6- amaliy mash‘ulot: Multisim dasturi yordamida murakkab elektr sxemalarni tuzish usullari. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘i
Murakkab elektr zanjirlarini tadqiq qilish
Download 1,77 Mb.
|
a6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istemolchilari ketma-ket ulash (Namoyish tajriba). Element nomi
- Laboratoriya ishi: Istemolchilarni parallel va aralash ulashni o‘rganish
- Istemolchilari parallel va aralash ulashni o‘rganish. (Namoyish tajriba). Element nomi
- Xonadondagi elektr zanjiri , namoyish tajriba. Ishning maqsadi
- Xonadondagi elektr zanjiri (Namoyish tajriba). Element nomi Ko‘rinishi
2.Murakkab elektr zanjirlarini tadqiq qilish.
Iste'molchilari ketma-ket ulash, namoyish tajriba Ishning maqsadi: Istemolchilarning ketma-ket ulanishini o‘rganish. Virtual elementlar: Tok manbasi, kalit, 2 va 4 Ω qarshilikka ega ikkita rezistor, uchta voltmetr, uchta ampermetr, ulash simlari. Ishni bajarish tartibi: a) Tok kuchini o‘lchash 1.Electronics Workbench dasturini ishga tushiring. 2.Asboblar panelidan tok manbasi, rezistor, kalit, voltmetr, ampermetrni toping va ularni dasturning ishchi maydoniga qo‘ying.
3.Ko‘rsatilganidek, tarkibiy qismlarni sichqoncha bilan ulang. 4. Simulyatsiya jarayonini ishga tushiring. 5.Kalitni ulang va o‘lchovlarni bajaring. 6.O‘lchov natijalarini 1-jadvalga yozing. 7.Tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash natijalaridan foydalanib, R1 va R2 qarshiliklarining qiymatlarini aniqlang. 8.Zanjirning umumiy qarshiligini aniqlang. 9.Xulosa chiqaring 1-jadval.
Laboratoriya ishi: Iste'molchilarni parallel va aralash ulashni o‘rganish Ishning maqsadi: Iste’molchilarni parallel va aralash ulanishini o‘rganish. Virtual elementlar: O‘zgarmas tok manbasi, kalit, 2 va 4 Om qarshilikka ega ikkita rezistor, uchta voltmetr, uchta ampermetr, topraklama, ulash simlari. Jarayon: 1.Electronics Workbench dasturini ishga tushiring. 2.Asboblar panelida manba, yerga ulash, rezistor, kalit, voltmetr, ampermetrni toping va ularni dasturning ishchi maydoniga qo‘ying.
3.rasmda ko‘rsatilganidek, tarkibiy qismlarni sichqoncha bilan ulang. 4. Simulyatsiya jarayonini ishga tushiring. 5. Kalitni ulang va o‘lchash ishlarini bajaring. 6. O‘lchash natijalarini 1-jadvalga yozing. 7. Olingan tok va kuchlanishni o‘lchash natijalaridan foydalanib, R1 va R2 qarshiliklarining qiymatlarini aniqlang. 8. Elektr zanjirining umumiy qarshiligini aniqlang. 9.Xulosa chiqaring. 1-jadval.
Xonadondagi elektr zanjiri, namoyish tajriba. Ishning maqsadi: xonadonning elektr zanjirini o‘rganish. Virtual elementlar: o‘zgaruvchan tok manbasi, kalitlar, lampochkalar, saqlagichlar. Ishni bajarish tartibi: 1.Electronics Workbench dasturini ishga tushiring. 2.Asboblar panelidan o‘zgaruvchan tok manbasi, kalitlar, lampochkalar, saqlagichlarni toping va ularni dasturning ishchi maydoniga qo‘ying.
3.Ko‘rsatilganidek, tarkibiy qismlarni sichqoncha bilan ulang. 4. O‘zgaruvchan tok manbasini kuchlanishini 220V, chastotasini 50Hz qilib o‘rnating. Buning uchun manba belgisi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib borilib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Kuchlanish 220V, chastota 50Hz qilib o‘zgartiriladi va Ok tugmasi bosiladi. 5.Virtual lampalar kuchlanishini 220V, quvvatini 100Wt ga o‘zgartiring. Buning uchun har bir virtual lampa belgisi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib borilib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Kuchlanish 220V, quvvat 100Wt qilib o‘zgartiriladi va Ok tugmasi bosiladi. 6.Kalitlarga klaviatura tugmalarini biriktiring. Buning uchun har bir virtual lampa belgisi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib borilib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Hosil bo‘lgan oynadan “Space” o‘rniga 1 raqmi yoziladi va Ok tugmasi bosiladi. Qolgan kalitlar uchun ham shu tarzda 2,3,4 tugmalari biriktiriladi. (Rozetkalarni va xonalar chizmasini o‘rnatish bir oz murakkab bo‘lgani hamda ular simulyatsiya jarayonida ish bajarmayotganligi uchun ularni o‘rnatmasangiz ham bo‘ladi). 7. Simulyatsiya jarayonini ishga tushiring. 8.Klaviaturadagi 1,2,3,4 tugmalar yordamida kalitlarni ulab-uzib xonadan elektr zanjirining ishlashini kuzating. 9.Zanjirning umumiy tuzilishini o‘rganing. 10.Xulosa chiqaring Download 1,77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling