11. Muqaddas ichimlikka sig’inuvchi saklar bu..? Saka Xaumovarka
12. Sаkа-хаumоvаrkа-bu…? Pomirning tog`li tumanlarida va Farg`onada yashashgan saklar.
13. Xorazm, Sug`diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg`uloti o`sha vaqtda nima bo`lgan edi.? sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik
14. Ularning manzilgohlardan nimalar topilgan.? yuqori sifatli kulolchilik buyumlari, temir va bronza qurollari
15. Ko`chmanchi sak va massaget elatlarining asosiy mashg`uloti nima bo`lgan.? chorvachilik
16. Ko`chmanchi sak va massaget kimlar bilan madaniy aloqalar o`rnatgan.? Markaziy Osiyo xalqlari Sharq mamlakatlari bilan
17. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida, qachon qadimgi shaharlar rivojlangan.? miloddan avvalgi VII—VI asrlarda
18. Qаdimgi shаhаrlаrgа хоs umumiy bеlgi.? mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralganligidir.
19. Qadimshunoslar mil. avv. VII-VI asrlarga oid qaysi shaharlarni o`rganganlar.? Afrosiyob (Samarqand), Yerqo`rg`on va Uzunqir (Qashqadaryo vodiysi), Ko`zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo) kabi qadimiy shaharlarni o`rganishgan.
20. Qaysi shaharda mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralib, devor suv to`ldirilgan xandaq bilan o`ralangan. Devorning burjlari va o`q otish uchun maxsus shinaklari ham bo`lgan. Shahar ichkarisida xonadonlar va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan.? Qiziltepa shahrida
21. Miloddan avvalgi VII asrlarda tashkil topgan eng qadimgi davlat.? Qadimgi Baqtriya davlatlaridir.
22. Qaysi davlatlarga Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta'sirida bo`lgan.? Marg`iyona va So`g`diyona davlatlari.
23. Miloddan avvalgi VII—VI asrlarda qaysi vohalar Qadimgi Baqtriya davlati ta'sirida bo`lgan.? Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari va O`zbekistonga chegaradosh viloyatlari
24. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo`rg`on va Afrosiyob o`rnida Baqtriya va So`g`dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu shaharlar O`zbekiston hududida eng qadimgilari bo`lib, ularning yoshi qancha.? 2700 yildan kam emas.
25. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri qaysi shahar bo`lgan.? Ko`zaliqir shahri
26. Qaysi shahar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralgan. Uning dehqonchilik bilan mashg`ul bo`lgan aholisi turli xil uy-qo`rg`onlarda va qishloqlarda yashagan. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlangan.? Ko`zaliqir shahri
29. Afrosiyob…? miloddan avvalgi VIII—VII asrlarda bunyod etilgan shahar xarobalari, hozirgi Samarqand shahrining sharqiy chekkasida joylashgan. Samarqandning eng qadimgi qismida istehkom, xonadon, xo`jalik xonalari qoldiqlari bugungi kungacha saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |