6-sinf. Ona tili. II variant
1. Oddiy darajadagi sifatlar qaysi qatorda berilgan? a) go’zal, odobli b) silliqroq, baxtliroq
s) ko’m-ko’k, oppoq d) eng katta, g’oyatda qo’rqinchli
2. Qaysi qatordagi sifat otlashgan? a) Yo’llarimda zangori ko’llar, oyna kabi tiniq . b) Chumchuqlar ham nima shirin bilishadi. s) Sinfimizda a’lochi o’quvchilar soni tobora ortib bormoqda.
d) Keksalar katta hayotiy tajribaga ega bo’ladilar.
3. Sifat turkumiga oid so’zlar qaysi qatorda berilgan? a) o’qigan, esayotgan b) so’nmas, oqar
s) birinchi, ishchi d) mayin, yoqimli
4. Qaysi qatorda sifat otga ko’chgan? a) Terimchilar ashula boshladilar b) Yaxshining so’zi qaymoq, yomonning so’zi to’qmoq s) –Tez orada tuzalib ketasiz, - dedi shifokor d) Havo ochiq, diling yayraydi
5 .Qaysi qatorda juft sifatlar imlo qoidasiga ko’ra to’g’ri yozilgan?
a) kattayu-kichik b) balandu-past s) oqu-qora d) yaxshi-yu yomon
6. Qaysi so’zlar xususiyat bildiruvchi sifatlar hisoblanadi?
a) andishali, sho’x b) pushti, qirmizi s) mazali, yumaloq d) xushbo’y ,muattar
7.Kasr son qo’llangan qatorni belgilang. a) Ikki hovli qo’shib yuborilgan b) ... qizarib, bo’zarib, ketmondek oyning yarmi ko’rinadi s) ... to’rt-beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi
d) Novvoyxonadan ikkita issiq non olib chiqay
8. – lar qo’shimchasi sonlarga qoshilganda sonlarning qaysi turi hosil bo’ladi?
a) dona son b) taqsim son s) jamlovchi son d) chama son
9. Dona son ishtirok etgan qatorni toping.
a) Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi b) Bir yil tut ekkan, yuz yil gavhar teradi
s) Shahrimizda o’nlab teatrlar bor d) Paxtakorlarning uchdan biri jamoa xo’jaligiga o’tkazilgan
10.Hisob (numerativlar) so’z qatnashmagan qatorni aniqlang.
a) Ularning ikkovi jim qolishdi b) Kissasida bir miri ham yo’q s) Bir guruh yoshlar safarga otlandilar
d) Yuz yil – bir asr
11.Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? a) qanday?, qanaqa? b) qaysi?, qayer? s) kim?, nima? qayer?
d) kim uchun?, nima sababdan?
12.Aniq otlar berilgan qatorni belgilang.
a) uyqu, soch, turmak b) jahl, aql, nafosat s) gilam, mehmon, yurak d) orzu, tilak, quyosh
13.O’rin-joy otlari qaysi javobda qayd etilmagan?
a) qishloq, maydon b) Sirdaryo, orol dengizi s) guzar, saylgoh d) jahl, aql, nafosat
14.. Faqat mavhum otlar berilgan qatorni belgilang.
a) bola, daftar, qishloq b) shodlik, sevgi, kulfat
s) yo’l, daraxt, vodiy d) osmon, asar, gul
15.Otdan yasalgan fe’llar berilgan qatorni belgilang.
a) yangilamoq, voyvoylamoq, yaxshilamoq b) sekinlamoq, tezlamoq, to’g’rilamoq s) tuzlamoq, varaqlamoq, qishlamoq d) ho’plamoq, dodlamoq, so’rashmoq
16.Tarkibida oq va qora so’zlari ishtirok etgan joy nomlariga misollar yozing.
17. Hajm-o’lchovni bildiruvchi sifatlar ishtirokida gaplar tuzing.
18. Sifatlar qachon otlashadi?
19. Kasr sonlarni ifodalovchi misollar yozing.
20. Hisob so’zlari ishtirokida gaplar tuzing.
|
|
III variant.
1. Qaysi qatorda ma’nodosh so’zlar berilgan? a) sinfdosh, maslakdosh, quroldosh
b) ishchi, quruvchi, suvchi s) katta, ulkan, bahaybat d) guldon, siyohdon, qalamdon
2. Kichraytirish-erkalash otlari berilgan qator aniqlang.
a) oshpaz, Charosxon b) uycha, bolaginam s) oyijon, gulbog’ d) kelinchak, ro’mol
3. Quyidagi gapda “boshqa” so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Bolalar uy-joyli, hammasining ro’zg’ori boshqa. a) o’zgacha b) begona s) qayta d) alohida
4. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.
Ushbu gapdagi sifatlar miqdorini aniqlang. a) 2 ta b) 4 ta s) 3 ta d) sifatlar berilmagan.
5. –li, -ser, - dor, -ba qo’shimchalariga ta’rif bering.
a) ot yasovchi b) sifat yasovchi s) fe’l yasovchi d) xech qanday so’zga qo’shilmaydi.
6.Sodda yasama ot ishtirok etgan qatorni belgilang. a) charos, xushbo’y, tokzor
b) boychechak, somonsuvoq, anor s) supurgi, kurak, soatsoz d ) Bashariq, zebigardon, karnay
7. Joy nomlari ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?
a) Shamol qorni yuz – ko’zlariga keltirib uradi. b) Aravakash Mo’mingina, muloyim, kamgap kishi edi. s ) Yo’q, men zargar emasman. d ) Jiydakapa do’ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan.
8. Yasama ot berilgan qatorni aniqlang.
a) Qaynatma sho’rva hidi xonani tutgan edi. b) O’zingdan kattaga gap qaytarma.
s) Kungaboqar, kunga boqar. d) Sizga ta’zim, onajon!
9. Qaysi qatorda ma’nodosh so’zlar berilgan?
a) sinfdosh, maslakdosh, quroldosh b) ishchi, quruvchi, suvchi s) katta, ulkan, bahaybat d) guldon, siyohdon, qalamdon
10. Kichraytirish-erkalash otlari berilgan qatorni aniqlang.
a) oshpaz, Charosxon b) uycha, bolaginam s) oyijon, gulbog’
d) kelinchak, ro’mol
11. Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? a) qanday?, qanaqa? b) qaysi?, qayer? s) kim?, nima? qayer? d) kim uchun?, nima sababdan?
12.Aniq otlar berilgan qatorni belgilang.
a) uyqu, soch, turmak b) jahl, aql, nafosat s) gilam, mehmon, yurak d) orzu, tilak, quyosh
13.O’rin-joy otlari qaysi javobda qayd etilmagan?
a) qishloq, maydon b) Sirdaryo, orol dengizi s) guzar, saylgoh d) jahl, aql, nafosat
14.. Faqat mavhum otlar berilgan qatorni belgilang.
a) bola, daftar, qishloq b) shodlik, sevgi, kulfat
s) yo’l, daraxt, vodiy d) osmon, asar, gul
15.Otdan yasalgan fe’llar berilgan qatorni belgilang.
a) yangilamoq, voyvoylamoq, yaxshilamoq b) sekinlamoq, tezlamoq, to’g’rilamoq s) tuzlamoq, varaqlamoq, qishlamoq d) ho’plamoq, dodlamoq, so’rashmoq
16. Hajm-o’lchovni bildiruvchi sifatlar ishtirokida gaplar tuzing.
17. Sifatlar qachon otlashadi?
18. Nisbiy sifatlarga misollar keltiring.
19. Kasr son qo’llangan gaplar tuzing.
20. Tarkibida oq va qora so’zlari ishtirok etgan joy nomlariga misollar yozing.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |