6- ma’ruza 6-mavzu: To’liq oqim uchun Bernulli tenglamasi. Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. Bernulli tenglamasining texnik masalalarga tadbiqi


Suyuqlik oqimining asosiy xarakteristikasi


Download 40.77 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi40.77 Kb.
#1412738
1   2
Bog'liq
6-maruza (4)

6.3. Suyuqlik oqimining asosiy xarakteristikasi
Suyuqlik oqimini xarakterlovchi asosiy gidravlik elementlari deganda uning quyidagi gidravlik kattaliklari o’rganiladi:
1. Tirik kesim yuzasi;
2. Ho‘llangan perimetr;
3. Gidravlikaviy radius;
4. Suyuqlik sarfi va o‘rtacha tezlik.
Tirik kesim yuzasi deb shunday sirtga aytiladiki, uning har bir nuqtasida oqim chizig‘i normal bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi. Umumiy holda harakat kesimi egri sirt bo‘lib parallel oqimchali harakatlar uchun tekislikning bo‘lagidan iborat (ya’ni tekis sirtdir). Masalan: radial tarqalayotgan suyuqlik oqimi uchun tirik kesim yuzasi sferik sirt bo‘lsa, o’zan va quvurda harakat qilayotgan oqimning tirik kesim yuzasi tekis sirtdir. Suyuqlik oqimining tirik kesim yuzasi ω harfi bilan belgilanadi. Doiraviy kesimli quvurlar uchun suyuqlik oqimining tirik kesim yuzasi quyidagicha aniqlanadi:
ω = πd2/4

Ho‘llangan perimeter deb suyuqlikning idish devoir bilan chegaralangan qismining uzunligiga aytiladi va u λ harfi bilan belgilanib, m larda o’lchanadi. Doiraviy kesimli quvurlar uchun suyuqlikning ho‘llangan perimeteri quyidagicha aniqlanadi:


λ = π d = 2 π r

Gidravlikaviy radius deganda tirik kesim yuzasining ho‘llangan perimetrga nisbati o’rganiladi va u R harfi bilan belgilanadi hamda quyidagi bo’g’lanish asosida topiladi:


R = ω / λ
Suyuqlikning sarflanishi deganda vaqt birligi ichida oqib o’tgan suyuqlik hajmiga aytiladi va Q harfi bilan belgilanadi hamda quyidagi bog’lanish asosida aniqlanadi:
Q = W / t (6.4)
Bu yerda:
Q- suyuqlikning sarflanishi, m3/s;
W- suyuqlikning hajmi, m3;
t- suyuqlikning harakatlanish vaqti, s.
Suyuqlikning o‘rtacha tezligi deganda sarflanish miqdorining tirik kesim yuzasi . olingan nisbati o’rganiladi va u υ harfi bilan belgilanadi hamda quyidagi bog’lanish asosida aniqlanadi:
υ = Q / ω (6.5)

Nazorat savollari:


1. Ideal va real suyuqliklar uchun Bernulli tenglamalarini yozing.
2. Ideal suyuqlik uchun Bernulli tenglamasini ifodolovchi grafikni chizng.
3. Bernulli tenglamasidagi hadlarning geometrik mohiyatini tushuntirib bering.
4. Bernulli tenglamasidagi hadlarning energetik mohiyatini tushuntirib bering.
5. Bernulli tenglamasidagi zi, Pi/γ, Ui2/2g hadlarning umumiy yig‘indisi … deb nomlanadi va u qaysi formula bilan topiladi?
6. Real suyuqlik uchun Bernulli tenglamasini ifodolovchi grafikni chizng.
7. Suyuqlik oqimini xarakterlovchi asosiy gidravlik elementlari deganda nimalar o’rganiladi?
8. Tirik kesim yuzasi deb nimaga aytiladi va qanday aniqlanadi?
9. Ho‘llangan perimetr deb nimaga aytiladi va qanday aniqlanadi?
10. Gidravlikaviy radius deb nimaga aytiladi va qanday aniqlanadi?
.
Download 40.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling