlaviy

  9. Qaysi asar Alisherning xayolini tamom egallab olgandi? «Mantiq ut-tayr»

  10. «Mantiq ut-tayr» ning muallifi? Attor

  11. Qanaqa taxalluslarda ijod qilgan? o‘zbekchalariga «Navoiy», forschalariga «Foniy» taxallusini qo‘ydi.

  12. Navoiy taxallusi nima ma`noni bildiradi? «navo» — «kuy»

  13. Foniy taxallusi nima ma`noni bildiradi? forscha «vaqtincha»

  14. To‘qson yoshlik Mavlono Lutfiy 12 yoshli Navoiyning qaysi she`riga qoyil qoladi? Orazin yopg‘och ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh

  15. Husayn Boyqaro taxtga chiqishi bilan Navoiyni qaysi lavozimlarga tayinlaydi? Muhrdor, 1472-yildan vazirlik, keyinchalik Astrabodda hokim

  16. Nizomiy Ganjaviyning besh dostondan tarkib topgan asari? «Panj ganj» («Besh xazina»)

  17. Nizomiy Ganjaviyning besh dostondan tarkib topgan «Panj ganj» («Besh xazina»)iga javob sifatida qaysi asarini yozadi? «Xamsa»

  18. Nechta she`riy devon tuzadi? Yettita

  19. Qancha nasriy asar yozadi? O`ndan ortiq

  20. O`ninchi maqolotning nariy bayoni muallifi kim? Professor, Abduqodir Hayitmetov

  21. “Sher bilan durroj” hikoyasida sher bolalarini nima sababdan og`zida olib yurardi? chumolilar uning bolasini talab o‘ldirishi sabab

  22. Navoiyning «Xamsa» asariga kirgan birinchi doston? «Hayrat ul-abror», ya’ni «Yaxshi kishilarning hayratlanishi»

  23. Mazkur dostonning hajmi? 63 bob, 20 ta maqolatdan tashkil topgan

  24. Dostonning nechanchi maqolati rostlik, to‘g‘rilik tushunchalariga bag‘ishlangan? o‘ninchi maqolat

  25. Kimki to‘g‘rilik yo‘li qanday ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, bu yo‘l ikki xil bo‘ladi, deb aytadi? Birinchisi, to‘g‘ri so‘z odam, Ikkinchisi betgachoparlik qila olmay, «to‘g‘ri» deguvchilardir

  26. Yolg‘onning kishilar tabiatidagi yaramas va badbin illatligini ta`kidlab qaysi hikoyatni keltirib o`tadi? «Sher bilan durroj»

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1438-1530)

  1. «Bobur» so`zining ma`nosi? arab tilida “sher” degani

  2. Bobur davrida qudratli temuriylar saltanati yemirilib, o‘rniga qaysi sulola vakillari kelayotgan edi? Shayboniylar

  3. Ko‘rgan-kechirgan voqealari asosida qaysi asarni yozib qoldirdi? «Boburnoma»

  4. U sozni go‘zal chalgan, ajoyib kuylar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kitob yozgan shoir edi? Bobur

  5. Qayerda va qanday oilada tug`iladi? 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg‘ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

  6. Bobur nechta devon tuzgan? Ikkita

  7. Nechta devoni bizgacha yetib kelgan? Bitta

  8. Hozirda bizning qo‘limizda uning qancha she’ri bor. to‘rt yuzdan ortiq

  9. To`rtyuzdan ortiq she`rining qanchasini ruboiy tashkil etadi? ikki yuzdan ortig‘i

  10. Bubur uchun-sevikli yor?vatan

  11. Bubur uchun-vaslga yetishmoq? Vatanga yetishmoq

  12. Bubur uchun-hajr?vatandan uzoqda bo`lmoq

  13. Nazariy malumotRUBOIY HAQIDA TUSHUNCHARuboiy arabcha so‘z bo‘lib, to‘rtlik degani. Sharqda keng tarqalgan she’r turi, lirik janr. To‘rt satrdan iborat bo‘ladi. Ko‘pincha birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi satrlari qofiyalanib keladi. Harflar bilan ko‘rsatganda a-a-b-a shaklida bo‘ladi. Ba’zan har to‘rt satri o‘zaro qofiyalanishi (a-a-a-a) mumkin. Qofiya misra oxiridagi ohangdosh so‘zdir. Radif misra oxiridagi takrorlanuvchi so‘zdir. Masalan:Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidur.Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,Har kimki, yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.Qofiyadosh so‘zlar: vafo—jafo—jazo: 1-, 2-, 4-satrlar o‘zaro qofiyalanyapti.Demak, qofiyalanish tizimi a-a-b-a. Radif— topqusidur.Ruboiyda fikr tugallangan bo‘lishi kerak. Yana muhim xususiyatlaridan biri shuki,ruboiy aruz vazni hazaj bahrining axram va axrab degan shakllaridagina yozilgan. Lekin keyingi yuz yilda bunga juda kam rioya qiladilar.Fors-tojik adabiyotida ruboiy janrida Umar Xayyom, Mirzo Abdulqodir Bedil shuhrat qozonganlar. O‘zbek she’riyatida esa Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ruboiylari juda mashhur bo‘ldi.


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling