6- amaliy: Polimer nanomaterial olish va ularni xossalari Reja
Download 16.01 Kb.
|
6- amaliy Polimer nanomaterial olish va ularni xossalari Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompozitlar va nanostrukturala haqida umumiy tushunchalar
- Nazorta savollari 1Kompozitsion materiallar olinishi haqida malumot bering 2.Nano strukturalar haqida malumot bering.
6- Amaliy:Polimer nanomaterial olish va ularni xossalari Reja: 1. Kompozitlar va nanostrukturala haqida umumiy tushunchalar 2. Polimer nanotolalar olishda elektrospinning usuli 3. Nanotolali noto‘qima materiallarning olinishi va istiqbollari Umuman olganda polimer kompozitlar va nanotizimlar maxsus fizik xossalarga va tavsiflarga ega bo’gan materiallardir. Ularning xossalarini bevosuta materiallarni shakllantirish sharoiti va tarkibini tanlash hamda maxsus fizik modifikatsiyalar asosida boshqarish mumkin. Hozirgi zamon texnikasi va texnologiyalari Insoniyat ehtiyojining doimiy tarzda yangi materiallar yaratishga qaratilishi, keyingi 10 ‑ 15 yillar davomida dunyoning etakchi mamlakatlari qatorida O‘zbekistonda ham nanofanlar va nanotexnologiyalarga asos solinishiga olib keldi. Bu sohada muhim ustivor va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri nanostrukturali polimer materiallar yaratishning fundamental muammolarni echish bo‘lib, bu borada tabiiy polimerlar asosida nanotolalarni elektrospinning usulida olishning qonuniyatlarini belgilash o‘ta dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Hozirda mamlakatimizda dastlabki elektrospinning qurilmasi yig‘ilgan bo‘lib, unda nanotola olish jarayoni yuqori elektr kuchlanishi ta’sirida polimer eritmasi yoki aralashmasini ingichka oqim etib tortish orqali makromolekulalarni orientatsion struktura hosil qilishiga asoslangandir. Maxsus xossali nanotolalarni shakllantirish polimerning molekulyar tuzilishi, eritma yoki aralashmasining xususiyatlariga bog‘liq tarzda elektrospinning jarayonining termodinamik, reologik, elektrofizik va kinetik qonuniyatlarini o‘rganishni talab etadi. SHuningdek, shakllantirilgan nanotolalarni noyob maxsus xossalari tadqiq qilish va ularni elekstrospinning jarayoniga bog‘liqlik qonuniyatlarini o‘rganish hamda boshqarish imkoniyatlari aniqlash ham muhim fundamental va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Kompozitlar va nanostrukturala haqida umumiy tushunchalar Nanostrukturalar, jumladan, nanotolalar diametri o‘lchami nanometrlarda va uzunligi esa diametriga nisbatan bir necha tartibga katta bo‘lgan strukturadir. Bunday strukturalarni mavjudligi elektron va ultramikroskoplar yordamida aniqlanadi. Kompozitlar va nanostrukturali materiallar tabiiy va sintetik polimerlar, oligomerlar, metallar, turli aralashma va birikmalar asosida olinishi mumkin. Kompozitsion materiallar nanotolalar asosida ham olinishi mumkin. Noyob tavsifli materiallar hisoblanadigan natolalarning olinishi sanoatda ishlab chiqarilayotgan mikrotolalardan farq qiladi, ya’ni olinadigan tolaning diametri nanoo‘lchamlarda bo‘lishi talab etiladi. Shu bois tola shakllantirish jihozlari, jumladan, filera va tola hosil qilish rejimi tanlab olinadi. Nanotolalarni bir nechta turlari mavjud bo‘lib, shartli ravishda ikki guruhga bo‘lanadi: kimyoviy va fizikaviy. Kimyoviy usul – bu kimyoviy sintez natijasida nanotolalar hosil bo‘lishi bo‘lib, unga misol sifatida Pensilvani unisersiteti (AQSh) tadqiqotchisi Pratik Mankidi tajribasini keltirish mumkin. Bugungi kunda noyob kashfiyot deb qaralayotgan ushbu usul superelimning sirtdan nanotolalar unib chiqishiga asoslangandir Nanotolalar zamonaviy o‘ta mustahkam materiallar o‘rnini egallashi mumkin. Masalan, uglerodli nanonaychalar asosida yaratilgan materiallar o‘ta mustahkam tolalar hisoblanadi. Ularning mustahkamligi zamonaviy materiallar mustahkamligidan 500 % dan ortiqdir. Bunday tolalar samolyot, avtomobil, sun’iy yo‘ldoshlar, sport jihozlari va boshqa mustahkamlik talab etiladigan materiallar ishlab chiqarishda qo‘llanishi mumkin. Shubhasiz, polimer xom-ashyolar asosidagi nanoo‘lchamli tolalar turli xil zamonaviy va kelajak texnologiyalari, jumladan, elektronika, biotibbiyot va boshqa tarmoqlar uchun, masalan, sirtini o‘zi tozalovchi shaffof materiallar va jihozlar tayyorlashda o‘ta muhim ekanligini ko‘rsatdi. Prof. Artur Dj. Epshteyn (Ogayo, AQSh) nanotolalarni ko‘pgina sirtlarga joylashtirish mumkinligi ta’kidlab, bunday nanotolali sirtda yog‘larni tortib olish va siqib chiqarish qobiliyati mavjudligini ko‘rsatib bergan. Shuningdek, nanotolalar orqali materiallarga elektr o‘tkazuvchanlik qobiliyatini berish mumkinligi ham qayd etilgan. Yana bir hol, agar nanotolalar bilan shishalar qoplansa, ular suvni siqib chiqarishi bois o‘zoq muddat o‘zining tozaligini saqlab qolishi mumkin. Nanotolalar asosida DNK ni boshqa molekulalar bilan ta’sirlashishini o‘rganish uchun platformalar yasash va DNK vositasida yangi nanostrukturalar tuzish mumkin. Shuningdek, nanotolalar yordamida mikrosuyuqlikli tizimlarda suv oqimini nazorat qilish bo‘yicha asosli natijalar olingan. Nazorta savollari 1Kompozitsion materiallar olinishi haqida malumot bering 2.Nano strukturalar haqida malumot bering. Download 16.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling