5—sinf adabiyot 5-sinf. 1-qism adabiyot—SO`z san`ati


Download 223 Kb.
bet19/21
Sana24.12.2022
Hajmi223 Kb.
#1063404
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
5-sinf.1-2-qismlar

ERKIN VOHIDOV
(1936-yilda tug`ilgan)

  1. Qayerda va qanday oilada tug`ilgan? Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida muallim oilasida tug‘ilgan

  2. To`qqiz yosharligida otasidan, o`n yasharligida onasidan ajralgan Erkinning tarbiyasi kimga qoladi? Tog`asiga

  3. Qaysi oliygohda o`qiydi? Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakulteti

  4. Qaysi she’rlaridagi chuqur ma’no go‘zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan? «Tong lavhasi», «Kamtarlik haqida», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq»

  5. Universitetni tugatgach qayerlarda ishladi? uzoq yillar nashriyotlarda ishlab o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarini chop qilishda faol ishtirok etdi

  6. 1964-yilda yaratilgan ilk dostoni? «Nido»

  7. “Nido” dostonidan so`ng birin-ketin qaysi qostonlarini yaratadi? «Orzu chashmasi», «Palatkada yozilgan doston», «Quyosh maskani», «Ruhlar isyoni»

  8. Tarjimalari? rus shoiri S. Yesenin she’rlari, nemis shoiri Gyotening «Faust» asari

  9. Qaysi jurnalining dastlabki bosh muharriri sifatida yoshlarning adabiyotga kirib kelishi yo‘lida katta jonbozlik ko‘rsatadi? «Yoshlik»

  10. E. Vohidovning ilk to’plami? 1961-yilda “Tong nafasi”

  11. Umumiy asarlari? “Qo’shiqlarim sizga”, “Yurak va aql”, “Mening yulduzim”, “Nido”, “Lirika”, “Palatkada yozilgan doston”, “Yoshlik devoni”, “Charog’bon”, “Dostonlar”, “Muhabbat”, “Hozirgi yoshlar”, “Tirik sayyoralar”, “Iztirob”

  12. Dramalari? «Oltin devor», «Istanbul fojiasi»

  13. Qaysi komediyasi uzoq yillar o‘zbek teatri sahnasidan tushmay keldi? «Oltin devor»

  14. To‘rt jildlik saylanmasi? «Ishq savdosi», «She’r dunyosi», «Umr daryosi» va «Ko‘ngil nidosi»

  15. Qaysi dostonida insoniyatga og‘ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralanadi? “Nido” dostonida

  16. Qaysi dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirllangan? «Ruhlar isyoni» dostonida

  17. Shoir ijodidagi bosh mavzu? Insonparvarlik

  18. Qanaqa unvonlar bilan taqdirlangan? «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va «O‘zbekiston Qahramoni»

  19. “Nido” dostonida o`g`il “ota” degan qutlug` so`zni necha yil davomida tilga olmasdan dilda saqlab kelgandi? Yigirma yil

  20. “Nido” dostonida “Yoqut Surayyo” lirik qahramonning kimi bo`ladi? Osmondagi yulduzi

  21. “Nido” dostonida qaysi yulduz nomlari tilga olinadi? “Yoqut Surayyo”, Zuhro

  22. “Nido” dostonida lirik qahramonning otasi olislarda nima maqsatda jang qilayotgan edi? 1-si ellarning erk degan sof tilagi uchun, 2-jahonning nurafshon kelajagi uchun, 3-si qotillarning olamga ofat solmasligi uchun

  23. Shoirning qaysi dostoni qisman avtobiografik xarakterga ega, ya’ni shoirning tarjimayi holi bilan bog‘liq? Nido dostoni

  24. “Nido”dostoni nima bilan boshlanadi? yigirma yil avval urushda halok bo‘lgan otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi

  25. “Nido”dostonida kimning akasi urushdan bir oyoqda, qo`ltiq tayoq bilan qaytadi? Rustamning

  26. “Nido”dostonida kimning akasini ataka payti tizzasidan o`q olib ketgandi? Rustamning

  27. “Nido”dostonida kim urushdan qo`lsiz qaytadi? Xol aka

  28. “Nido”dostonida kimning dadasidan qora xat kelgan edi? Tal`atning


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling