6- mavzu: Mantiq. Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


Download 231.89 Kb.
bet19/30
Sana21.04.2023
Hajmi231.89 Kb.
#1375253
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
MANTIQ.

To‘liq induksiya shunday xulosa chiqarishdirki, unda ma’lum sinfga taalluqli hodisalardagi belgi va xususiyatlarning takrorlanishidan bu belgi va xususiyatlar barcha sinfga xosligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
To‘liq induksiya yopiq, cheklangan guruhdagi kam sonli hodisalarni tekshirishda qo‘llaniladi. Bunda xulosa yakunlangan, natija to‘liq bo‘ladi. Masalan: Quyosh sistemasidagi planetalar miqdori, uchburchaklarning xillari, dunyodagi davlatlar soni, ma’lum territoriyadagi sanoat korxonalari miqdori va hokazo. Masalan:
Rossiya Federatsiyasi o‘z konstitutsiyasiga ega.
Belorussiya o‘z konstitutsiyasiga ega.
Ukraina o‘z konstitutsiyasiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z konstitutsiyasiga ega.
Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Ukraina va O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatlardir.
Demak, barcha mustaqil davlatlar o‘z konstitutsiyalariga egadir.
To‘liqsiz induksiya miqdor jihatidan ko‘proq, hajm jihatidan kengroq bo‘lgan hodisalarni tekshirishga tatbiq etiladi. Bunda xulosa to‘liq yakunlanmagan bo‘ladi.
To‘liqsiz induksiyada sinfga oid ayrim hodisalar va ularning xossa- xususiyatlarini o‘rganib, ular qolgan boshqa hodisalarga ham hosdir, degan umumiy xulosa chiqariladi.
To‘liqsiz induksiya ko‘pincha tanlab olish metodi orqali sodir bo‘ladi.
Tanlab olish usuli jihatidan to‘liqsiz induksiya ikki turga bo‘linadi: a) oddiy sanash induksiyasi (enumerativ induksiya yoki ommaviy induksiya), b) istisno qilish yo‘li bilan hosil qilingan (eliminativ) yoki ilmiy induksiya.
Ommaviy induksiya bir-biriga o‘xshash hodisa qayta-qayta takrorlansa, u hamma vaqt shu tarzda hosil bo‘ladi, degan xulosaga asoslanadi. Masalan: ba’zan kun botgandan so‘ng osmonda qizil shafaq hosil bo‘ladi. Bundan ertaga shamol esishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Ilmiy induksiya jarayonida kuzatilgan fakt va hodisalar chuqur, har tomonlama tekshiriladi, tahlil qilinadi. Tasodifiy, ikkinchi darajali, nomuhim, nozaruriy belgilar, aloqalar tashlanib, zaruriy, eng muhim, barqaror belgilar, aloqalar e’tiborga olinadi. Voqea-hodisalarning ichki sababiyatlari, qonuniyatlari, mohiyati ochiladi. Shu orqali ilmiy nazariyalar vujudga keladi.

Download 231.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling