5—sinf adabiyot 5-sinf. 1-qism adabiyot—SO`z san`ati


VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR


Download 223 Kb.
bet18/21
Sana24.12.2022
Hajmi223 Kb.
#1063404
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
5-sinf.1-2-qismlar

VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR
ABDULLA AVLONIY (1878-1934)

  1. Qayerda va qanday oilada tug`iladi? Toshkent shahrining Mergancha mahallasida hunarmand-to‘quvchi oilasida tug‘ildi.

  2. Necha yoshida o‘qchi mahallasidagi boshlang‘ich maktabga o‘qishga bordi? yetti yoshida

  3. Abdullada she’r yozishga ishtiyoq necha yoshlarida paydo bo‘ldi? o‘n besh-o‘n olti yoshlarida

  4. Avloniy o`z ijodini 1894-yilda nimalar yozishdan boshladi? she’riy mashqlar

  5. Qaysi gazetalarda ishladi? «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida

  6. Qaysi gazetani chiqarishda bosh-qosh bo‘ladi. «Shuhrat»

  7. Qaysi voqeadan so`ng Avloniy Mirobod mahallasida maktabdorlik bilan shug‘ullana boshlaydi? «Shuhrat», 1908-yildan nashr etila boshlagan «Osiyo» gazetalari yopilgach

  8. Avloniy qaysi tashkilotini ochdi va mahalliy xalq bolalarining o‘qib, bilim olishiga ko‘maklashish maqsadida pul yig‘ib, maktablarga tarqatdi. 1909-yilda «Jamiyati xayriya»

  9. Avloniy tomonidan ochilgan qaysi jamiyatning vazifasi aholi o‘rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish, xalq uchun spektakllar qo‘yib berish va ular orqali ommaga ma’naviy oziq berish; klub, musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxonalar ochish; o‘quvchilarga moddiy yordam ko‘rsatish va hokazolardan iborat edi? «Turon»

  10. Qanaqa nomdagi teatrni ham tashkil etadi? «Turon» nomli

  11. Qancha pyesani ozarbayjon tilidan o‘zbekchaga tarjima qildi? o‘ntaga yaqin

  12. Nechta yangi pyesa yozdi va ularni sahnalashtirdi? 3 ta

  13. Yangi uslub maktabini ochib, bu maktablar uchun qanaqa darsliklar yaratadi? «Birinchi muallim» (1909-y.), «Ikkinchi muallim» (1912-y.), «Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913-y.), «Maktab gulistoni» (1916-y.), «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1916-yy.)

  14. Maktablar uchunyozgan darsliklaridan qaysi biri olti qismdan iborat? «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»

  15. Qaysi kitobida o‘z davridagi ko‘plab o‘zbek adiblari hamda rus, jahon adabiyotining qator vakillari haqida biografik ma’lumotlar keltirilgan va ularning mashhur asarlaridan namunalar berilgan? 30-yillarida yozilgan 7-sinf o‘qish xrestomatiyasida

  16. Avloniy qanday lavozimlarda ishladi? 1919-1920- yillarda diplomatik vazifalarda, So‘ng umrining oxirigacha O‘rta Osiyo Davlat universitetida dars berdi

  17. Qanaqa unvonlar bilan taqdirlangan? 1927-yilda «Mehnat qahramoni»,1930-yili «O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori»

  18. Vatanni suymak asarida “eng muqaddas diniy yerimiz deya qayerni aaytib o`tadi? Arabiston

  19. “Hubbul-vatani minal-imoni” nima ma`noni beradi? Vatanni suymak imondandur

  20. Vatan she`rida qaysi qushning nomi keltirilgan? Boyqush

  21. “Vatan” she`rini qaysi taxallusda yozgan? Hijron

  22. Avloniyning e`tirof etishicha: «har bir millatning saodati, davlatning tinch va rohati nimaga bog‘liqdir»? yoshlarning yaxshi tarbiyasiga

  23. Avloniyning qaysi kitobdagi she`rlarini Vatan haqidagi fikrlarining davomi deyish mumkin? 1916-yil «Maktab gulistoni» kitobidagi she’rlari

  24. “Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,Har kim sening qadring bilmas -aqli pastdur...”misralari bilan boshlanuvchi she`rining sarlavhasi? Vatan


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling