6- mavzu: Krivaship shatun mexanizmini tuzilishi va vazifasi. Reja
Download 1.57 Mb.
|
1 2
Bog'liq6 mavzu
. SHATUNLAR VA TIRSAKLI VAL
Shatun porshenni tirsakli val bilan birlashtiradi (2.5-chizma). U quyidiigi qismlardan, ya'ni yuqorigi kallak (5), ko'ndalang kesimi qo'shtavr bo'lgan o'zak (6) (sterjen), tirsakli valning shatun bo'yniga ma hkamlanuvchi, ajraladigan pastki kallaklardan iborat. Shatun va lining qopqog'i (1) legirlangan yoki uglerodli po'latlardan tayyorlanadi. Shatunning yuqorigi kallagiga, qalayli bronzadan tayyorlangan, bitta yoki ikkita vtulka (4) tig'izlik hisobiga o'tkazilgan, pastki kallagiga esa yupqa devorli po'lat ichqo'yrnalar (8) quyilgan bo'lib, ularning ichki yuzalari yeyilishga chidamli qotishmalar bilan qoplangan. Qopqoqqa (1) shatun bilan yig'ilgan holda ishlov beriladi va ularga silindrning tartib raqami yozib qo'yiladi. Pastki kallakning kengligi, shatunni porshen bilan birgalikda silindrning yuqori tomonidan sug'urib olishga imkon beradigan darajada tayyorlanadi. Shatunning pastki kallagi (3) va qopqog'i (1) ikkita bolt (7) yoki shpilka yorda-mida biriktiriladi. Bolt kallagi ostiga maxsus chiqiqli shayba qo'yiladi, gayka esa bolt yoki shpilka rezbasidan bir oz farq qiladigan rezbaga ega, natijada gayka o'z-o'zidan bo'shab ketmaydigan bo'lib qotadi. Ayrim eski konstruksiyali dvigatellarda gaykalar shplintlab qo'yilgan. KaMA3-740 dvigatelining ichqo'ymalari po'lat lentadan tayyorlangan bo'lib, u qo'r-g'oshinli bronza qatlami va qo'rg'oshin qotishmasining yupqa qatlami bilan qoplangan. 3M3-24, 3M3-53, 3HJ1-130 dvigatella-rining shatun podshipniklari ichqo'ymalari po'lat-aluminiy lentadan, ishqalanishga chidamli qatlami esa AMO-1-20 rusumli alumi-niy qotishmasidan tayyorlangan. Shatunning pastki kallagida aylanib ket-masligi uchun ichqo'ymalarda alohida chi-qiqlar (2) bo'lib, ular shatun va qopqoqdagi frezalangan o'yiqchalarga joylashadi. Tirsakli val porshenlardan shatun orqali uzatiladigan kuchlarni qabul qiladi va ulardan aylantiruvchi lahza hosil bo'ladi. U o'zak va shatun bo'yinlaridan, ularni birlashtiruvchi jag'lardan, maxovik mahkamlana-digan flanesdan va yurgazish dastagining xrapovigi o'rnatiladigan teshigi bo'lgan turum (nosok) dan iborat (2.6.-chizma). Shatun bo'yni jag'lar bilan birgalikda val tirsagini (krivoshipni) hosil qiladi. Valda tirsaklar joylashuvi ish yo'lining galma-galligini bir tekis amalga oshishini ta'minlaydi. Tirsakli val po'latlardan shtamplash usuli bilan yoki magniyli cho'yanlardan (3M3-24, 3M3-53) quyish usuli bilan olinadi. Po'latdan tayyorlangan vallar, bo'yin va jag'larining o'lchamlari bir xil bo'lgan, xuddi shunday cho'yan vallardan mustahkamligi bilan ajralib turadi. Quyib tayyorlangan vallarning afzalliklari haqida gapirganda, uning nisbatan arzonligini, kam metall sarflanishini, mexanik ishlov berish jarayonining qisqarishini hamda krivoshipning alohida clementlariga, masalan, shatun va o'zak bo'yinlarini ichki bo'shlig'iga oqilona (optimal) shakl berish imkoniyatlari mavjudligini aytib o'tish mum kin. Quyish usuli bilan valning barcha bo'yinlari ichi kovak qilib tayyorlanadi. Po'latdan tayyorlangan tirsakli valning bo'yinlari yuqori chastotali tok bilan toblanadi. Tirsakli valning barcha bo'yinlari katta e'tibor bilan jilvirlanadi va yaltiratiladi. Bo'yinlar va jag'lar lulashgan qism esa silliqlanadi (gaitellanadi). Shatun bo'yinlarining miqdori silindrlari bir qalor joylashgan dvigatellardasilindrlar soniga tengbo'lsa, V simon dvi|',alcllaicla silindrlar sonidan ikki marta kichik bo'ladi. Chunki har bir shalun bo'yniga ikki-tadan shatun o'rnatiladi. O'zak bo'yinlarining miqdori silindrlari bir qalor joylashgan to'rt silindrli dvigatellarda uch yoki beshtaga, olli silindrlida to'rt yoki yettitaga, V simon sakkiz silindrli dvigatckla Ix'slilac.a long bo'ladi Agar shatun bo'ynining ikki tomonida ham o'zak bo'yni joylashgan ho'lsa, bunday vallar to'la tayanchli tirsakli vallar deb ataladi. To'la layanchli val ( 3M3-24, 3M3-53, 3HJI-130, KaMA3-740) kam egiladi, shu bois podshipniklarning ishlash sharoiti yaxshilanadi hamda xizmat muddati ortadi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida tirsakli valning aylanish chas-totasi 3000 - 4000 rahr1 (yuk avtomobillarida) va 4500 - 6000 min-1 (yengil avtomobillarda) bo'ladi. Shuning uchun shatun bo'yinlariga, jag'larga va shatunning pastki kallagiga ta'sir etuvchi katta miqdordagi inersiya kuchlari hosil bo'ladi. Bu kuchlar podshipniklarga ta'sir etib, ularning yeyilishini tezlashtiradi. O'zak podshipniklarini markazdan qochma kuchlar ta'siridan bo'shatish uchun tirsakli valning shatun bo'yinlari qarshisidagi jag'larda joylashgan posangilar (7) (2.2-chizmaga qarang) xizmat qiladi. V simon sakkiz silindrli 'MJI HO dvigatelining tirsakli vali: Valning o'zak va shatun bo'yinlari bir-biri bilan o'zak podshipnik-laridan shatun podshipniklariga moy yuborish uchun xizmat qiluvchi jag'larni parmalab ochilgan qiya kanallar orqali tutashadi. Shatun bo'yinlarining ichi kovak bo'ladi yoki bo'lmasa ularni parmalab bo'shliq-kirtutgich hosil qilinadi. Moydagi og'ir zarrachalar va yeyilishdan hosil bo'lgan qurumlar markazdan qochma kuch ta'sirida moydan ajralib, kirtutgich devorlariga yopishib qoladi. Dvigatel qismlarga ajratilganda tiqin (6) sug'urib olinib, kirtutgich tozalanadi. Tirsakli val issiqlikdan erkin kengayishi uchun (karterga nisbatan) uning o'q bo'ylab siljishi nazarda tutiladi. Bu siljishni chegaralash uchun po'lat tirak shayba (16) (2.2-chizmaga qarang) va oldingi o'zak podshipnigining ikki tomoniga joylashtirilgan, bir yoniga babbit yoki COC-6-6 qotishmasi qoplangan po'lat shaybalar (17) ishlatiladi. O'zak podshipniklari ichqo'ymalarining konstruksiyalari (2) ham xuddi shatun podshipniklari ichqo'ymalariga o'xshash bo'ladi. Yuqorigi ichqo'yma karterning yuqori qismidagi taglikka, pastki ichqo'yma esa o'zak podshipnigining qopqog'iga (5, 9, 11) o'rnatiladi. O'zak podshipniklari qopqoqlari silindrlar bloki bilan birgalikda yo'naladi. Shuning uchun dvigatelni yig'ish paytida ular faqat o'z joyiga, holatini o'/.gartirmasdan mahkamlanadi. Karterdan moy chiqib ketmasligi uchun tirsakli valning old va orqa tomonlarida moy qaytargich va salniklar (7) (2.1-chizmaga qarang) o'rnatttgan. Moy qaytargichlar tirsakli val bilan yaxlit holda yoki alohida i\etal ko'rinishida tayyorlanadi. Masalan, 3HJ1-130 dvigatelida lirsakli vah\\ng old qismiga rezina salnik o'rnatilgan, orqa qismi esa ketingi o'zak podshipnigi (moy to'kish uchun teshigi bo'lgan) ichqo'y-masida joylashgan drenaj ariqchaga (28) (2.2-chizmaga qarang), moy tashlovchi taroqqa (27), moy haydovchi spiralsimon ariqchaga (26), asbestga to'ldirilgan salnikka (25) va orqa o'zak podshipnigi qopqog'i (5) os'tidagi rezina zichlagichlarga ega. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling