6 – mavzu: bug‘doy bilan bog‘liq tajriba o‘tkazishning ilmiy asoslari reja


Kuzgi bug‘doyda fenologik kuzatishlar dala tajribasining barcha takrorlanishidagi variantlar olib boriladi


Download 20.82 Kb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi20.82 Kb.
#1761982
1   2   3   4
2. Kuzgi bug‘doyda fenologik kuzatishlar dala tajribasining barcha takrorlanishidagi variantlar olib boriladi.
Boshoqli-don ekinlarining 10%-zi ma‘lum bir rivojlanish davriga kirsa, bu rivojlanish davrining bashlanishi, agardaa ulardan 75%-zi ma‘lum rivojlanish davrida bo‘lsa, o‘simliklar rivojlanish davriga to‘liq kirdi deb xisoblash mumkin.
Boshoqli-dan ekinlarida rivojlanish davrining boshlanishi yoki ular bu davrga to‘liq kirganini aniqlash ishlari quyidagi xisoblash orqali amalga ohirish mumkin: tajriba dalasining (tajribaning maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, albatta) belgilanmagan va tanlanmagan besh nuqtasidan 15 tup olinib, xolati bo‘yicha, rivojlanish davri belgilanadi. Masalan, kuzgi bug‘doyning tuplanish davri boshlanganligini aniqlash uchun tajriba dalasidagi besh nuqtaning xar biridan 15 tup o‘simlik olinib, ularning tuplangan (bug‘doy tuproq ostida tup bo‘g‘ini xosil qilib, tup bo‘g‘indan 2-3 ta maysa (barg) shakllantirgan bo‘lsa, tuplangan xisoblanadi) va tuplanmagan o‘simliklar xisobga olinadi. Aytaylik, tuplagan o‘simlik 1-nuqtada 15 tadan 2 ta, 2-nuqtada 1ta, 3-nuqtada 2ta, 4-nuqtada 2ta, 5-nuqtada 1ta.
Demak, 5 nuqtadagi 75 dona o‘simlikdan 8 donasi tuplangan. Bu esa, o‘rta xisobda bir nuqtada 15 o‘simlikdan 1,6 donasi tuplaganini bildiradi.


Bt

Bunda: Bt – bug‘doy tuplanishi.


Demak, taxlil asosida bu muddat (sana)ni belgilab, bug‘doyda tuplanish davri boshlangan, deb xisoblash mumkin. Bunday xisob-kitolar xar kuni va kunning ma‘lum bir vaqtda o‘simliklar rivojlanish davriga to‘liq kirguniga qadar davom ettiriladi. Bunda:

  1. Kuzgi bug‘doyda tuplanish davrining bohlanishi tuproq ostidagi tuplanish bo‘g‘inidan yon burglar;

  2. Naychalar davri bug‘doyning yon poyasida tuproq yuzasida 1-2 sm balandlikda birinchi poya bo‘gini paydo bo‘lishi;

  3. Boshoqlash davri bug‘doyning onalik murtagidan paydo bo‘lgan boshoqpoya ( naycha) qismi yarmigacha rivojlangan boshoq xolati;

  4. Gullash davri kuzgi bug‘doyning 75% boshoqlarida otalik changchilari tashqi tomondan ko‘zga tashlanishi bilan belgilanadi. Masalan ; 1m 2 da 300 dona boshoq mavjud bo‘lib, shundan 225 donasida otalik changchilari ko‘zga tashlansa, kuzgi bug‘doyni gullash davrida deb xisoblash mumkin.

Ma‘lumki, bug‘doyning pishish davri uchga – sut pishish, mum pishish, to‘liq pishish davrlariga bo‘linadi;

  • Sut pishish davrida bug‘doy donlari boshoqda endigina paydo bo‘lgan, yashil rang olib, ,,sutga‘‘ to‘lgan bo‘ladi;

  • Mum pishish davrida boshoqdagi don tirnoq orqali bosib ko‘rilganda kesiladi, poyasi xamon yashil rangda bo‘ladi;

  • To‘liq pishish davrida boshoqdagi don qotib, qattiqlashadi va butunlay sariq rangga kiradi.


Download 20.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling