6- mavzu: Mantiq. Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


Download 231.89 Kb.
bet14/30
Sana21.04.2023
Hajmi231.89 Kb.
#1375253
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
MANTIQ.

Problematik hukmlar buyum-hodisalar va ular orasidagi belgini aks ettiradi. Bunda hali xulosa tajribada to‘liq tekshirilmagan va hodisaning natijasi ham to‘liq tekshirilmagan bo‘ladi. Masalan: Karim, ehtimol, kasallik natijasida darsga kelmagandir. S, ehtimol, P emas. Bu she’rni, balki, Muqimiy yozgandir. S, balki, P dir.
Ishonchli hukmlar buyum va hodisalarga ma’lum belgi xosligi yoki xos emasligini ifodalaydi. Masalan: Adabiyot san’at turidir. S-P dir. Zarafshon daryosi Kaspiy dengiziga quyilgan emas. S-P emas.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan hukmlar sodda (oddiy) hukmlardir. Sodda hukmlardan tashqari yana murakkab hukmlar ham mavjuddir.
Murakkab hukmlar sodda hukmlarning turli bog‘lovchilar yordamida qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Mantiqiy munosabatlariga ko‘ra murakkab hukmlar uch xil bo‘ladi:
1. Qo‘shuvchi hukmlar.
2. Shartli hukmlar.
3. Ayiruvchi hukmlar.
Qo‘shuvchi hukmlar ikki yoki undan ortiq sodda hukmlarning «va», «ham», «hamda» bog‘lovchilari yordamida qo‘shiluvidan hosil bo‘ladi. Ular kon’yunktiv hukmlar deb nomlanadi va matematik (simvolik) mantiqda kon’yunksiya belgisi ^ bilan ifodalanadi. A^V, Masalan: Bahor keldi va tabiat ko‘m-ko‘k libosga burkandi. S-P va S1-P1 dir. Ochko‘zning qorni to‘ymas, qorni to‘ysa ham, ko‘zi to‘ymas. S-P emas, S-P bo‘lsa ham, S-P1 emas.
Shartli hukmlar sub’ekt bilan predikat orasidagi aloqadorlikni biror shartga ko‘ra muqarrar qilishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: Agar pechka yoqilsa, uy issiq bo‘ladi. Agar S-P bo‘lsa, unda S1-P1 dir. Shartli hukmlar implikativ hukmlar deb nomlanadi va implikatsiya belgisi → bilan belgilanadi: A→ V.
Ayiruvchi hukmlar bir necha buyum va hodisalarning belgilaridan ma’lum birining predikatga taalluqligini ko‘rsatadi. U diz’yunktiv hukmlar deb nomlanadi va diz’yunsiya belgisi V bilan belgilanadi. AVV. Masalan: talaba imtihonda yo a’lo, yo yaxshi, yo qoniqarli, yo qoniqarsiz baho oladi. S-yo P, yo P1, yo P2, yo P3 dir.

Download 231.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling