5—sinf adabiyot 5-sinf. 1-qism adabiyot—SO`z san`ati


Download 223 Kb.
bet11/21
Sana24.12.2022
Hajmi223 Kb.
#1063404
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
5-sinf.1-2-qismlar

USMON NOSIR (1912-1944)

  1. O‘zbek adabiyotining favqulodda iste’dodli namoyandasi? Usmon Nosir

  2. Jahon va o`zbek adabiyotida kimlarning ijodi chaqmoqqa o`xshatiladi? Rus shoiri M. Y. Lermontov, tatar ijodkori Abdulla To‘qay, Usmon Nosir

  3. U.Nosir qanday oilada dunyoga keladi? Hunarmand

  4. U.Nosir hayoti va ijodi haqida nimalar deyish mumkin? Hunarmand oilasida tug`iladi, otasi vafot etgach To‘rt yasharligida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi.

  5. U.Nosir qaysi fanlarni chanqoqlik bilan o`rganishga oshiqardi? nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga

  6. “Esingdami, g‘arib ona, U qishlarning zahri?” Misralari bilan boshlanuvchi she`rining nomi? «Oq yuvib, oq tarab»

  7. “Kapalakning gul emganin ko‘rdim, Eslab ketdim seni, malagim... Sen berdingmi, shuncha shirin she’rni, Ey, barglari ko‘m-ko‘k palagim?” she`rining nomi? Bolaligimga

  8. 1935-yilda, Usmon Nosir davolanish uchun shimolga - Boltiq va Oq dengiz bo‘ylariga safar qilgan davrda yozilgan she`ri? Yurganmiisiz birga oy bilan

  9. Usmon Nosir kimlarni o‘ziga ustoz deb bilgan? Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy

  10. «Eng dahshatli sukunat — shoir jim yursa!» jumlalari kimga tegishli? Xurshid Davron

  11. U.Nosirning qaysi she’rida bolalik zavqidan voz kechishni istamagan shoir ko‘ngli bilan real hayotning achchiq-chuchugini totib, sergak torta boshlagan shoir aqli o‘zaro muloqotga kirishadi? Yur, tog`larga chiqaylik,

  12. “Yosh yigitning hayot bo‘ronlariga ko‘ksini ochib yashash ishtiyoqi tasvirlanadigan” she`ri? Yo`lchi

  13. U.Nosirning tarixiy mavzuda yozgan yirik she’riy asari? «Nil va Rim»

  14. Mart oyida Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi mahbuslar lagerida vafot etgan shoir? U.Nosir

  15. “Itoat et!Agar sendan,Vatan rozi emas bo‘lsa,” misralari bilan boshlanuvchi she`rining nomi? «Yurak»

  16. U.Nosir o`zining qaysi she`rida “yuragimda o`lib qolgan Bolaligim erkaligin tiriltirdim” deya aytib o`tadi? Yoshlik

  17. “Uddasidan chiqolmasam, Ahdimni, unda — Brauningni qo‘limga ber, Qop-qora tunda.” Misralari qaysi she`rdan olingan? Gulzor—chaman

  18. “Yurak” nomli to`plam qaysi ijodkorga tegishli? U.Nosir

MIRTEMIR(1910-1978)

  1. Shoir hayoti va ijodi haqida nima deyish mumkin? Qoratog‘ etaklarida — Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. Avval bobosi qo‘lida va (keyin) eski maktabda tahsil olgan. So‘ng Toshkentga kelib, «Almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko‘radi.

  2. Qoratog‘ etaklarida — Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. Avval bobosi qo‘lida va (keyin) eski maktabda tahsil olgan. So‘ng Toshkentga kelib, «Almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko‘rgan ijodkor? Mirtemir

  3. Dastlabki she`ri? «Tanburim ovozi» 1926-yili, 16 yoshida

  4. Dastlabki she`riy to`plami? «Shu’lalar qo‘ynida» 1928

  5. Keyinchalik qaysi she`riy to`plamlari dunyo yuzini ko`radi? «Zafar», «Qaynashlar», «Tong»

  6. Shoir qaysi qirg`iz xalq eposini tarjima qiladi? «Manas»

  7. Shoir qaysi qoraqalpoq xalq dostonini ona tilimizga tarjima qiladi? «Qirq qiz»

  8. 30-yillarda u juda ko‘p vaqtini tarjimalarga bag‘ishlagan Mirtemirning tarjimalari? A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko she’rlarini, dostonlarini, Antik dunyo shoiri Homer, Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Maxtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat she’riy asarlari, «Manas» qirg‘iz xalq eposi, «Qirq qiz» qoraqalpoq xalq dostoni

  9. Shoir umri davomida o‘nlab she’rlar va dostonlar to‘plamlarini chop ettirdi. Ular ichida eng mashhurlari? «Bong», «Poytaxt», «O‘ch», «Surat», «Qoraqalpoq daftari», «Tingla, hayot!», «Izlaganim», «Tog‘day tayanchim», «Yodgorlik»

  10. Qaysi shoir ijodidagi bosh mavzu, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash? Mirtemir

  11. Umrining oxirida tayyorlagan she’riy to‘plami? «Yodgorlik»

  12. Shoirning avlodlarga qoldirgan ijodiy merosi? to‘rt jildlik «Asarlar»

  13. Qanaqa unvon bilan taqdirlangan? «Buyuk xizmatlari uchun»

  14. To`rg`ay she`rida qaysi qush nomlari tilga olinadi? suqsur, g‘oz, to`rg`ay

  15. Shoir o`zining “Shudring” she`rida shudringni nimalarga qiyoslaydi? 1.Lal-lal inju, 2.simob, 3. Kelinlar taqinchog`i, 4.uzuk(taqinchoq) ko`zlari 5.ko`zmunchoq, 6.suzuk ko`zlar, 7.Onaning ko`z yoshiga

  16. Qishlog`im she`rida necha xil ovqatlar keltirib o`tilgan?21 ta

  17. Shoir pag`a bulutni nimalarga o`xshatadi? sutga, oqquvlarga, barqutga

  18. Shoirning qaysi sherida sarlavhadan boshqa she’rning biror misrasida o`sha so‘zini uchratmaymiz.? Shudring

  19. O‘qishni bitirib o`z faoliyatini qaysi sohalarda davom ettiradi? maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi.

  20. Baliq ovi» she’rining mantiqiy davomi deya qaysi she`rni aytish mumkin? «Qishlog‘im»


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling