6 -mavzu: tarmoqli grafiklar tuzish


To‘rsimon grafiklarning elementlari va ularni tuzish qoidalari


Download 85 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1594208
1   2   3
Bog'liq
2-Amaliy

To‘rsimon grafiklarning elementlari va ularni tuzish qoidalari
«Voqea» - bir yoki bir necha ishning sodir etilganligini va navbatdagi ishlarni shu onda boshlash mumkinligini ko‘rsatuvchi belgi. U taqvimiy rejada aylana ko‘rinishidagi belgi yordamida aks ettiriladi:

Voqea vaqt ham, mehnat resurslarini ham talab qilmaydi. U tartib raqami yordamida nomlanadi. To‘rsimon taqvimiy rejada strelka kirmagan voqea «boshlang‘ich voqea», strelka chiqmagani esa «so‘nggi voqea» deyiladi.
«Ish» - ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, u vaqt va mehnat resurslarini talab qiladi. Ish to‘rsimon taqvimiy rejada strelkali uzluksiz chiziq yordamida ko‘rsatiladi:

To‘rsimon taqvimiy rejada ishlar bajarilishi va ko‘rilishi tartibi bo‘yicha quyidagicha nomlanadi:

i-j - «ko‘rilayotgan ish»;
h-i - «oldingi ish»;
j-k - «keyingi ish».
Ishlarning nomi to‘g‘ri chiziqning ustiga, davomiyligi, ishchilar va smenalar soni chiziq ostiga yoziladi.

Ishlar oldingi va keyingi «voqea»larning tartib raqami bilan shifrlanadi. Masalan: «7-8», «10-11» va h.k.

«Bog‘liqlik» (yoki mavhum ish) – bajariladigan ishlarning o‘zaro tashkiliy-texnologik bog‘liqligini ko‘rsatadi. U vaqt ham, mehnat resurslarini ham talab qilmaydi. Bog‘liqlik to‘rsimon taqvimiy rejada uzlukli strelkali chiziq yordamida ko‘rsatiladi.
«Kutish» - mehnat resurslarini talab qilmaydigan, faqat vaqt talab qiladigan jarayon bo‘lib, u to‘rsimon taqvimiy rejada «ish» singari uzluksiz strelkali chiziq bilan aks ettiriladi. «Kutish» mazmunan ketma-ket bajariladigan ishlar oralig‘idagi texnologik yoki tashkiliy tanaffusdan iborat:

«Yo‘l» - to‘rsimon taqvimiy rejada uzluksiz bajariladigan ishlar ketma-ketligidan tashkil topadi. Uning uzunligi unga kiruvchi ishlar davomiyliklarining yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Boshlang‘ich voqeadan so‘nggi voqeagacha bo‘lgan yo‘l to‘la yo‘l deb ataladi. Bitta to‘rsimon taqvimiy rejada to‘la yo‘l bir nechta ham bo‘lishi mumkin. To‘la yo‘llar orasida eng katta davomiylikka ega bo‘lgani «kritik yo‘l» deyiladi. Kritik yo‘lning uzunligi qurilishning davomiyligini, ya’ni muddatini ko‘rsatadi.
To‘rsimon taqvimiy rejani imkoniyat darajasida sodda, tushunarli va aniq qilib tuzish kerak. Buning uchun quyidagi talab va qoidalarga rioya qilish zarur:
- to‘rsimon taqvimiy rejada strelkalar chapdan-o‘ngga yo‘nalgan bo‘lishi kerak;
- to‘rsimon taqvimiy reja shaklan sodda, ko‘pchilik ishlar gorizontal chiziqlar bilan ko‘rsatilishi, bunda iloji boricha chiziqlar o‘zaro kesishmasligi kerak;
- har xil ishlar bir xil kod (shifr)ga ega bo‘lmasligi zarur, bunday hollarga yo‘l qo‘ymaslik uchun parallel bajariladigan ishlarni taqvimiy rejaga tushirishda qo‘shimcha voqea va bog‘liqliklar kiritishga to‘g‘ri keladi:

a) noto‘g‘ri tasvir


b) to‘g‘ri tasvir
- agar biror ishni boshqa ish qisman bajarilgandan so‘ng boshlash zarur bo‘lsa, u holda bu ishni alohida mustaqil ishlarga ajratish kerak:


a) noto‘g‘ri tasvir


b) to‘g‘ri tasvir

- ishlarning o‘zaro texnologik yoki tashkiliy bog‘liqligini ko‘rsatish uchun to‘rsimon taqvimiy rejaga albatta «mavhum ish» (bog‘liqlik) kiritish zarur:



a)noto‘g‘ri tasvir

b) to‘g‘ri tasvir
- to‘rsimon taqvimiy rejani tuzishda qurilish oqimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, buning uchun esa ish frontlarini zaxvatkalar, yaruslar va bo‘linmalarga bo‘lib ishlarning o‘zaro bog‘liqligini va ketma-ketligini to‘g‘ri aniqlagan holda to‘rsimon kalendar rejani tuzish kerak:
- to‘rsimon taqvimiy rejada ayrim ishlarni biriktirish, umumlashtirish zaruriyati tug‘ilsa quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
a) to‘rsimon taqvimiy rejada faqat bitta qurilish zvenosi yoki brigadasi tomonidan bajariladigan ishlarnigina biriktirish, umumlashtirish mumkin;
b) agar ishlar guruhi bitta boshlang‘ich va bitta oxirgi voqelikka ega bo‘lsagina, bunday ishlarni umumlashtirib bitta ish ko‘rinishida tasvirlash mumkin:

a) umumlashtirishdan oldingi tasvir

b) umumlashtirishdan keyingi tasvir
v) umumlashtirilgan to‘rsimon taqvimiy rejaga yangitdan (qo‘shimcha) voqea kiritish mumkin emas;
g) voqealarning tartib raqamini (kodini) umumlashtirmasdan oldin qanday bo‘lsa, shundayligicha qolishi kerak;
- to‘rsimon rejalarda boshi berk ish (tupiklar), ya’ni strelka chiqmaydigan voqealar bo‘lmasligi kerak (to‘rsimon kalendar rejadagi so‘nggi voqelik bundan mustasno);
- to‘rsimon taqvimiy rejalarda «ortiq»lar, ya’ni strelka kirmaydigan voqealar bo‘lmasligi kerak (to‘rsimon taqvimiy rejadagi boshlang‘ich voqelik bundan mustasno):
- to‘rsimon taqvimiy rejalarda strelkalarning orqaga qaytishiga yoki yopiq kontur hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi:


a) yopiq konturli noto‘g‘ri tasvir

b) yopiq konturli to‘g‘ri tasvir

- voqealarning tartib raqamini qo‘yish «chapdan-o‘ngga» «yuqoridan-pastga» tartibda amalga oshiriladi.


To‘rsimon taqvimiy rejani tuzish uchun avvalo qurilish-montaj ishlarining nomlari va hajmi aniqlanib to‘rsimon taqvimiy reja tuzish jadvali to‘ldiriladi:

To‘rsimon taqvimiy reja va uning ko‘rsatkichlarini hisoblashning quyidagi 3 xil usuli mavjud:


1. Bo‘lmalar (sektor) usuli;
2. Potensiallar usuli;
3. Jadval usuli.
To‘rsimon taqvimiy rejalarni hisoblashda eng qulay va sodda usul-bo‘lmalar usuli hisoblanadi. Jadval usulida hisoblash nisbatan qiyinroq bo‘lib u ko‘p vaqt talab qilishi bilan birgalikda hisoblashlar paytida chalkashib ketish va noaniqliklarga yo‘l qo‘yish ehtimolligini oshiradi. SHuning uchun to‘rsimon taqvimiy rejalarni jadval usulida hisoblashda kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
YUqorida aytilganidek, bo‘lmalar usuli to‘rsimon kalendar rejani hisoblashning eng qulay usuli hisoblanadi. Bunda hisoblashlar bevosita to‘rsimon taqvimiy rejaning o‘zida amalga oshiriladi.
To‘rsimon taqvimiy rejani bo‘lmalar usulida hisoblash uchun har bir voqelik 4 ta bo‘lmalarga bo‘linadi va bu bo‘lmalarga quyidagi belgilashlarga muvofiq uning ko‘rsatkichlari yoziladi:

Hisoblash ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1.To‘rsimon taqvimiy rejadagi barcha voqealar bo‘lmalarga bo‘lib chiqilgach, uning yuqori bo‘lmasiga «chapdan-o‘ngga», «yuqoridan-pastga» yo‘nalishga amal qilgan holda ularning tartib raqami yoziladi.
2. Boshlang‘ich voqelikning chap bo‘lmasiga «0» soni qo‘yiladi. So‘ngra to‘rsimon taqvimiy rejaning boshidan boshlab so‘nggi voqeagacha ularning chap bo‘lmalariga oldingi ishlarning hisoblab topilgan eng katta erta tugash vaqtii yoziladi. So‘nggi voqeaning o‘ng bo‘lmasiga uning chap bo‘lmasidagi qiymat ko‘chirib yoziladi. CHunki u o‘z navbatida oxirgi ishning kech tugashi hisoblanadi.
3. Agar voqea bir nechta oldingi ishlarga tegishli bo‘lsa, uning pastki bo‘lmasiga erta tugashi eng katta bo‘lgan oldingi ish boshlang‘ich voqeasining tartib raqami qo‘yiladi.
4. Voqeaning o‘ng bo‘lmasi to‘rsimon taqvimiy reja oxiridan bosh voqeaga tomon tartib bilan to‘ldirib boriladi. Uning qiymati shu voqeadan boshlanadigan keyingi ishlarning eng kichik kech boshlanishiga teng bo‘ladi.
5. Ishlarning vaqt bo‘yicha zahiralari (5) va (6) formulalar yordamida hisoblab topilib tegishli ishlarning ostiga yozib qo‘yiladi.
6. To‘rsimon taqvimiy rejada umumiy va xususiy vaqt zahiralariga ega bo‘lmagan, ya’ni ularning qiymati «0» ga teng bo‘lgan ishlar aniqlanib, ular orqali o‘tuvchi kritik yo‘l belgilanadi. Kritik yo‘lning uzunligi qurilish davomiyligini ko‘rsatadi.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling