6 – Amaliy mashg’ulot


S1-220 turdagi universal ostsillograf texnik xarakteristikalari


Download 282.42 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi282.42 Kb.
#1531960
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 (2)

S1-220 turdagi universal ostsillograf texnik xarakteristikalari
Ostsillografning blok sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Ostsillografning soha o’tkazuvchanligi 20 MGts, maksimal sezgirligi 1 mV/bo’l, yoyishning minimal koeffitsienti 0,2 mks/bo’l. O’n marta cho’zish uchun 20 NS/bo’l bo’lgan yoyish vaqtini o’rnatish imkoniyati mavjud. Ostsillograf 6-dyumli (12,5 sm) to’g’riburchakli elektron nurli ichki qizil shkalali trubkaga ega. Boshqarilishi qulay va yuqori darajadagi ekspluatatsion ishonchlilikka ega.
Ostsillograf quyidagi xususiyatlarga ega:
- Yoritishning yuqori intensivligi, tezlashtirish uchun yuqori kuchlanishning mavjudligi hisobiga hatto, yoymaning yuqori tezliklarida ham aniq tasvir olish mumkinligi.
- Keng soha o’tkazuvchanligi va yuqori sezgirligi, 20 MGts soha o’tkazuvchanligi va 5 MV/bo’l (1 MV/bo’l, qo’shimcha 5 marta qo’shimcha kuchaytirish) sezgirlikni ta’minlashi.
- Jamlangan signal bilan sinxronlashuvi. Bir vaqtta ikkita turli chastotali signal tadqiq qilinganda ham buzilmas sinxronlashga erishish mumkinligi.
- TV-sinxronlanishi. Ostsillograf TV kadr va TV-satr bo’yicha avtomatik sinxronlash uchun sinxronlash fil’triga ega.
- A kanal signalining chiqishi: 50 Om chiqishli A kanal signali chastotomerning va boshqa turdagi o’lchash vositalarining ulanishi uchun foydalanilishi mumkin.
- Z-kirish: Signal yorqinligining musbat darajali signal bilan boshqarilishi, masalan TTL-logikadan.
-X-U rejimi: Ostsillograf X-U rejimiga o’tkazilganda A-kanal X-o’qi sifatida, V-kanal kirish U-o’qi sifatida foydalanish.
-Ostsillograf quyidagi texnik xarakteristikalarga ega. Vertikal og’dirish kanaliga oid texnik ma’lumotlarni keltiramiz.
-Vertikal og’dirishning har bir kanali 5 mV/bo’l.dan 5 V/bo’l.gacha bo’lgan og’dirish koeffitsientiga ega.
-Ostsillograf 2,5 marotabadan kam bo’lmagan holda, kuchaytirishning tekis rostlanishini ta’minlaydi.
-A va V kanallar og’dirish koeffitsientlari asosiy xatoliklarining yo’l qo’yiladigan qiymatlari:
5 marotaba kuchaytirish o’chirilganda: ± 3%,
5 marotaba kuchaytirish ulanganda: ± 5%.
-Ostsillografning kirishdagi probniksiz soha o’tkazuvchanligi 20 MGts – 5 – marotabalik kuchaytirish uzilganda va og’dirish koeffitsientlari 5 mV/bo’l va 5 V/bo’l uchun.

5-marotabalik kuchaytirish ulanganda 7 MGts bo’ladi.


-Ostsillograf komplektidagi 1:10 bo’lgan bo’lgich ulanganda.


Ostsillografning soha o’tkazuvchanligi:


Bo’lgichning 1:1 holatda – 6 MGts, Vol’t/bo’l almashlab ulagichning barcha holatlarida.


Bo’lgichning 1:10 holatida: o’chirilgan kuchaytirishda og’dirish koeffitsientlarining 5 MV/bo’l va 5V/bo’l qiymatlari uchun 7 MGts.

-Vertikal og’dirishning har bir kanali o’tish xarakteristikasining parametrlari vosita kirishda 5 mV/bo’l dan 5 V/bo’l og’dirish koeffitsientlari uchun quyidagilardan ko’p bo’lmaydi: 5-marotaba kuchaytirish o’chirilganda 17.5 NS 5-marotaba kuchaytirish ulanganda 50 NS.


- Kuchaytirgich kanallarining har bir kirishidagi parametrlari: -1:10 bo’lgich bilan: aktiv qarshilik 10 MOM ± 2%; kirish sig’imi 25 ± p F.
Probniksiz: aktiv qarshilik 1 MOM ± 2% kirish sig’imi 45 ± 4 pF.
-Ostsillograf kirish kuchaytirgichi quyidagi bog’liqlik rejimini ta’minlaydi: - Yopiq kirish – vertikal og’dirish kuchaytirgichining kirishiga chastotasi 10 Gts dan yuqori bo’lmagan signallarning o’tishi. – Ochiq kirish – vertikal og’dirish kuchaytirichining kirishiga doimiy tashkil etuvchini hisobga olgan holda, barcha chastotalar sohasi bo’yicha signallarning kirishini. – kuchaytirgich kirishi korpusga tutashtirilgan ushbu holda kuchaytirgich kirishiga signal uzatilmaydi.
-Ostsillograf kuchaytirgichning quyidagi rejimlarini ta’minlaydi. A,V, A va V kanallar bo’yicha signallarning kuzatilishini.

Signal A va V kanallar bo’yicha kuzatilganda ketma-ket va yoki almashtirish rejimlarida ishlash mumkin. Kommutatorning almashlab ulash chastotasi, almashtirib ulash rejimida, taxminan 250 KGts bo’ladi.


A va V kanallarning ochiq va yopiq kirishlarida A+V jamlash. Kuchaytirish kanallarining har bir alohida kirishlarida 1 KGts. dan yuqori bo’lmagan o’zgaruvchan va o’zgarmas kuchlanishlarning yo’l qo’yiladigan yig’indi qiymati tashkil etadi:
-1:10 bo’lgich bilan – 600 V dan ortiq emas,
-probniksiz – 300 V dan ko’p emas.
-Sinfaz signallarning susaytirish koeffitsienti 50 KGts li signal uchun va A va V kanallarning teng sezgirligida 50:1 tashkil etadi.
-Almashlab ulagichning Vol’t/bo’l holatlaridagi kanallar orasidagi uzish (ajratish) koeffitsienti. (5 MV/bo’l bo’lganda)
-1000 dan kam emas, kirish signalining chastotasi 50 KGts bo’lganda,
- 30 dan kam emas, kirish signalining chastotasi 20 MGts bo’lganda. Yoyma kuchaytirgichiga oid ma’lumotlar:
-Ostsillografning yoyma koeffitsienti 1;2;5 ketma-ketlikda, 02 MKs/bo’l dan 0,5 sek/bo’l gacha qiymatlar qabul qiladi.
-Ostsillograf yoymani qo’shimcha 10 marotaba cho’zishni (20 nS/bo’l) ta’minlaydi.
-Yoyish koeffitsienti asosiy xatoligining yo’l qo’yiladigan qiymati tashkil etadi:
± 3% - o’chirilgan cho’zishda,
±5% - ulangan cho’zishda (20 nS/bo’l va 50 nS/bo’l qiymatlar inobatga olinganda). Sinxronlashtirishga doir ma’lumotlar tavsili: Osyillograf yoymani ishga tushirib yuborish bo’yicha quyidagi rejimlarni ta’minlaydi:
-avto – avtomatik, sinxronlash darajasini qo’lda o’rnatish, (chastotasi 25 Gts dan kam bo’lmagan signallar uchun),

-jdush – kutish,


-kadr – TV-kadrlar bo’yicha sinxronlash.
-strok – TV-satr bo’yicha sinxronlash.
Ostsillograf quyidagi manbaalardan sinxronlashni ta’minlaydi:
-A-kanalda signal bilan sinxronlash (V-kanalda), bir kanalli rejimda;
-A-kanalda signal bilan sinxronlash (V-kanalda), ikki kanalli rejimda va kirish signallarini jamlash rejimida;
-A-kanal va V-kanalda signal bilan sinxronlash uchun, ikki kanalli rejimda va kirish signallarini jamlash rejimida;
-tarmoqdan sinxronlash;
-tashqi manbaadan sinxronlash.
Ostsillograf sinxronlash signalining qutbini o’zgartirishni ta’minlaydi. Ichki sinxronlash kirish signalining quyidagi darajalarida ta’minlanadi:
- kirish signalining 20 Gts ... 2 MGts chastotalar diapazonida 0,5 bo’l.kam bo’lmagan:
- kirish signalining 2 MG ... 20 Gts chastotalar diapazonida 1,5 bo’l.
- TV signal bilan, sinxronlash ipmul’sining 1 V dan kam bo’lmagan amplitudasida.
-Tashqi sinxronlash kirish signalining quyidagi darajalarida ta’minlanadi:
Kirish signalining 20 Gts ... 2 MGts chastotalar diapazonida 200 mV;
Kirish signalining 2 MGts ... 20 MGts chastotalar diapazonida 800 mV.
Tashqi sinxronlashning kirish parametrlari:
- aktiv qarshilik 1 MOm ± 2%.
- kirish sig’imi 45 ± 4 pf.
Tashqi sinxronlash kirishidagi o’zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanishning yo’l qo’yiladigan yig’indi qiymati 300 V dan yuqori emas, bunda o’zgaruvchan kuchlanish chastotasi 1 kGts qiymatdan ortishi kerak emas.
Ostsillograf X-U kirish rejimini ta’minlaydi. Ushbu holda X-o’qining kirishi bo’lib A-kanalga uzatiladigan signal hisoblanadi. U-o’qining kirishi bo’lib V-kanalga uzatiladigan signal hisoblanadi. O’tkazish sohasining kengligi 0...500 kGts ni tashkil etadi. 50 kGts li chastotadagi faza siljishi ± 30 diapazonni egallaydi.
Z-kirishiga taaluqli bo’lgan ma’lumotlarni keltiramiz. Ostsillograf, kirish signalining yorqinlik modulyatsiyasini Z-kirishga musbat kuchlanish berilganda amalga oshiradi.
Z-kirishning sezgirligi 5 V ni tashkil etadi, ushbu kuchlanishda yoritish yorqinligi nolga teng bo’ladi. Yoritish yorqinligi, uzatilgan kuchlanish kamaysa, ortadi va maksimumiga “0” vol’tda erishadi. Ushbu rejimda soha o’tkazuvchanligi 2 MGts ni tashkil etadi. Z-kirishdagi o’zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanishning yo’l qo’yiladigan yig’indi (jamlangan) qiymati 30 Vol’tdan ortiq bo’lmaydi, bunda, o’zgaruvchan kuchlanishning chastotasi 1 kGts dan ortmasligi kerak.
Yorqinlikning tashqi modulyatsiyali kirishining aktiv qarshiligi 47 kOm ± 2% kam bo’lmaydi.

Kalibratorning parametrlari (1:10 bo’lgichlarni kalibrlash uchun mo’ljallangan) quyidagicha:


Signal shakli – Meandr, musbat qutbli
Chastotasi - 1± 0,02 kGts
To’ldirish koeffitsienti – 48:52 chegarada
Amplituda - 2± 0,04 V
Chiqish qarshiligi - ≈ 1 kOm.
Elektron – nurli trubka bo’yicha ma’lumotlar:
Ekran turi – 6 dyuymli to’g’riburchakli
Fasfor – R 31
A-kodning tezlashtirish kuchlanishi = 2 kV
Ekranning ichki qismi 8X10 bo’l (1 bo’l = 10 mm)
Shkala – ichki
Nurning burilishi – ta’minlanadi.

Umumiy bo’lgan parametrlarni keltiramiz.


- Ostsillograf o’zining texnik xarakteristikalarini 15-minutli qizdirishdan keyin norma chegaralarda ta’minlaydi.


- Ostsillografning parametrlari o’zining texnik xarakteristikalariga tarmoqdan, 230 V ±15% va chastotasi 50±0,5 Gts (garmonikalar 5 %) kuchlanish bilan ta’minlaganda mos keladi.
- O’zgaruvchan kuchlanish tarmog’idan nominal kuchlanish bilan ta’minlanganda ostsillograf sarflaydigan quvvat 45 VA ni tashkil etadi. - Ostsillograf ekspluatatsiyaning ishchi sharoitlarida uzluksiz 8 soat ishlatilishini ta’minlaydi. - Berilgan texnik xarakteristikalar kafolatlanadigan ishchi harorat diapazoni 10 ÷ 350 S egallaydi va bunda havoning nisbiy namligi 85% gacha bo’lishi kerak. - O’lchamlari (mm): 350 (kengligi) x 190 (balandligi) x 190 (qalinligi). Vazni: ≈ 8 kG. Saqlanish harorati – 10 dan + 700 S, namlik 70% (maksimum) bo’lganda.
1 - jadval
Ostsillograf komplekti

Nomi

Soni (dona)

Ostsillograf ikkikanalli S1-220

1

Tarmoq shnuri

1

Foydalanish bo’yicha yo’riqnoma

1

Bo’lgich – probnik (1:1/1:10)

2


Download 282.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling