6 – amaliy mashg’ulot : 100 bo’yicha nomerlashga o’rgatish metodi Mavzuni o‘rganish masalalari
Download 23.49 Kb.
|
6 - amaliy-1
1-topshiriq. Birinchi sinf darsligidan :
a)o‘quvchilar raqamlashni o‘zlashtirishini tekshirishga oid mashqlar tanlang. b) ikkki xonali sonlarni o‘qish va yozish malakasini shakllantiradigan mashqlar tuzing.
Birinchi xona birliklari, ikkinchi xona birliklari sonlarning o‘nli tarkiblarini tahlil etish jarayonida amaliy ravishda kiritiladi. Masalan, 35 sonida 3 o‘nlik va 5 birlik bor deyiladi yoki 35 soni birinchi xonaning 5 birligidan va 2-xonaning 3 birligidan tashkil topgan. O‘quvchilarning raqamlashga doir bilimlari keyinchalik 100 ichida qo‘shish va va ayirish amallarini o‘rganish uchun zamin hozirlaydi. 100 ichida sonlarni raqamlash metodikasini o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalar, malakalarni egallab olishlari kerak: 1. 100 ichida raqamlashda sonlarning nomlarini o‘zlash-tirish, ular o‘nliklardan va birliklardan qanday hosil bo‘lishini tushuntirish 2..Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish. Sonlarning natural ketma-ketligidagi o‘rinlarini bilganlikka asoslanib sonlarni taqqoslab olish. ( 45 katta 35, chunki to‘rt o‘nlik katta uch o‘nlik.........). 3. 100 ichida sonlarni yozish va o‘qiy bilish 4.Natural ketma-ketlikka asoslanib sonlarni ( 39+1, 50–1, 27+1, 27–1, 75–1.....) ko‘rinishdagi) qo‘shish va ayirishni, sonlarni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi bilan (68= 60+8) almashtirish malakasini egallab olish. Download 23.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling