Boshlang‘ich sinflarda perimetr tushunchasini o‘rgatishdagi izchillik norkulova Dilorom Oybekovna
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlang-ich-sinflarda-perimetr-tushunchasini-o-rgatishdagi-izchillik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 13 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA PERIMETR TUSHUNCHASINI O‘RGATISHDAGI IZCHILLIK Norkulova Dilorom Oybekovna BuxDU Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7270518 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda perimetr tushunchasini o‘rgatishdagi izchillik haqida so‘z yuritildi. Buning uchun boshlang‘ich sinf darsliklari asos qilib olindi. Kalit so‘zlar: perimetr, ko‘pburchak, siniq chiziq, nuqta, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat. Boshlang‘ich sinf matematika kursida boshqa tushunchalar qatorida perimetr tushunchasi ham o‘rgatiladi. Bu tushunchalar bilan tanishtirrish o‘quvchilarga nazariy va amaliy jihatdan zarur hisoblanadi. Fan sohasidagi biror masala yoxud misolni hisoblashda perimetr mavzusiga oid tushunchaning qo‘llanishi perimetr tushunchasining nazariy ahamiyatini asoslasa, perimetrtushunchasini kundalik- hayotga tatbiq etish esa bu tushunchalarning amaliy ahamiyatini asoslab beradi. Perimetr tushunchasi boshlang‘ich sinflarda quyidagi izchillikda o‘rgatiladi: a) tayyorgarlik bosqichi. Perimetr tushunchasini kiritish, mazmunini asoslash; b) to‘g‘ri to‘rtburchak perimetri, kvadrat perimetri bilan tanishtirish; c) turli ko‘pburchaklar uchun perimetr tushunchasini umumlashtirish; d) perimetrni o‘lchash, hisoblashga doir amaliy ishlar Birinchi bosqich tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, bu bosqichda o‘quvchilarga perimetr tushunchasining mazmuni ochib beriladi. Perimetr so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, atrofni o‘lchayman degan ma‘noni anglatadi. Anglatayotgan ma‘nosidan anglashilganidek, perimetr tevarak-atrof, predmetlarni umumiy uzunligini topishga xizmat qiladi. Perimetr tushunchasi bilan tanishtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash. 2. Kesma uzunligini chizg‘ich yordamida o‘lchash. 3. Ikkita turli uzunlikdagi kesmani chizish va ularni taqqoslash 4. Chizg‘ich yordamida nuqtalarni ketma-ket birlashtirish 5. Berilgan o‘lchovlarga ko‘ra kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchaklar chizish 6. Shakllar tomonlarining uzunliklarini chizg‘ich yordamida o‘lchash 7. Kesma uzunligini o‘lchash va taqqoslash 8. Kesmalarni qo‘shish va ayirishga oid topshiriqlar bajarish 9. Siniq chiziq uzunligini hisoblash. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling