Mavzu. Transport masalasining yechishning potensiallar usuli


Download 0.63 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1603839
  1   2   3
Bog'liq
15-mavzu


15 - LABORATORIYA MASHG’ULOT.


MAVZU. TRANSPORT MASALASINING YECHISHNING
POTENSIALLAR USULI
O`quv mashg’ulotining maqsadi:Trаnspоrt mаsаlаsi, taqribiy yechim,matematik model, shimoliy-g’arb burchak usuli, Potensiallar usulini o‘rganish .
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
1. Nazariy qismdan transport masalasining yechishning potensiallar usuli bilan tanishib chiqing.
2. Variant bo‘yicha olgan masalani potensiallar usuli bilan yeching.
3. C++ dasturlash muhitida tuzilgan dasturni kiriting va natija oling.
4. Berilgan masalani Mathcad dasturida hisoblang.
5. Bajarilgan laboratoriya ishi hisobotini tayyorlang.
Nazariy qismi:

Faraz qilaylik, bir necha ishlab chiqarish korxonalarda bir xil mahsulot zaxiralari mavjud. Ularni iste’molchilarga yetkazib berish zarur. Har bir ishlab chiqarish korxonasi taklif qiladigan mahsulotlarni hajmi, iste’molchilarning talablari hajmi, har bir ishlab chiqaruvchidan har bir iste’molchiga bir birlik mahsulot tashish uchun sarflanadigan transport xarajatlari ma’lum.


Ta’minotchilar (ishlab chiqaruvchilar) va iste’molchilar orasida shunday optimal xo‘jalik aloqalarni aniqlash kerakki, natijada iste’molchilarning mahsulotlarga bo‘lgan talabi ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatiga qarab qondirilsin va mahsulotlarni tashishga sarflanadigan transport xarajatlari eng kam bo‘lsin.
Yuqoridagi masalani yechilishida transport modelidan foydalaniladi.

Boshqa chiziqli dasturlash masalalari singari transport masalasini yechish jarayoni boshlang’ich tayanch rejasini topish bilan boshlanadi. Transport masalasining boshlang’ich rejasini topish usullari ko‘p bo‘lib, quyida «shimoli-g’arbiy burchak» usuli va «minimal xarajat» usuli bilan tanishamiz.
Transport masalasini matematik modelini tuzish uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
i -ishlab chiqaruvchi (ta’minotchi) korxonalari nomeri, ;
j -iste’molchi nomeri, ;
- i-ta’minotchi punktidagi mahsulot (yuk) zaxirasi;
- j-iste’mol punktidagi mahsulot (yuk) ga bo‘lgan talab hajmi;
- i-ishlab chiqarish korxonasidan j-iste’mol punktiga bir birlik mahsulot (yuk) ni tashish uchun ketgan transport xarajatlar;
- i-ishlab chiqarish korxonasidan j-iste’mol punktiga tashilishi kerak bo‘lgan mahsulot (yuk) ning izlanayotgan hajmi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling