6- mavzu: Mantiq. Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


А Е В С Д 4-surat


Download 231.89 Kb.
bet10/30
Sana21.04.2023
Hajmi231.89 Kb.
#1375253
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
MANTIQ.

А

Е



В

С


Д

4-surat
b) qarama-qarshilik (kontrar) munosabati – mazmun jihatidan bir-biriga qarama-qarshi, ammo ikkalasi ham ayni bir jins tushuncha hajmiga kiradigan ikki tushuncha o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Masalan: «oq» va «qora» tushunchalari o‘rtasida qarama-qarshilik munosabati mavjud bo‘lib, bular uchun umumiy jins tushuncha «rang» tushunchasidir (5-surat).

С



А

В


5-surat

v) zidlik (kontradiktor) munosabati – ikki tushuncha o‘rtasida mavjud bo‘lib, ulardan biri ikkinchisini inkor etadi, ammo inkor qiluvchi tushunchaning ma’nosi noma’lum bo‘lib qoladi. Masalan: qora rang (A) va qora emas rang (A emas) tushunchalari (6-surat).



С
А Ā




6-surat
Tushunchalar ustida turli mantiqiy amallar mavjuddir: tushunchani ta’riflash, bo‘lish, umumlashtirish, chegaralash, sinflar ustida mantiqiy amallar. Tafakkurning ikkinchi mantiqiy shakli hukm yoki mulohazadir.
Hukm – predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida hukmlar hosil qilamiz. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi. Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo‘ladi.
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlardir.
Hukm deb buyum va hodisada biror belgi mavjudligini tasdiqlovchi yoki mavjud emasligini inkor etuvchi tafakkur shakliga aytiladi.
Hukm tafakkurning tushunchadan keyingi ikkinchi mantiqiy shaklidir. Har bir hukm tushunchalar orqali hosil bo‘ladi.
Hukmning mantiqiy tarkibini uch qism tashkil etadi:
1. Sub’ekt. 2. Predikat. 3. Bog‘lovchi.
Sub’ekt (lot. subjectum – mantiqiy ega) deb hukmda fikr yuritilayotgan buyum yoki hodisa to‘g‘risidagi fikrga aytiladi. Sub’ekt lotincha subjectum so‘zining bosh harfi S bilan belgilanadi.
Predikat deb buyum va hodisadagi belgi, xususiyat va aloqa to‘g‘risidagi fikrga aytiladi. U lotincha praedicatum (mantiqiy kesim) so‘zining bosh harfi R bilan belgilanadi.
Bog‘lovchi sub’ekt bilan predikatni bir-biri bilan bog‘lab turishga xizmat qiladi. Bog‘lovchi og‘zaki nutqda sukut (pauza), intonatsiya, yozma nutqda esa -dir, emas qo‘shimchalari, ba’zan esa tire (–) orqali ifodalanadi. Masalan: «tarix fandir» degan hukmda tarix – sub’ekt, fan – predikat, - dir esa bog‘lovchidir. Formulasi: S-P dir. Inkor shaklida S-P emas bo‘ladi. Masalan: Ahmedov a’lochi emas.
Hukmning sub’ekti va predikati uning terminlari deyiladi. Har qanday sodda va yakka hukmda ikkita termin (sub’ekt va predikat) mavjuddir. Bog‘lovchi termin tarkibiga kirmaydi.

Download 231.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling