Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asoslanadi:
Iste‘molchilar iste‘mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko’- rish va turkumlashtirishga qodir. Iste‘molchi ikkita A va B ne‘matlar to’plamidan A ni B dan yoki B ni A dan afzal ko’radi. A>B, B A=B bo’lsa, ikkalasi ham bir xil naflilikka ega bo’ladi. Bu afzal ko’rish tovarlar qiymatini inobatga olmagan xoldadir.
Iste‘molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitiv- ligi). Agar iste‘molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko’proq istasa va B tovar guruhini S tovar guruhidan ko’ra ko’proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga nisbatan ko’proq xohlagan bo’ladi, ya‘ni: A>B, BS.
To’yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovar- lar yaxshi (ma‘qul) tovarlar deb hisobga olib, iste‘molchi xar doim kam miqdordan ko’p miqdordagi tovarlarni afzal ko’radi.
Iste’molchilik xatti-harakati – bu iste‘molchilarning turli tovar va xizmatlarga talabini shakllantirish jarayoni.
Naflilik funksiyasi. Yalpi va chekli naflilik.
Naflilik (Utility) – tovar va xizmatlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlar qondirilishini ta‘minlash, ya‘ni ularning qanoatlantirish manbai bo’lish xususiyati hisoblanadi.
Naflilik – jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog’liq. Sifat ko’rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog’liqqa foydali- ligi, dizaynining estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq muddatliligi, qulayligi, individualligi, xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va b.
Bozordagi iste‘molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil qilish mumkin. Bu o’z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab bo’lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o’l- chab tahlil qilish, ikkinchisi, naflilikni son jihatdan o’lchab emas, bal- ki tabaqalashtirish orqali, ya‘ni yuqori va quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k.
Ma‘lumki, iste‘molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi tovar va xizmatlarga duch keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |