Kimyoviy tizimda oksidlanish-qaytarilish muvozanati va unga ta`sir etuvchi omillar. Nernst tenglamasi. Reja


Download 244.35 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2023
Hajmi244.35 Kb.
#1144274
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Оксидланиш кайтарилиш

Kimyoviy tizimda oksidlanish-qaytarilish muvozanati va unga ta`sir etuvchi omillar. Nernst tenglamasi. Reja:

 

1. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari (O.Q.R.).

2. Redoks juftining standart potensiali va O.Q.R. yo‘nalishi.

3. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining elektr yurituvchi kuchi.

4. O.Q.R. – muvozanat doimiysi.

5. O.Q.R. – yo‘nalishiga ta’sir etuvchi omillar.

6. O.Q.R. –larni kimyoviy taxlilda qo‘llanishi.

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari

  • Analitik kimyoda O.Q.R. keng qo‘llanadi, ulardan birini ko‘rib chiqamiz
  • 2FeCl3 + SnCl2= 2FeCl2 + SnCl4
  • 2Fe3+ + Sn2+ = 2Fe2+ + Sn4+
  • Elektron balans tenglamasiga muofiq
  • 2Fe3+ + 2e → 2Fe2+
  • Sn2+ – 2e → Sn4+
  • Oksidlovchi temir (III) ioni elektron qabul qilib o‘zining qaytarilgan shakli temir (II)gacha qaytarildi. Qaytaruvchi qalay (II) ioni esa ikkita elektron berib qalay (IV) oksidlangan shakligacha oksidlandi (1-rasm).

Muayyan modda (element, ion)ning oksidlangan (elektron bergan) va qaytarilgan (elektron qabul qilgan) shakllaridan iborat juftlik Redoks juft deb ataladi.

  • Muayyan modda (element, ion)ning oksidlangan (elektron bergan) va qaytarilgan (elektron qabul qilgan) shakllaridan iborat juftlik Redoks juft deb ataladi.
  • Xar qanday O.Q.R. –da ikki xil redoks juft ishtirok etadi, mazkur reaksiyada temir (Fe+3/Fe+2) va qalay (Sn4+/Sn2+) redoks juftlari ishtirok etmoqda.
  • Kislota-asoslik muvozanatlarda qo‘rib o‘tilganidek, O.Q.R. –da kuchli oksidlovchi temir (III) va qaytaruvchi qalay (II)dan, nisbatan kuchsiz qaytaruvchi temir (II) va oksidlovchi qalay (IV) xosil bo‘lmoqda.
  • O.Q.R. yo‘nalishi redoks juftlarning fa’olligi ya’ni ularni standart (normal) potensiallariga bog‘liq.

Redoks juftining standart potensiali

  • Muayyan redoks juftning, standart vodorod elektrodga nisbatan, o‘lchangan potensiali redoks juftning standart yoki normal potensiali deb ataladi va volt birligida ifodalanadi. Masalan qalay redoks jufti potensialini o‘lchash uchun Sn4+ va Sn2+ ionlari aralashmasidan iborat eritmaga tushirilgan platina va standart vodorod elektrodi orasidagi potensial millivoltmetrda o‘lchanadi
  • E0 Sn4+/ Sn2+ = 0,15 volt
  • Analitik ma’lumotnomalarda redoks juftlarni standart poten-siallari (E0) keltirilgan bo‘lib, uning algebrik qiymati oshgan sari redoks juftning oksidlovchilik xossasi orta boradi.

Download 244.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling