6- laboratoriya ishi elektr zanjirlarni superpozitsiya usulida tadqiq etish Ishning maqsadi


Download 32.56 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi32.56 Kb.
#202275
1   2   3
Bog'liq
6-lab

Quvvatlar muvozanati tenglamasi

Elektrotexnikada manba quvvati va iste’molchi quvvati tushunchalari mavjud. Manba quvvati bu undan manbadagi noelektr energiya elektr energiyasiga o‘zgartiriladigan tezlik hisoblanadi:

Rmanba= Amanba/ t = Ye I t / t = E I

Qabullagich quvvati bu undan qabullagichga elektr energiyasi noelektr energiyaga o‘zgartiriladigan tezlik hisoblanadi:

Riste = A / t = UIt / t =UI = I2R
Istalgan elektr zanjirda energetik muvozanat bajarilishi kerak, barcha manbalar quvvatlarining algebraik yig‘indisi barcha energiya qabullagichlari quvvatlarining arifmetik yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak:

∑ EI =∑I2R

Bu tenglik elektr zanjirdagi quvvat muvozanati deyiladi. Agar EYuK manbaining yo‘nalishi tokning yo‘nalishi bilan mos tushsa, u holda u generator rejimida ishlaydi, ya’ni zanjirga elektr energiyasini beradi. Uning EYuKi musbat ishoraga ega bo‘ladi.Agar EYuK manbaining yo‘nalishi tokning yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lsa, , u holda u iste’molchi rejimida ishlaydi, ya’ni elektr energiyasini iste’mol qiladi. Uning EYuKi manfiy ishoraga ega bo‘ladi. quvvat muvozanati tenglamasida EYuK manbaining ishorasini hisobga olish kerak bo‘ladi.


Download 32.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling