6 -mavzu: tarmoqli grafiklar tuzish
Download 85 Kb.
|
2-Amaliy
6 -MAVZU:TARMOQLI GRAFIKLAR TUZISH Qurilishni tashkil qilishda taqvimiy rejalashtirishning ahamiyati juda katta. Chunki har bir qurilish-montaj ishlari oldindan rejalashtirilgan hajmda va kunda belgilangan ishchilar tomonidan bajarilgandagina bino va inshootlarni o‘z vaqtida sifatli qilib qurib foydalanishga topshirish va mahsulot tannarxini pasaytirishga erishish mumkin. Aks holda qurilish jarayonida favqulodda tashkiliy tanaffuslar qilishga, ko‘zda tutilmagan ayrim sarf-harajatlar qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu esa qurilish muddatini, qurilish mahsuloti sifatini va uning tannarxini nazorat qilish imkoniyatini bermaydi, hamda rejada ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishishni xavf ostida qoldiradi. Qurilishda bunday holning yuzaga kelmasligi uchun taqvimiy rejalar tuziladi va qurilish ishlab chiqarishi unga muvofiq olib boriladi. Taqvimiy rejalar yuqorida aytib o‘tilganidek 3 xil: chiziqli, siklogramma va to‘rsimon grafiklar ko‘rinishida bo‘ladi. To‘rsimon taqvimiy reja chiziqli taqvimiy rejadan o‘zining quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi: - to‘rsimon kalendar rejada qurilish-montaj ishlarining tashkiliy-texnologik bog‘liqligi va ketma-ketligi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi; - to‘rsimon kalendar rejada qurilish muddatini belgilab beruvchi asosiy ishlar aniq ko‘rinib turadi; - to‘rsimon kalendar rejaga muvofiq hohlagan paytda qurilishning necha kunga ilgarilab yoki aksincha ortda qolayotganligini aniqlash mumkin; -to‘rsimon kalendar rejada har bir ishning vaqt zahirasini, ya’ni bu ishni necha kun erta yoki kech boshlab tugatish mumkinligin aks ettirish imkoniyati bor; - to‘rsimon kalendar reja qurilish-montaj ishlarining bajarilishini rejalashtirishda, uning ko‘rsatkichlarini hisoblashda kompyuterlarni qo‘llash imkonini beradi va h.k. To‘rsimon taqvimiy rejalarning ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, uning ilgarigi sotsialistik ishlab chiqarish davrida ham, bugungi kunda ham juda kam qo‘llanilayotganini eslatib o‘tish lozim. Sobiq Ittifoq davrida rejalar faqat son ortidan quvib sifatni esdan chiqarish yo‘li bilan bajarilgani sir emas. SHuning uchun to‘rsimon taqvimiy rejalarga doimo o‘zgartirish kiritish, uni korrektirovka qilish lozim bo‘lgan. Bu o‘z navbatida uni ishlab chiqarish uchun qo‘llash imkoniyatini birmuncha chegaralab qo‘ygan. Rejalashtirishning bu turi dastlab 1956 yilda AQSHda paydo bo‘ldi. Biroz keyin, ya’ni 1958 yilda bu mamlakatning harbiy qo‘mondonligiga qarashli maxsus loyihalash boshqarmasida to‘rsimon reja asosida PERT tizimi ishlab chiqildi. U «Polyaris» nomli raketa kompleks qurilishi loyihasini tuzish va tashkil qilishda qo‘llanildi. Bu to‘rsimon reja hajm jihatidan nihoyatda ulkan bo‘lib 100 mingta «voqeani» o‘z ichiga olgan edi. Mutaxasislarning fikricha, mazkur rejalashtirish kompleks qurilishini muddatidan ikki yil oldin qurib bitkazilishiga va sarflangan kapital sarmoyalarning samaradorligini birmuncha oshirilishiga imkoniyat yaratgan. SHundan so‘ng AQSHda ham, qator rivojlangan mamlakatlardagi yirik qurilishlarda ham to‘rsimon taqvimiy rejalar keng qo‘llanila boshlandi. Bizning respublikamizda esa ular faqat 70 - yillarning o‘rtalarida ishlab chiqarishga kirib keldi. Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling