6 Adabiyot II qism 2017. p65


«Tong qo‘shig‘i» (1953-yil), «Yuragimga yaqin


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/73
Sana08.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1659166
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

«Tong qo‘shig‘i» (1953-yil), «Yuragimga yaqin
kishilar» (1958-yil), «Kuylarim sizga» (1965-yil),
«O‘ylar» (1965-yil), «Shalola» (1974-yil) kabi o‘nlab
she’riy to‘plamlari chop etildi.
U atoqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurgan. Bi-
roq ular orzularga to‘la hayot kechirayotgan pallada – 1944-yili
mashina halokati tufayli turmush o‘rtog‘idan ayriladi. Shundan
so‘ng umr bo‘yi o‘z muhabbatiga sodiq qolib Hamid Olimjon-
ning ishlarini sabot bilan davom ettiradi. Uning «Semurg‘»,
«Zaynab va Omon» dostonlari asosida pyesa va opera libretto-
larini yaratadi. O‘zi ham «Quyoshli qalam», «Mushoira», «Xoti-
ra siniqlari» kabi poemalar yozadi. Rus, ukrain, ozarbayjon, hind
shoiralarining she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi.
Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. U Osiyo, Afrika va
Yevropaning o‘nlab davlatlarida bo‘lib xalqaro xotin-qizlar ham-
da adabiyot namoyandalarining harakatlarida faol ishtirok etar
edi. Uning she’rlari ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon,
arab, fors, vetnam kabi juda ko‘p xorijiy tillarga tarjima qilingan
edi. Shoira 1996-yil 81 yoshida vafot etgan.
1. Shoira Zulfiya qayerda tug‘ilgan, qaysi o‘quv yurtini tugatib,
qanday faoliyat bilan shug‘ullangan?
2. Zulfiya qanday she’riy to‘plamlar va dostonlar muallifi?
Savol va topshiriqlar


8 1
3. Zulfiya Isroilovaning jamoat arbobi sifatidagi faoliyati haqida
gapirib bering.
4. Shoira asarlari qaysi xorijiy tillarga tarjima qilingan?
5. Zulfiya mukofotiga kimlar sazovor bo‘ladi?
ZULFIYA SHE’RLARIDAN NAMUNALAR
BOG‘LAR QIYG‘OS GULDA
Bog‘lar qiyg‘os gulda – yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog‘ mehnat-u hosilga vatan,
O‘zga ko‘rk,
o‘zga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda,
har gulda bir ro‘y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.
Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,
Biri biri uchun qudrat, himoya.
Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz,
Bilmam, qayda tole serzavq, serjilo?
Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz,
Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo.
Bir qardosh tinchisiz – o‘zga beorom
Birining nonisiz – o‘zga emas to‘q...
Bu – qadim dunyoda yangi bir olam,
Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.
Tayanch bo‘lmasaydi odamzod albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling