Mavzu: Viloyat mashinasozlik,qurilish va kimyo sanoat tarmoqlari


Download 42.63 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi42.63 Kb.
#138588
Bog'liq
8-XORAZM


8-AMALIY MASHG’ULOT

Mavzu:Viloyat mashinasozlik,qurilish va kimyo sanoat tarmoqlari

Quyi Amudaryo mintaqasi (iqtisodiy rayoni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va

Xorazm viloyatini o‘z ichiga oladi. Mintaqa O‘zbekistonning shimoli – g‘arbiy

chekkasida joylashgan. U shimol va g‘arb tomondan Qozog‘iston, janubda

Turkmaniston, sharqda respublikaning Navoiy va Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh.

Iqtisodiy rayon maydoni 172,6 ming kv.km. bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi

hududining 38,4 foizini egallaydi. Aholisi, 2011 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 3240,5

ming kishi, jami respublika aholisining 11,4 foiziga teng. Iqtisodiy rayonlar ichida

hududining kattaligi bo‘yicha oldingi o‘rinda turadi; ichki tuzilishi jihatidan turli

kattalikdagi ma’muriy birliklardan iborat bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

maydoni 166,6 ming kv. km., Xorazm viloyatining maydoni 6,1 ming kv. km. ni tashkil

etadi. Mintaqa iqtisodiy geografik o‘rni ancha qulay, mavjud agroiqlimiy va mineral

xom ashyo resurslar sanoat tarmoqlarining rivojlashiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Sanoatning rivojlanishi va uning hududiy tashkil etilishi qator omillarga bog‘liq.

Avvalambor, buning uchun tabiiy zahiralar, ya’ni mineral xom ashyo manbalari, er –

suv boyliklari talab qilinadi. Shu bilan birga, sotsial – iqtisodiy shart – sharoitlarning

ahamiyati ham kattadir. Chunonchi, aholi va mehnat resurslari, transport va boshqa

infratuzilma tarmoqlari sanoat korxonalarini joylashtirish va rivojlantirishga ta’sir

ko‘rsatadi. Bu va shunga o‘xshash shart – sharoitlar mamlakatning turli hududlarida bir

xil emas. Binobarin, sanoat ishlab chiqarishini geografik tadqiq etishda aynan ana shu

jihatlarga ustuvor ahamiyat bermoq zarur .

Xorazm viloyati mehnat resurslari bo‘yicha yuqori salmoqga

ega. Viloyat aholisini ish bilan ta’minlash, aholi turmush farovonligini oshirish bugungi

kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Xorazm viloyatida 2010 yilda 59423

yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, shundan 23,7 foizi kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik sohasida, 8,6 foizi yangi ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va

kengaytirish hisobiga to‘g‘ri keladi. Aholi xalq xo‘jaligi tarmoqlarida bandligi

turlichadir. Jumladan, aholining 40 foizga yaqini qishloq xo‘jaligida, 9 foizga yaqini

sanoatda band. Aholini iqtisodiyot tarmoqlariga ayniqsa sanoatga (asosan engil, oziq –

ovqat va agrosanoat tarmoqlariga) ko‘proq jalb qilgan holda, aholining ishlab chiqarish

sohasidagi bandligini oshirish maqsadga muvofiq.

Mamlakat sanoatining rivojlanishi turli omillar ta’sirida shakllanadi. Ushbu omillar

hududning mineral qazilma boyliklari, mehnat resurslari, iqtisodiy geografik o‘rnidan

kelib chiqadi. Chunonchi, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni respublikaning katta tabiiy

resurs va inson salohiyatiga ega bo‘lgan hududi hisoblanadi. Biroq shunga qaramay, bu

erda sanoat tarmoqlari uncha rivojlanmagan. Mintaqa engil va oziq – ovqat mahsulotlari

ishlab chiqarishga ixtisoslashgan; xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta

ishlovchi sanoat tarmoqlari ustunlik qiladi.

Xorazm viloyati sanoat majmuasi engil va oziq – ovqat sanoatiga ixtisoslashgan

bo‘lib, sanoatning diversifikatsiya darajasi past. Engil sanoat jami viloyatda ishlab

chiqarilgan sanoat mahsulotining 42,7 foizini, oziq – ovqat sanoati 22,9 foizini tashkil

etadi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida Xorazm viloyati alohida o‘rin egallaydi. Viloyat



Respublikaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, umumiy er maydoni 6,1

ming kv.km yoki respublika er maydonining 1,4 %iga teng.

Viloyatda 2014 yil sanoat ishlab chiqarishining 42,7 foizini engil, 22,9 foizini

oziq-ovqat, 5,39 foizini elektroenergiya, 4,79 foizi mashinasozlik va metalni qayta

ishlash, 5,20 foizini qurilish materiallari, tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

25

Jadval.



Sanoat tarmoqlari bo‘yicha mahsulot hamda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish

Jami: 401352,1 103,2

Elektr energetika 21666,8 275,0

Eqilg‘i 2378,2 176,0

Qora metallurgiya 27,6 0,0

Kimyo va neft kimyo 932,7 58,8

Mashinasozlik va metalni qayta ishlash 19252,8 84,0

Urmon. yog‘ochni qayta ishlash va sellyuza

qog‘oz 4359,5 98,0

Qurilish materiallari 20877,4 153,9

Engil sanoat 171722,9 90,9

Oziq-ovqat sanoati 92158,3 98,1

Iste’mol mahsulotlari 208564,8 106,5



SHu jumladan:

Oziq-ovqat mahsulotlari 136128,4 102,6

Nooziqovqat mahsulotlari 52014,0 120,0

Istemol mahsulotlari 51,9 foizni tashkil etib shundan 33,9 foizi oziq-ovqat

mahsulotlari, 12,9 foizi nooziqovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Qishloq

xo‘jaligining YAHM (Yаlpi hududiy mahsulot)dagi ulushi 34,9 foizni tashkil etadi va

respublikada ishlab chiqariladigan jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 6,1 foizi

Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Xorazm viloyatiga xos hududiy xususiyatlar

quyidagilar:

- aholi zichligining ancha yuqori (1 kv.km maydonda 250,9 kishi);

- aholi soni va mehnat resurslarining nisbatan tez o‘sishi, bu esa oziq-ovqatga

bo‘lgan talabning o‘sib borishiga olib keladi. Aholining 76 foizi qishloqlarda yashaydi;

- yer va suv resurslarining cheklanganligi. Ekin maydonlarining respublikadagi

ulushi 6,1 foizni tashkil etadi;

- yozi issiq va qishda havo tez sovib ketadi;

- agrar sohada paxtachilik ustuvor ahamiyatga ega va sholi etishtirishga

ixtisoslashgan;

- mineral-xom ashyo resurslariga boy emasligi. Faqatgina, qurilish xom ashyosi

(kvars qumlari g‘isht-cherepitsa xom ashyosi) mavjud;

- sanoat korxonalari asosan qayta ishlab chiqarish tarmog‘ini tashkil qiladi;

- ekologik vaziyat juda murakkabligi bilan ajralib turadi;

Mahsulot ishlab chiqarishda eksport va import hajmi va tarkibidagi o‘zgarishlar

dinamikasi.

Eksport va

importning umumiy

hajmdagi ulushi foiz

his.

2008 yilga

nisbatan

foiz

2010 y 2014y hisobida

Eksport tarkibi 100 100 106,1



paxta tolasi 80,8 85,1 111,8

oziq-ovqat mahsulotlari 2,1 0,6 29,6

shundan iste’mol mahsulotlari

kimyo va undan tayyorlangan mahsulotlar 0,1 - 18,3

qora va rangli metallar - - -

mashina va uskunalar 2,3 0,8 39,9

Xizmatlar 3,3 3,1 98,8

Boshqalar 11,4 10,4 96,3

Import tarkibi 100 100 92,2

oziq-ovqat mahsulotlari 5,4 6,5 112,0

shundan ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan

iste’mol mahsulotlari - - -

kimyo va undan tayyorlangan mahsulotlar 18,1 18,2 92,7

energiya manbalari va neft mahsulotlari 0,1 - -

qora va rangli metallar 1,0 0,7 64,3

mashina va uskunalar 27,1 27,5 93,6

Xizmatlar 0,1 0,2 127,6

Boshqalar 48,2 46,9 89,7

Yоg‘-moy sanoati. «Urganch MEZ» 1989 yil kombinat shaklida tashkil etilgan.

1977 qayta rekonstruksiya etilib mahsulot ishlab chiqarish hajmi yanada ortdi.

Mustaqillik yillarida korxonaga 2003 yil noyabrida shveysariyalik investorlar 1 milliard

300 mln so‘mdan ziyod sarmoya kiritgach, korxona xorijiy investitsiya ishtirokidagi

«Urganchyog‘» ochiq hissadorlik jamiyati maqomiga ega bo‘ldi. Mazkur korxona

loyiha bo‘yicha kuniga 800 tonna texnik chigit va 400 tonna soya’ni qayta ishlab

chiqarishga quvvatiga ega. SHuningdek, ushbu qayta ishlab chiqarish jarayonida 130-

140 tonna tozalangan paxta yog‘i, 50 tonna xo‘jalik sovuni, 20 tonna qadoqlangan paxta

yog‘i tayyorlanadi. Korxonada bugungi kunda 900 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.

Go‘sht va sut sanoati. Xorazm viloyati go‘sht sanoati tarkibini qushxona va

kichik kolbasa sexlari tashkil etadi. Hududning chorvachilik mahsulotlari ishlab

chiqarish salohiyati ancha yuqori. Masalan, 1991 yilga nisbatan 1995 yilda barcha

toifadagi xo‘jaliklarda go‘sht ishlab chiqarish 3,4 martaga, 2000 yilda 3,8 martaga, 2005

yilda esa 5,2 martaga o‘sdi. 2007 yilda viloyat oziq-ovqat sanoati 2005 yilga nisbatan

125,1 foizga o‘sganligini e’tiborga olganda, shunga monand ravishda sut va go‘sht

2 Солиев А., Абдуназаров Ҳ. Енгил ва озик-овкат саноатининг минтакавий муаммолари. - Тошкент: Фан, 2007.- Б . 63.

30

etishtirish ham 125,3 foizga o‘sdi. Viloyatda 1998-2002 yillar sut va go‘sht



etishtirishdagi turg‘unlik yillari bo‘ldi. Viloyatning mustaqillik yillari davomida sut va

go‘sht etishtirish salohiyati tahlil etilganda sut va go‘sht etishtirish imkoniyatlari ancha

yuqoriligi kuzatiladi.

2014 yilda sanoat mahsulotlari hajmi 401352,1 mln. so‘mni tashkil etgani holda,

Urganch shaxri 111128,7 Urganch tumani 23211,9 Gurlan tumani27504,1 va Xonqa

tumanlari52804,4 etakchilik qildi. Xalk iste’mol mollari mahsulotda sanoatning ulishiga

ko‘ra ham Urganch shahri 119294,6 Urganch 12386,3 Xonqa 20987,2 Xiva 14358,0

tumanlari etakchilik qildi. Sanoatda aholi bandligiga ko‘ra Urganch shahri (163000

kishi), Urganch tumani (132463), Gurlan (88627) tumanlari etakchilik qildi eksportdagi

ulishida sanoat mahsulotlari hajmi yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan mintaqalarga

Urganch shahri (96,5%), Urganch(79,0%), Xonqa (74,6%) viloyatlarini va aksincha,

eksportdagi ulishda sanoat mahsulotlari hajmi past bo‘lgan mintaqalarga Bog‘ot(8,3%),

Qo‘shko‘pir(19,9%), Yangibozor(24,5%)tumanlarini kiritish mumkin.

4-jadval

O‘zbekiston mintaqalarida sanoatning rivojlanishi ko‘rsatkichlari (2014y)

Sanoat mahsulotlari

hajmi

(mlrd. so‘m)



Sanoat korxonaari

soni


Sanoatda band

aholi


Sanoatning ichki

hududiy ahsulotdagi

ulushi

Sanoatning eksportdagi



ulushi

Xorazm viloyati 10657,6 14321 587131 16,8 46,8

1. Bog‘ot 198,8 500 12862 7,9 43,1

2. Gurlan 1177,5 949 48064 25,6 38,6

3. Xiva 517,0 874 24800 13,4 36,8

4. Urganch tumani 192,6 314 10024 8,8 43,7

5. Shovot 1714,8 460 72396 48,5 24,5

6. Yangibozor 330,5 926 29842 10,1 35,0

7. Yangiariq 383,6 1062 62429 8,6 45,0

8. Xonqa 296,6 245 10549 7,0 60,2

9. Qo‘shko‘pir 219,1 861 7846 7,0 79,0

10. Hozarasp 1795,4 1237 88627 27,3 51,3



11. Urganch shahar 1033,2 1355 16300 18,7 74,6
Download 42.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling