3 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Mexanik hodisalar
Nazorat shakli: Yozma ish
I – variant
1. Massasi 50 kg, har bir oyoq kiyimi ostki qismining yuzi 320 sm2 bo’lgan bolaning polga ko’rsatadigan bosimini hisoblang. g=10 N/kg deb oling.
2. Gidravlik pressning kichik porsheni yuzi 40 sm2, katta porsheni yuzi 100 sm2. Kichik porshen ustiga 2,5 kg massali yuk qo’yganda, katta porshen ostida qanday kuch hosil bo’ladi ? g=10 N/kg deb oling.
3. 54 km/soat tezlikda harakatlanayotgan avtomobil 45 minutda qancha yo'lni bosib o'tadi ? 1,5 soatdachi ?
Javoblar: 1) P=781 kPa 2) F2=62,5 N 3) S1=40,5 km S2=81 km
II – variant
1.Bir xil yelim idishlardan biriga suv, ikkinchisiga o’simlik yog’i to’ldirilgan. Suyuqlik ustunlarining balandligi 30 sm bo’lsa, suv va yog’ning idish tubiga qanday bosim berishini hisoblang. g=10 N/kg, suv zichligi 1000 kg/m3, yog’ zichligi 900 kg/m3 ga teng.
2.Mixni yog’chga qoqishda 550 kPa bosim hosil bo’lishi uchun unga bolg’a bilan qanday kuch ta’sir ettirish kerak ? Mix uchining yuzasi 0,2 sm2
3. SHilliqqurt 60 sm masofani 0,5 minutda bosib o'tdi uning tezligini m/s hisobida toping.
Javoblar: 1) p1=3 kPa p2=2,7 kPa 2) F=11 N 3) v=0,02 m/s
III – variant ⃰
1. Asosining yuzi 0,2 m2, hajmi 0,6 m3 bo’lgan po’lat quymaning yerga ko’rsatadigan bosimi nimaga teng ? g=10 N/kg, po’latning zichligi 7800 kg/m3 ga teng.
2. 1,5 m qalinlikdagi neft ustuni idish tubiga qanday bosim ko'rsatadi ? Neftning zichligi 800 kg/m3. g=10 N/kg.
3. Eni 10 sm, uzunlgi 1,5 m bo’lgan chang’i kiygan bolaning massasi 45 kg. U qorga qanday bosim ko’rsatadi ? g=10 N/kg ga teng.
Javoblar: p=234 kPa p=12 kPa p=1,5 kPa
Do'stlaringiz bilan baham: |