6 – Amaliy mashg’ulot
S1-220 turdagi universal ostsillograf texnik xarakteristikalari
Download 282.42 Kb.
|
6 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ostsillograf quyidagi xususiyatlarga ega
S1-220 turdagi universal ostsillograf texnik xarakteristikalari
Ostsillografning blok sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Ostsillografning soha o’tkazuvchanligi 20 MGts, maksimal sezgirligi 1 mV/bo’l, yoyishning minimal koeffitsienti 0,2 mks/bo’l. O’n marta cho’zish uchun 20 NS/bo’l bo’lgan yoyish vaqtini o’rnatish imkoniyati mavjud. Ostsillograf 6-dyumli (12,5 sm) to’g’riburchakli elektron nurli ichki qizil shkalali trubkaga ega. Boshqarilishi qulay va yuqori darajadagi ekspluatatsion ishonchlilikka ega. Ostsillograf quyidagi xususiyatlarga ega: - Yoritishning yuqori intensivligi, tezlashtirish uchun yuqori kuchlanishning mavjudligi hisobiga hatto, yoymaning yuqori tezliklarida ham aniq tasvir olish mumkinligi. - Keng soha o’tkazuvchanligi va yuqori sezgirligi, 20 MGts soha o’tkazuvchanligi va 5 MV/bo’l (1 MV/bo’l, qo’shimcha 5 marta qo’shimcha kuchaytirish) sezgirlikni ta’minlashi. - Jamlangan signal bilan sinxronlashuvi. Bir vaqtta ikkita turli chastotali signal tadqiq qilinganda ham buzilmas sinxronlashga erishish mumkinligi. - TV-sinxronlanishi. Ostsillograf TV kadr va TV-satr bo’yicha avtomatik sinxronlash uchun sinxronlash fil’triga ega. - A kanal signalining chiqishi: 50 Om chiqishli A kanal signali chastotomerning va boshqa turdagi o’lchash vositalarining ulanishi uchun foydalanilishi mumkin. - Z-kirish: Signal yorqinligining musbat darajali signal bilan boshqarilishi, masalan TTL-logikadan. -X-U rejimi: Ostsillograf X-U rejimiga o’tkazilganda A-kanal X-o’qi sifatida, V-kanal kirish U-o’qi sifatida foydalanish. -Ostsillograf quyidagi texnik xarakteristikalarga ega. Vertikal og’dirish kanaliga oid texnik ma’lumotlarni keltiramiz. -Vertikal og’dirishning har bir kanali 5 mV/bo’l.dan 5 V/bo’l.gacha bo’lgan og’dirish koeffitsientiga ega. -Ostsillograf 2,5 marotabadan kam bo’lmagan holda, kuchaytirishning tekis rostlanishini ta’minlaydi. -A va V kanallar og’dirish koeffitsientlari asosiy xatoliklarining yo’l qo’yiladigan qiymatlari: 5 marotaba kuchaytirish o’chirilganda: ± 3%, 5 marotaba kuchaytirish ulanganda: ± 5%. -Ostsillografning kirishdagi probniksiz soha o’tkazuvchanligi 20 MGts – 5 – marotabalik kuchaytirish uzilganda va og’dirish koeffitsientlari 5 mV/bo’l va 5 V/bo’l uchun. 5-marotabalik kuchaytirish ulanganda 7 MGts bo’ladi. -Ostsillograf komplektidagi 1:10 bo’lgan bo’lgich ulanganda. Ostsillografning soha o’tkazuvchanligi: Bo’lgichning 1:1 holatda – 6 MGts, Vol’t/bo’l almashlab ulagichning barcha holatlarida. Bo’lgichning 1:10 holatida: o’chirilgan kuchaytirishda og’dirish koeffitsientlarining 5 MV/bo’l va 5V/bo’l qiymatlari uchun 7 MGts. -Vertikal og’dirishning har bir kanali o’tish xarakteristikasining parametrlari vosita kirishda 5 mV/bo’l dan 5 V/bo’l og’dirish koeffitsientlari uchun quyidagilardan ko’p bo’lmaydi: 5-marotaba kuchaytirish o’chirilganda 17.5 NS 5-marotaba kuchaytirish ulanganda 50 NS. - Kuchaytirgich kanallarining har bir kirishidagi parametrlari: -1:10 bo’lgich bilan: aktiv qarshilik 10 MOM ± 2%; kirish sig’imi 25 ± p F. Probniksiz: aktiv qarshilik 1 MOM ± 2% kirish sig’imi 45 ± 4 pF. -Ostsillograf kirish kuchaytirgichi quyidagi bog’liqlik rejimini ta’minlaydi: - Yopiq kirish – vertikal og’dirish kuchaytirgichining kirishiga chastotasi 10 Gts dan yuqori bo’lmagan signallarning o’tishi. – Ochiq kirish – vertikal og’dirish kuchaytirichining kirishiga doimiy tashkil etuvchini hisobga olgan holda, barcha chastotalar sohasi bo’yicha signallarning kirishini. – kuchaytirgich kirishi korpusga tutashtirilgan ushbu holda kuchaytirgich kirishiga signal uzatilmaydi. -Ostsillograf kuchaytirgichning quyidagi rejimlarini ta’minlaydi. A,V, A va V kanallar bo’yicha signallarning kuzatilishini. Signal A va V kanallar bo’yicha kuzatilganda ketma-ket va yoki almashtirish rejimlarida ishlash mumkin. Kommutatorning almashlab ulash chastotasi, almashtirib ulash rejimida, taxminan 250 KGts bo’ladi. A va V kanallarning ochiq va yopiq kirishlarida A+V jamlash. Kuchaytirish kanallarining har bir alohida kirishlarida 1 KGts. dan yuqori bo’lmagan o’zgaruvchan va o’zgarmas kuchlanishlarning yo’l qo’yiladigan yig’indi qiymati tashkil etadi: -1:10 bo’lgich bilan – 600 V dan ortiq emas, -probniksiz – 300 V dan ko’p emas. -Sinfaz signallarning susaytirish koeffitsienti 50 KGts li signal uchun va A va V kanallarning teng sezgirligida 50:1 tashkil etadi. -Almashlab ulagichning Vol’t/bo’l holatlaridagi kanallar orasidagi uzish (ajratish) koeffitsienti. (5 MV/bo’l bo’lganda) -1000 dan kam emas, kirish signalining chastotasi 50 KGts bo’lganda, - 30 dan kam emas, kirish signalining chastotasi 20 MGts bo’lganda. Yoyma kuchaytirgichiga oid ma’lumotlar: -Ostsillografning yoyma koeffitsienti 1;2;5 ketma-ketlikda, 02 MKs/bo’l dan 0,5 sek/bo’l gacha qiymatlar qabul qiladi. -Ostsillograf yoymani qo’shimcha 10 marotaba cho’zishni (20 nS/bo’l) ta’minlaydi. -Yoyish koeffitsienti asosiy xatoligining yo’l qo’yiladigan qiymati tashkil etadi: ± 3% - o’chirilgan cho’zishda, ±5% - ulangan cho’zishda (20 nS/bo’l va 50 nS/bo’l qiymatlar inobatga olinganda). Sinxronlashtirishga doir ma’lumotlar tavsili: Osyillograf yoymani ishga tushirib yuborish bo’yicha quyidagi rejimlarni ta’minlaydi: -avto – avtomatik, sinxronlash darajasini qo’lda o’rnatish, (chastotasi 25 Gts dan kam bo’lmagan signallar uchun), -jdush – kutish, -kadr – TV-kadrlar bo’yicha sinxronlash. -strok – TV-satr bo’yicha sinxronlash. Ostsillograf quyidagi manbaalardan sinxronlashni ta’minlaydi: -A-kanalda signal bilan sinxronlash (V-kanalda), bir kanalli rejimda; -A-kanalda signal bilan sinxronlash (V-kanalda), ikki kanalli rejimda va kirish signallarini jamlash rejimida; -A-kanal va V-kanalda signal bilan sinxronlash uchun, ikki kanalli rejimda va kirish signallarini jamlash rejimida; -tarmoqdan sinxronlash; -tashqi manbaadan sinxronlash. Ostsillograf sinxronlash signalining qutbini o’zgartirishni ta’minlaydi. Ichki sinxronlash kirish signalining quyidagi darajalarida ta’minlanadi: - kirish signalining 20 Gts ... 2 MGts chastotalar diapazonida 0,5 bo’l.kam bo’lmagan: - kirish signalining 2 MG ... 20 Gts chastotalar diapazonida 1,5 bo’l. - TV signal bilan, sinxronlash ipmul’sining 1 V dan kam bo’lmagan amplitudasida. -Tashqi sinxronlash kirish signalining quyidagi darajalarida ta’minlanadi: Kirish signalining 20 Gts ... 2 MGts chastotalar diapazonida 200 mV; Kirish signalining 2 MGts ... 20 MGts chastotalar diapazonida 800 mV. Tashqi sinxronlashning kirish parametrlari: - aktiv qarshilik 1 MOm ± 2%. - kirish sig’imi 45 ± 4 pf. Tashqi sinxronlash kirishidagi o’zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanishning yo’l qo’yiladigan yig’indi qiymati 300 V dan yuqori emas, bunda o’zgaruvchan kuchlanish chastotasi 1 kGts qiymatdan ortishi kerak emas. Ostsillograf X-U kirish rejimini ta’minlaydi. Ushbu holda X-o’qining kirishi bo’lib A-kanalga uzatiladigan signal hisoblanadi. U-o’qining kirishi bo’lib V-kanalga uzatiladigan signal hisoblanadi. O’tkazish sohasining kengligi 0...500 kGts ni tashkil etadi. 50 kGts li chastotadagi faza siljishi ± 30 diapazonni egallaydi. Z-kirishiga taaluqli bo’lgan ma’lumotlarni keltiramiz. Ostsillograf, kirish signalining yorqinlik modulyatsiyasini Z-kirishga musbat kuchlanish berilganda amalga oshiradi. Z-kirishning sezgirligi 5 V ni tashkil etadi, ushbu kuchlanishda yoritish yorqinligi nolga teng bo’ladi. Yoritish yorqinligi, uzatilgan kuchlanish kamaysa, ortadi va maksimumiga “0” vol’tda erishadi. Ushbu rejimda soha o’tkazuvchanligi 2 MGts ni tashkil etadi. Z-kirishdagi o’zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanishning yo’l qo’yiladigan yig’indi (jamlangan) qiymati 30 Vol’tdan ortiq bo’lmaydi, bunda, o’zgaruvchan kuchlanishning chastotasi 1 kGts dan ortmasligi kerak. Yorqinlikning tashqi modulyatsiyali kirishining aktiv qarshiligi 47 kOm ± 2% kam bo’lmaydi. Kalibratorning parametrlari (1:10 bo’lgichlarni kalibrlash uchun mo’ljallangan) quyidagicha: Signal shakli – Meandr, musbat qutbli Chastotasi - 1± 0,02 kGts To’ldirish koeffitsienti – 48:52 chegarada Amplituda - 2± 0,04 V Chiqish qarshiligi - ≈ 1 kOm. Elektron – nurli trubka bo’yicha ma’lumotlar: Ekran turi – 6 dyuymli to’g’riburchakli Fasfor – R 31 A-kodning tezlashtirish kuchlanishi = 2 kV Ekranning ichki qismi 8X10 bo’l (1 bo’l = 10 mm) Shkala – ichki Nurning burilishi – ta’minlanadi. Umumiy bo’lgan parametrlarni keltiramiz. - Ostsillograf o’zining texnik xarakteristikalarini 15-minutli qizdirishdan keyin norma chegaralarda ta’minlaydi. - Ostsillografning parametrlari o’zining texnik xarakteristikalariga tarmoqdan, 230 V ±15% va chastotasi 50±0,5 Gts (garmonikalar 5 %) kuchlanish bilan ta’minlaganda mos keladi. - O’zgaruvchan kuchlanish tarmog’idan nominal kuchlanish bilan ta’minlanganda ostsillograf sarflaydigan quvvat 45 VA ni tashkil etadi. - Ostsillograf ekspluatatsiyaning ishchi sharoitlarida uzluksiz 8 soat ishlatilishini ta’minlaydi. - Berilgan texnik xarakteristikalar kafolatlanadigan ishchi harorat diapazoni 10 ÷ 350 S egallaydi va bunda havoning nisbiy namligi 85% gacha bo’lishi kerak. - O’lchamlari (mm): 350 (kengligi) x 190 (balandligi) x 190 (qalinligi). Vazni: ≈ 8 kG. Saqlanish harorati – 10 dan + 700 S, namlik 70% (maksimum) bo’lganda. 1 - jadval Ostsillograf komplekti
Download 282.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling