|
6- sinf Ona tili
I variant
1.Yuborilgan xatni oldim. Ushbu gapda fe’lning qaysi mayl shakli ishtirok etgan?
a ) xabar mayli b ) shart mayli s) buyruq – istak mayli d) mayl shakli ishtirok etмаган.
2. Buyruq – istak maylidagi fe’l qatnashmagan gapni aniqlang.
a) Mening ko’zlarim yaxshi ko’radi. b ) Hammani maqtaydigan odamga ishonma.
s ) Hayot saboqlarini o’rgangin, chunki hayotni o’rganish zarur. d ) Ikkalang ham og’zingni ochmay, jim o’tirgin.
3.Sodda yasama ot ishtirok etgan qatorni belgilang. a ) charos, xushbo’y, tokzor b ) boychechak, somonsuvoq, anor s) supurgi, kurak, soatsoz d ) Bashariq, zebigardon, karnay
4. Joy nomlari ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan? a ) Shamol qorni yuz – ko’zlariga keltirib uradi.
b ) Aravakash Mo’mingina , muloyim, kamgap kishi edi. s ) Yo’q, men zargar emasman.
d ) Jiydakapa do’ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan.
5. Yasama ot berilgan qatorni aniqlang.
a) Qaynatma sho’rva hidi xonani tutgan edi. b) O’zingdan kattaga gap qaytarma.
s) Kungaboqar, kunga boqar. d) Bola o’zini suvga otd.
6. Fe’ldan yasalgan otlar berilgan qatorni toping.
a) asrdosh, ginachi, oromgoh b) qiziqchi, yo’ldosh, qarsak
s) kiyim, tepki, bezak d) ko’rgin, o’tir
7. Faqat mavhum otlar berilgan qatorni belgilang.
a) bola, daftar, qishloq b) shodlik, sevgi, kulfat s) yo’l, daraxt, vodiy d) osmon, asar, gul
8. Quyida berilgan gapdagi nuqtalar o’rniga qaysi qatordagi qo’shimchalarni qo’yish mumkin? U...voqea...bexabar ekani... bilib, butun vujudi...yengib bo’lmas xorg’inlik sezdi. a) – ni, -ga, -da, -dan b) –ga, -dan, -ni, -ka s) –ning, -dan, -ni,-da d) –dan, -ni, -ga, ..
9. Aniq otlar berilgan qatorni belgilang.
a) uyqu, soch, turmak b) jahl, aql, nafosat s) gilam, mehmon, yurak d) orzu, tilak, quyosh
10. Qaysi qatorda yasama so’zlar berilgan?
a) kitob, maktab, muallim b) shahar, o’lka, diyor s) dono, zukko, chaqqon d) san’atkor, unumli, noma’lum
11. Oddiy darajadagi sifatlar qaysi qatorda berilgan?
a) go’zal, odobli b) silliqroq, baxtliroq s) ko’m-ko’k, oppoq d) eng katta, g’oyatda qo’rqinchli
12. Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? a) qanday?, qanaqa? b) qaysi?, qayer? s) kim?, nima? qayer? d) неча,нечанчи
13. Quyidagi gapda nechta juft sifat bor? Yakka-yu yagona farzanding yaxshi-yomon kuningga yaramasa, katta-yu kichik oldida yuzingni yerga qaratsa-ya! a) 2 ta b) 3 ta s) 4 ta d) 5 ta
14. Gapda kesim bo’lib kelgan sifatni aniqlang. a) Buyuk ishlar birdan qilinmaydi.
b) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. s) Go’zallikdan ezgulik yaxshiroqdir. d) Topshiriq yaxshi bajarildi.
15. O’rin-joy otlari qaysi javobda qayd etilmagan?
a) qishloq, maydon b) Sirdaryo, orol dengizi s) guzar, saylgoh d) tadbirkor, maktab
..
0..
|