5—sinf adabiyot 5-sinf. 1-qism adabiyot—SO`z san`ati


Download 223 Kb.
bet8/21
Sana24.12.2022
Hajmi223 Kb.
#1063404
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
5-sinf.1-2-qismlar

ANDERSEN

  1. Andersenning “Bulbul” ertagini qanday asar desa bo’ladi? * Go’zallik va ezgulikni ulug’lovchi, soxtalik va qabihlikni qoralovchi, uning inqirozi muqarrarligi haqidagi asar

  2. o’tgach imperator betob bo’lib, to’shakka mixlanib qoladi? * Besh yil o’tgach

  3. Andersenning “Bulbul” ertagida imperatorning ko’kragiga o’tirib olgan Azroil bulbulning xonishidan so’ng imperatorga nimalarini qaytarib beradi? * Uning toji, oltin qilichi, qimmatbaho bayrog’ini qaytarib beradi

  4. Andersenning “Bulbul” ertagida kim “Yo Parvardigor, hayot naqadar yaxshi!” – deb yuborar edi? * Bulbulning sayrashini eshitganida o’z qayg’u-hasratlarini unutgan baliqchi shunday der edi

  5. Andersenning “Bulbul” ertagida o’ziga bino qo’ygan, agar biror odam u bilan gaplashishga va biron narsani so’rashga jur’at qilsa, faqat “uf” deb javob beradigan qahramon qaysi? * Bosh vazir

  6. Andersenning “Bulbul” ertagida bulbulni topib kelish muddatini qachongacha belgilaydi imperator? * O’sha kuni kechqurungacha

  7. Andersenning “Bulbul” ertagida bulbul haqida hech qanday xabar topolmagan saroy a’yonlari uni yozuvchilarning uydirmasi ekanligini aytishganda, imperator nima deb javob beradi? * “Bu kitobni menga eng qudratli Yaponiston imperatori sovg’a qilib yuborgan, unda yolg’on gap bo’lishi mumkin emas”

  8. Andersenning “Bulbul” ertagida agar bulbul topilmasa, saroy a’yonlarini qanday jazolashni buyuradi? *Qorinlariga savalashni.

  9. Andersenning “Bulbul” ertagida bulbul haqidagi xabarni kimdan eshitadilar? *Saroy oshxonasidagi qizchadan.

  10. Andersenning “Bulbul” ertagida oshxonada ishlaydigan qizcha bilan saroy a’yonlari nimalarning ovozini bulbulning sayrashiga o’xshatishadi? * Sigir va qurbaqaning ovozini

  11. Andersenning “Bulbul” ertagida soxta bulbulni qaysi mamlakat hukmdori yo’llagan edi va unda qanday yozuv bor edi? * Yaponiya imperatori; “Xitoy imperatorining bulbuli oldida Yaponiya imperatorining bulbuli ip esholmaydi” degan yozuv bor edi

  12. Andersenning “Bulbul” ertagida sun’iy bulbulni olib kelgan Yaponiya imperatorining elchisiga qanday unvon berildi? * “Imperatorning favqulodda bulbullar yetkazib beruvchi vakili” unvoni

  13. Andersenning “Bulbul” ertagida kim tirik bulbulni “Ko’rnamak” deb haqoratlagach, barcha uni ko’rnamak, pastkash maxluq deb haqoratladi? * Imperator

  14. Andersenning “Bulbul” ertagida sun’iy bulbulning bir yo’sinda kuylashiga u sababchi emasligini kim aytadi? * Kapelmeyster – xor va orkestr rahbari

  15. Andersen qachon, qayerda tug`ilgan? * 1805-yil, Daniyaning Odens shahrida

  16. Andersen qanday oilada tug`ilgan? * kambag`al etikdo`z oilasida

  17. Andersen qanday kasb egasi bo`lmoqchi edi? * teatr aktyori

  18. Andersen qanday sabab bilan teatrdan stipendiya oladi? * teatr direktorining tavsiyasi bilan

  19. Nima sababdan Lotin maktabida bepul tahsil oladi? * teatrdan stipendiya olganligi sababli

  20. Qaysi universitetda tehsil oladi? * Kopengagen

  21. Qaysi mamlakatlarga sayohat qiladi? * Yevropa, Osiyo, Afrika

  22. Kimlar bilan muloqotda bo`ladi? * Gyugo, Balzak, Dyuma, Dikkens, Geyne, Rossini, List, Vagner

  23. Ilk yirik asarini aniqlang? * Improvizator, 1835-yil

  24. Ilk yirik asarining janrini aniqlang? * roman

  25. Andersen nomini dunyoga mashhur qilgan to`plamlari? * Bolalarga aytilgan ertaklar, Yangi ertaklar, Yangi ertaklar va tarixlar, tarixlar

  26. Qaysi ertaklari talqinida jonli inson muhitiga yaqinlik seziladi? * Duymchaxon, Suv parisi, Qor malikasi, Bulbul, Irkit o`rdakcha

  27. Qaysi ertaklari talqinida jonsiz ashyolar harakatga kelib, odamlarday so’zlaydi? *Bronza to’ng’iz, Kumush tangacha

  28. Qaysi asari Andersen ijodidagi keying muvaffaqiyatlarga sabab bo`ldi? * Improvizator roman

  29. Andersen ertaklarida nimalar yoritilgan? * xayoliy voqealar tasviri emas, balki jonli hayot bilan bog`liq real hikoyalar

  30. Hayotiy ertaklar yaratish an`anasini kim boshlab bergan? * Andersen

  31. Andersen ertaklarida qaysi jihatlar tanqid qiladi? * ikkiyuzlamachilik, dangasalik, g`alamislik, loqaydlik, kibr-havo, landovurlik, johillik

  32. Andersen ertaklarida qanday fazilatlar ulug`lanadi? * rahmdillik, aqllik, fidoyilik, sobitqadamlik, oqibatlilik

  33. Eng yaxshi bolalar yozuvchilari uchun qanday mukofot ta`sis etilgan? * Andersen nomidagi Xalqaro oltin medal

  34. Andersen nomidagi Xalqaro oltin medal qaysi mukofot bilan teng deb hisoblangan? * Nobel

  35. “Qor malikasi” ertagi qaysi voqea bilan boshlanadi? * Jodugarning ko`zgu yasashi bilan

  36. Bir chimdim tuz, bir xum asalni buzadi. Qaysi ertakning xulosasi ushbu xalq maqoliga teng? * “Qor malikasi” ertagi

  37. “Qor malikasi” ertagining qahramonlarini ayting? * Kay va Gerda, jodugar kampir

  38. Yo`lda Gerda nimalarga duch keladi? * sehrgar bog`iga, shahzoda va malika saroyiga, qaroqchilar to`dasi

  39. Kay qaysi so`zni yozishi kerak edi? * Mangulik

  40. Andersenning qaysi ertagi go`zallik va ezgulikni ulug`lovchi, soxtalik va qabihlikni qoralovchi asar sanaladi? * Bulbul

  41. Andersenning qaysi ertagida chinakam insoniy tuyg’ular ulug`lanadi? * Bulbul, Qor malikasi

  42. Andersenning qaysi ertagida insonning xatti-harakatlaridagi tabiiylik, fidoyilik, oqibalilik har qanday to`siqni yengib o`tishi, mo`jizalar yaratishga qodirligi isbotlangan? * Bulbul

  43. Anderes asarlarini kim tarjima qilgan? * Usmon Qo`chqor

  44. Qaysi ertagida tilyog`lamalik, soxtalik, sun`iylik qoralanadi? * Bulbul

  45. Andersenning qaysi ertagi inson qalbini tushunib yashashga undaydi? * Bulbul


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling