6 Adabiyot II qism 2017. p65
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
ZULFIYA SHE’RLARI HAQIDA
Zulfiya she’rlari harorat bilan bitilgan ehtirosli, hayotbaxsh she’rlardir. Ular xoh vatan haqida, uning go‘zal tabiati, meh- natkash odamlari, buyuk bunyodkorlik qudrati xususida bo‘lsin, xoh insonlarning turfa his-tuyg‘ulari: mehr-muhabbat, quvonch-u shodlik, baxt, saodatni tarannum etishga bag‘ishlangan bo‘lsin, barchasida hayotsevarlik, o‘quvchida yorug‘ kayfiyat paydo etish istagi hukmrondir. Bu fikrning isbotini shoiraning «Bog‘lar qiy- g‘os gulda», «Bahor keldi seni so‘roqlab», «Baxtim bor, ajoyib kishilar aro...» she’rlari misolida ko‘rib chiqish mumkin. Shoira Zulfiyaning qalbiga ehtiros va ilhom bag‘ishlagan tuy- g‘u – bu bahor kelib, bog‘-rog‘larning jonlanishi, daraxtlarning qiyg‘os gulga kirib, tevarak-atrofning chamanzorga aylanishidir. 8 7 ! Muallif gulga burkangan manzarani tasvirlar ekan, uni ramziy ma’noda qo‘llaydi. «Bir kaft bog‘», ya’ni yaxlit bir manzil – Vatanda turlicha tarovat, turli bo‘y taratuvchi daraxtlar bor. Ularning har biri o‘zicha ko‘rk, o‘ziga xos meva-yu hosil beradi. Go‘yo har bir daraxt bu bir-biriga o‘xshamaydigan millat va elatdir. Ularning har birining o‘z tarixi, o‘z urf-u odatlari, yashash tarzi bor. Lekin ular bitta bog‘da – bir maskanda, ya’ni bir Vatanda – O‘zbekistonda jam bo‘lganlar. Ular turli millat va elatlar bo‘lsa ham, bir xalq – O‘zbekiston xalqi farzandlaridir. Bir vatanda yashayotgan yagona xalq esa, millatidan qat’i nazar, biri biriga suyanch, madadkor, himoyachi. Ular Vatanimizning qay manzilida yashamasin, bir ko‘z qorachig‘i, birday aziz, qadrli: Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y, Har daraxt bargi bir dunyo hikoya. Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk, Biri biri uchun qudrat, himoya. Biroq yurtimizdagi millat-u elatlarning qardosh, qadrdonligi har qancha mustahkam bo‘lmasin, ular barchasi suyanadigan «orqa tog‘» bo‘lmog‘i kerak: Bu – qadim dunyoda yangi bir olam, Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q. Bu suyanch, bu tayanch kim? Tayanch bo‘lmasa agar, bu murakkab, xavf-u xatarlarga to‘la dunyoda tinch, xotirjam yashab bo‘ladimi? Inson hamisha kimgadir suyanib, intilib yashaganidek, kichik xalq – elatlar ham katta xalq va millatlarga suyanadi, ishonadi. O‘zbekiston misolida o‘sha xalq, o‘sha su- yanch, o‘sha tayanch bu – o‘zbek xalqidir. O‘zbekistonda yashovchi barcha insonlar – bir xalq, O‘zbekiston fuqarosi. 8 8 ! Ularga O‘zbekistonning Asosiy qonuni – Konstitutsiyasi bo‘- yicha barcha masalalarda teng huquq va imkoniyatlar berilgan. Agar shu tenglikka amal qilmay, men katta millat, sen kam sonli elatsan, deb ayirmachilik, mahalliychilik qilinsa, bunday mam- lakat, bunday davlat tanazzulga yuz tutadi, urush-u janjaldan bo‘shamaydi. O‘zbek xalqi azal-azaldan bag‘rikeng, serhimmat, saxovatli xalq. Shuning uchun ham bugun uning bag‘rida 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch, osuda va bunyodkor hayot kechirmoqdalar. Shoira Zulfiya ana shunday mustahkam, ishonchli tayanch bo‘lolgani uchun bag‘rikeng ona xalqini ulug‘laydi, unga muhabbatini eng aziz tuyg‘u deb biladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling