6 – Amaliy mashg’ulot
Ostsillograflarning qiyoslanishi
Download 282.42 Kb.
|
6 (2)
3. Ostsillograflarning qiyoslanishi.
Ostsillograflarni qiyoslashni GOST 8.311-78 aniqlaydi. Ushbu standartga muvofiq holda quyida qiyoslash metodikasini aniqlovchi umumiy talablar, ba’zi qiyoslash tadbirlarining xarakteri xususiyati va tavsiya etiladigan qiyoslash vositalari keltiriladi. Standart tavsiya qilingan namuna o’lchash vositalaridan tashqari, boshqa yangi ishlab chiqilgan yoki qo’llanilayotgan o’lchash asboblari, o’rnatilgan tartibda metrologik attestatsiyadan o’tgan va o’lchash xatoligi qiyoslanadigan o’lchash vositasining 1/3 yo’l qo’yiladigan xatoligidan ko’p bo’lmagan o’lchash vositalaridan foydalanishga yo’l qo’yiladi. Qiyoslash GOST 22261-82 o’rnatgan normal sharoitlarda o’tkaziladi: qiyoslashni ishchi sharoitlarda o’tkazishga yo’l qo’yiladi, agar, bunda namuna va qiyoslanadigan o’lchash vositalari xatoliklarining nisbati yomonlashmasa. Standart qiyoslashning quyidagi tadbirlarini belgilaydi: tashqi ko’rik, sinab ko’rish, nur chizig’ining kengligini aniqlash, og’dirish va yoyish koeffitsientlarining xatoliklarini ainqlash, kuchlanish va vaqt intervallarini o’lchash xatoliklarini aniqlash, o’tish va amplituda-chastotaviy xarakteristikalarini aniqlash. Nur chizig’i kengligini vertikal va gorizontal yo’nalishlarda aniqlash bilvosita o’lchash usuli bilan kalibrlangan amplitudali to’g’riburchakli generatorlar yordamida bajariladi. Ostsillografning avtotebranish rejimida og’dirish va yoyish koeffitsientlarining o’rta qiymatlarida ENT ekranida ikkita gorizontal chiziq kuzatiladi. Ushbu chiziqlar vertikal og’dirish kanalining kirishiga berilgan impul’sli kuchlanishning nolinchi va maksimal darajasiga muvofiq bo’lishi kerak. Undan keyin, impul’slar amplitudasini kamaytirish yo’li bilan kirishda gorizontal chiziqlarning bir-biriga tegish momenti kuzatiladi. Generator shkalasi bo’yicha hisoblangan impul’slar amplitudasining qiymatlarini o’rnatilgan og’dirish koeffitsientiga bo’linadi va vertikal yo’nalish bo’yicha nur chizig’ining kengligi olinadi. Gorizontal yo’nalishda ham xuddi shunday ikkita vertikal chiziqlar tasviri olinib yuqorida keltirilgan amallar bajariladi. Buning uchun vertikal og’dirish kanalining kirishiga arrasimon kuchlanish beriladi, gorizontal og’dirish kanalining kirishiga kuchaytirish rejimida impul’sli generator kuchlanishi beriladi. Gorizontal bo’yicha shkala kalibrovkasini amalga oshirib bo’limga vol’tlarda generator impul’slarining amplitudasini kamaytiriladi, bunda, vertikal chiziqlarning kesishuv momentlari belgilanadi. Generator bo’yicha hisoblangan impul’slar amplitudasining gorizontal bo’yicha o’rnatilgan og’dirish koeffitsientiga bo’lib gorizontal yo’nalish bo’yicha nur chizig’ining kengligi olinadi. Nur chizig’ining kengligi ENT ishchi uchastkasining o’rtasida va chegaralarida aniqlanadi. Og’dirish koeffitsientining xatoligini aniqlash, impul’slar generatori yordamida (kalibrlangan amplitudali) og’dirish koeffitsientining haqiqiy qiymatini bilvosita o’lchash usuli bilan bajariladi yoki Voltmetrlarni qiyoslash qurilmasi yoki ostsillograf kalibratori yordamida bajariladi. Ichki ishga tushirish rejimida og’dirish koeffitsientining maksimal qiymatida tasvir balandligini o’lchash bajariladi. Tasvir balandligi ENT vertikal bo’yicha shkalasining barcha juft bo’linmalariga teng bo’lib, o’lchashda namuna o’lchash vositalarida kuchlanishning mos qiymatlari o’rnatiladi. Xatolik, o’rnatilgan og’dirish koeffitsienti bilan olingan qiymatlarini solishtirib baholanadi. Ushbu koeffitsientning barcha boshqa qiymatlari uchun o’lchashlar, signal tasviri balandligining juft bo’linmalar soniga teng bo’lgan va ekran ishchi uchastkasining 60-100% tashkil etganida bajariladi. Kuchlanishning o’lchash xatoligini aniqlash, kuchlanishni bevosita o’lchash usuli bilan namuna vositalari bilan shakllangan kalibrlangan amplitudali impul’slar generatori, Voltmetrlarni qiyoslash qurilmasi, ostsillograf kalibratorlari bilan aniqlanadi. O’lchashlar, og’dirish koeffitsientining barcha qiymatlarida va ostsillograf bilan o’lchanadigan kuchlanishlar diapazonning kamida beshta nuqtasida, ikkita chegaraviy qiymatni qo’shgan holda bajariladi. Kuchlanishni o’lchashda qiyoslanuvchi o’lchash vositasining normativ-texnik xujjatlarida ko’rsatilgan metodikasidan foydalaniladi. O’lchash xatoligi ostsillograf yordamida kuchlanishning o’lchangan qiymatlarini namuna o’lchash vositalarida o’rnatilgan mos qiymatlari bilan solishtirib aniqlanadi. Yoyish koeffitsientining xatoligini aniqlash yoyish koeffitsientining xaqiqiy qiymatini signallar generatori, impul’slar generatori, elektron-hisobli chastotomer yoki ostsillograflar kalibratori yordamida bilvosita o’lchash usuli bilan bajariladi. Yoymani ishga tushirish rejimi-ichki. O’lchashlar og’dirish koeffitsientining o’rta qiymatida o’tkaziladi. Yoyish koeffitsientining xatoligi uning o’rnatilgan qiymatini namuna o’lchash vositasida olingan qiymatga solishtirish orqali aniqlanadi. Yoyish koeffitsienti gorizontal bo’yicha shkala uzunligining barcha qiymatlari uchun analogik holda aniqlanadi. O’lchashlar yoyish koeffitsientining barcha fmksatsiyalangan qiymatlari uchun bajariladi. Vaqt intervallarining o’lchash xatoliklarini aniqlash namuna o’lchash vositalari tomonidan sinussimon va impul’sli kuchlanish shaklida berilgan vaqt intervallarini bevosita o’lchash usuli bilan bajariladi. O’lchashlar, qiyoslanadigan o’lchash vositasining normativ-texnik xujjatida o’rnatilgan metodikaga mos holda, yoyma koeffitsientining barcha qiymatlari uchun og’dirish koeffitsientining o’rta qiymatlarida va ostsillograf bilan o’lchanayotgan vaqt intervallari diapazonining eng kamida beshta nuqtasida ikkita chetki qiymatlarni qo’shgan holda bajariladi. O’lchash xatoligi kuchlanish davrining o’lchangan qiymatlarini uning namunaviy pribor bo’yicha hisoblangan qiymatlariga solishtirish bilan baholanadi. Vertikal og’dirish kanalining o’tish xarakteristikasi parametrlarini aniqlash, sinov impul’slari generatori yordamida bevosita o’lchashlar usuli bilan bajariladi. Sinov impul’slarining parametrlariga bo’lgan talablar GOST 8.311-78 ilovasida keltirilgan. Ularning asosiysi bo’lib sinalayotgan impul’s fronti tf-bilan to’-o’tish xarakteristikasining o’sish vaqti orasidagi munosabat hisoblanadi: t f ≤ (0,1-0,3) to’. O’lchashlar, yoymaning tashqi ishiga tushirish rejimida yoyma koeffitsientining minimal qiymatida o’tish xarakteristikasining parametrlarini ENT ekranidagi tasviri bo’yicha bevosita hisoblash yo’li bilan bajariladi: o’sish vaqti, o’rnatish vaqti, chetlanishlar, og’dirish koeffitsientining barcha fiksatsiyalangan qiymatlari uchun sinov impul’slarining musbat va manfiy qutblaridagi notekisliklar. Vertikal og’dirish kanalining amplituda-chastotaviy xarakteristikaning parametrlarni aniqlash, infrapast, past, yuqori chastota generatorlari va Voltmetr yordamida ACHX ni olish yo’li bilan bajariladi. Chastotaning o’zgarishida va kirish signalining nazorat qilinadigan o’zgarmas darajasida ENT ning vertikal shkalasida vertikal og’dirish kanalining chiqish kuchlanishi olinadi. Nuqtalar soni va chastotaning diskret o’zgaruvchanligi qiyoslanadigan o’lchash vositasining normativ-texnik xujjatlaridagi talablarga mos kelishi kerak. ACHX parametrlari-chastotalarning normal va kengaytirilgan diapazoni, soha o’tkazuvchanligi, notekisligi-og’dirish koeffitsientining barcha fiksatsiyalangan qiymatlari uchun aniqlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, ko’pincha, ACHX ni olish metodikasi ratsional hisoblanadi, u bo’yicha vertikal og’dirish kanalining chiqish kuchlanishining o’zgarmasligi saqlanadi, ya’ni, vertikal bo’yicha tasvir o’lchashining o’zgarmasligi, chastotaning o’zgarishida kirish signalining o’zgarishi fiksatsiyalanadi. Ushbu holda, kirish kuchlanishini o’lchash uchun shkalasi detsibellarda darajalangan shkalali Voltmetrdan foydalanish qulay bo’lib, ACHX notekisligini baholashni sezilarli tarzda onsonlashtiradi. Og’dirish va yoyish koeffitsientlari hamda kuchlanish va vaqt intervallarining foizlarda ifodalangan asosiy nisbiy xatoligi ifodadan hisoblanadi: Bu yerda Anom – parametrning nominal qiymati; Ahaq – parametrning haqiqiy qiymati. Nur chizig’i kengligining, o’sish vaqti va vertikal og’dirish kanali o’tish xarakteristikasining o’rnatilishi hamda uning soha o’tkazuvchanligi ularning yo’l qo’yiladigan qiymatlarini absalyut qiymat bo’yicha solishtiriladi: bunda, o’lchangan qiymatlar qiyoslanadigan o’lchash vositasining normativ-texnik xujjatlarida o’rnatilgan yo’l qo’yiladigan qiymatlardan ortiq bo’lmasligi kerak. O’tish xarakteristikasining cho’qqisidagi chetlanishlar va vaqtning berilgan uchastkasidagi uning tushishi foizlarda baholanadi. ACHX ning notekisligi uning normativ-texnik xujjatda berilish usuliga bog’liq holda foiz nisbatida yoki detsibellarda baholanadi. Download 282.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling