6 Adabiyot II qism 2017. p65


Hayotsevarlik, umidbaxsh tuyg‘ular «Baxtim bor


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/73
Sana08.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1659166
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Hayotsevarlik, umidbaxsh tuyg‘ular «Baxtim bor,
ajoyib kishilar aro...» satri bilan boshlanuvchi she’r-
ning ham bosh mavzusi. Shoira yoshi oltmishlardan
o‘tib, keksalik boshlanishi pallalarida yozgan mazkur
she’rida umri har qancha qiyinchilik, judolik va
ayriliqlarga qaramay, yaxshi insonlar orasida kech-
ganini, shukronalik hislarini qalamga oladi.
Atrofini o‘ragan odamlar unga hamisha yaxshilik tilaganlarini,
biri kulgu-quvonch baxsh etsa, boshqa birovi orzu-maqsadlar sari
intilib yashashga chorlaganini, shulardan quvvat olib, yelkasiga
tog‘ ortsa ham ko‘tara olgulik qudrat his etayotganini aytadi. Bu
holat shoirani tinmay ishlashga, qo‘lidagi qalamni bir dam qo‘y-


9 1
may yozishga, ijodga undaydi. U hali uzoq yillar ilhom va
shijoat bilan ijod qilishini bildirar ekan, hayotga muhabbati,
ertangi kuniga ishonchining kuchliligini anglatadi o‘quvchiga.
Bu bilan she’rxon qalbiga ham umidbaxsh tuyg‘ular solib, uni
ham o‘tayotgan kunlaridan zavqlanib yashashga, yaratishga,
bunyodkorlikka da’vat etadi. Avvalgi she’rlardagi tabiat go‘zal-
ligi, bahor tarovatidan paydo bo‘lgan hayotsevarlik hislari endi
yaxshi, ajoyib insonlar bilan hamnafas, zamondosh bo‘lib yasha-
yotgani tufayli yanada kuchayadi, mustahkamlanadi.
Muhtaram o‘quvchi, shoira Zulfiyaning Sizga taqdim etilgan
navbatdagi she’ri yuqorida bir-birini mavzu va mazmun jihatidan
to‘ldiruvchi she’rlardan farqli, ammo g‘oyaviy xususiyatlariga
ko‘ra juda yaqindir. Bu Zulfiya opaning 1954-yilda jamoat
arbobi sifatida turli mamlakatlarda bo‘lib, tinchliksevar odamlar,
har qanday urushlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kurashuvchilar
saflarida ishtirok etgan pallalarida yozilgan «O‘g‘lim, sira
bo‘lmaydi urush» nomli mashhur she’ridir.
She’r yozilgan sanadan o‘n besh yil avval Ikkinchi jahon uru-
shi boshlangan edi. Nemis-fashist bosqinchilari avval Yevropani,
so‘ngra boshqa mamlakatlarni urush, qirg‘inlar bilan bosib
olishga kirishdi. Yuzlab shaharlar, qishloqlar vayron qilindi, mil-
lionlab odamlar – yosh-u qari, ayollar va bolalar ayovsiz qirildi,
konslagerlarda ne-ne azob-u uqubatlarga mahkum etildi. Bu
urushning jarohatlari bitmay turib, dunyoning boshqa joylarida
zo‘ravonlik, kuchsiz davlatlar ustidan hukmronlik qilish ista-
gidagi yovuz niyatli odamlar tomonidan yangi urush xavflari
paydo bo‘la boshladi. Afsuski, bunday xavf hali-hanuz davom
etmoqda. Hozir ham dunyoning turli hududlarida urush olovlari
yonmoqda, uylar vayron, ayollar, bolalar qirilmoqda. Kuchli,
katta mamlakatlarning zaif, qoloq mamlakatlarni bo‘ysundi-
rishga, ularning boyliklariga egalik qilishga, urush, zo‘ravonlik
bilan o‘z manfaatlarini qondirishga urinishlar kuchaymoqda.
Boshqa bir tomonda diniy aqidaparastlik, terrorizm, jaholat
urushlari ham avj olmoqdaki, bularga qarshi kurashlarda shoir-


9 2
larimizning urushni qoralab yozgan asarlari yana dolzarblik kasb
etmoqda. Shu jumladan, «O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush» she’ri
ham.
Shoira she’rning boshlanishida fikrni yana bahor fasliga bu-
radi. Uning tug‘ilish, yosharish, uyg‘onish pallasi ekaniga ishora
qilib, bahor fasli manzaralari, xislatlarini yodga olib, uni ulg‘a-
yib borayotgan o‘spirin o‘g‘lining misolida namoyon etib, agar
urush bo‘lsa, shu hayot davom etadimi, bu go‘zalliklar, quvonch-
shodlik, zavq, umid-orzular yo‘q bo‘ladimi, degan ritorik so‘roq-
larga undaydi o‘quvchi xayolini. Bu so‘roqlar urush yillari halok
bo‘lgan ota haqidagi alam-armonlar bilan javobini topadi.
Urush, noming o‘chsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko‘p xonadonda,
Ota nomli buyuk shodlik kam.
Shu satrlardan keyin shoira lirik chekinish qilib, otalik baxti,
otasizlik alami, o‘zining ham ota, ham ona bo‘lib farzandini
tarbiyalayotganidan so‘z ochadi. O‘g‘lining qaddu bastiga boqib,
umid va ishonchga to‘liq kelajak orzularidan so‘ylaydi. Xalqimiz
orasida tarqalgan go‘zal bir tushunchaga ishora qilib, aynan
xalqona ibora qo‘llaydi.
Mana, yurtga o‘g‘il o‘stirgan
Bir davlatmand boy bo‘lib qoldim.
Ana shu satrlardan so‘ng qoya kabi onaning yonida turgan,
suyansa suyangudek mustahkam himoyachisi borligidan g‘u-
rur hissi ifoda etiladi. Pirovardida, bu tuyg‘ular onaning «Yo‘q,
urushning nomi ham o‘chsin!» degan hayqirig‘iga sabab bo‘la-
di. Ona farzandini hayot uchun, hayotni davom ettirish, umrni
farovon qilish uchun dunyoga keltirganini aytar ekan, dunyo
onalarini har qanday urushga qarshi kurashmoqqa chorlaydi,
birlashishga undaydi.


9 3
Ko‘krak suti va mehnat bilan
Biz jahonga berganmiz turmush,
Ona qalbi oyoqqa tursa,
O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush!
Ko‘rinadiki, bahoriy manzaralar, o‘g‘il o‘stirish baxti, ota-
sizlik armonlari kuylangan she’r mantiqan urush va qirg‘inlar
tufayli sodir bo‘ladigan baxtsizliklar, mudhish oqibatlar, tinchlik
va farovonlikning naqadar oliy va tansiq ne’mat ekanligi, buning
qadriga yetish, shukronalik tuyg‘ulari bilan yashash haqidagi
teran o‘ylarga yetaklaydi. Mazkur she’r ana shu g‘oyaviy maz-
muni, ibrat va fazilatlari bilan sira eskirmaydi, hamisha dolzarb-
ligini, ahamiyatini saqlab qoladi.
1. Zulfiya she’riyatining asosiy g‘oyaviy xususiyatlari nima-
lardan iborat?
2. «Bog‘lar qiyg‘os gulda» she’rining ramziy ma’nosini tushun-
tirib bering.
3. Shoira tog‘day tayanch – «orqa tog‘» deganda nimani
nazarda tutadi?
4. «O‘zbekiston – bag‘ri keng diyor» mavzusida yozma ish
yozing.
5. «Bahor keldi seni so‘roqlab» she’rida jonlantirish usuli
orqali shoira qanday manzaralarni chizadi va nimalarga
ramziy ishoralar qiladi?
6. Hayotsevarlik, umid tuyg‘ulari «Baxtim bor ajoyib kishilar
aro...» she’rida qanday ifoda topgan?
7. Urush va tinchlik tushunchalari, farzandlar kelajagi, onalar-
ning hayot, tiriklik uchun kurashi g‘oyalari aks etgan «O‘g‘-
lim, sira bo‘lmaydi urush» she’rining dolzarbligi va ahamiyati
haqida so‘zlang.
8. Zulfiya she’riyatining tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirib bera
olasizmi?

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling