6 Adabiyot II qism 2017. p65


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/73
Sana08.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1659166
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

O‘TTIZ BIRINCHI SO‘Z
Kishi eshitgan narsasini unutmaslik uchun to‘rtta shart bor:
avvalo, buning uchun zehnli bo‘lmoq kerak; ikkinchidan, bir
narsani ko‘rganda yo eshitganda, unga chin yurakdan ixlos
qo‘yib, fahm-farosat bilan uqib olmoqlik lozim; uchinchidan,
eshitganlarini ichida bir necha marta takrorlab ko‘ngilga jo
qilmoq kerak; to‘rtinchidan, ko‘ngilga boshqa narsalarni mutlaqo
keltirmaslik va kelsa ham unga zarracha e’tibor bermaslik kerak.
Masalan: beg‘amlik, beparvolik, o‘yin-kulgi yoki ixlos qo‘y-
maslik kerak. Aks holda, bu to‘rt narsa aql bilan ilmga putur
yetkazadigan omillardir.
O‘TTIZ IKKINCHI SO‘Z
Ilm o‘rganishni talab qilgan kishi, avvalo, uni bilishi kerak.
Buning bir necha shartlari bor. Bularni bilmay turib o‘rganilgan
ilm yuqmaydi.


7 5
Avvalo (birinchi shart – mualliflar), o‘rganilayotgan ilm-
hunarini oxir bir kun kelib biron kori-holimga yarab qolar deb
o‘rganmasdan, hayotda uni turmushga tatbiq qilish maqsadida
o‘rganmoq kerak. Chunki ilmni faqat bilib qo‘yish uchungina
o‘rgansang va shu bilan qanoat hosil qilsang, bunday ilmning
kimga keragi bor? Kishi o‘zining bilmagan narsasini bilib
o‘rgansa, bundan qanchalik huzur-halovat topishini asti qo‘ya-
vering! Agar sen ilmga astoydil mehr qo‘yib o‘rgansang, senda
yana ko‘proq bilsam ekan degan muhabbat paydo bo‘ladi. Shun-
dagina sen ko‘zing ko‘rgan har bir narsani ko‘nglingga mahkam
tugib, uqib oladigan bo‘lasan.
Agar bordi-yu, ko‘ngling boshqa narsada bo‘lib, o‘qib-o‘r-
ganayotgan ilmingni shunga sabab qilib ko‘rsatsang, ya’ni uni
ana shu ko‘nglingdagi narsa uchungina o‘rganayotgan bo‘lsang,
unda ilmga degan mehring go‘yo o‘gay onaning mehri kabi
bo‘ladi. Agarda chin niyat bilan o‘rganayotgan bo‘lsang, unda
ilmga degan mehring xuddi o‘z onangning mehriday iliq va
samimiy bo‘ladi. Sen ilmga chindan ham ixlos qo‘ysang, u ham
mehr qo‘yadi va sen uni tezroq qo‘lingga kiritasan. Agar sen
unga chala mehr qo‘ysang, o‘rgangan ilming ham chala-chulpa
bo‘ladi.
Ikkinchidan, ilmni o‘rganganda yaxshi niyat bilan o‘rganish
kerak. Ammo birov bilan bahs boylashmoq, talashishmoq uchun
o‘rganish kerak emas. Bahs, avvalo, ko‘ngildagi ishonchni mus-
tahkamlash uchun bo‘lsa – bu zarar emas, lekin haddan oshib
ketsa, kishini tuzatishdan ko‘ra ham ko‘proq buzib qo‘yishi
mumkin. Buning sababi: bahs qiluvchilar ko‘proq haqiqatni
aniqlash uchun emas, balki bir-birlarini yengmoq uchun harakat
qilishadi. Bunday bahs xusumatni kuchaytirib, odamgarchilikni
yo‘qotishgacha olib boradi. Bunday holda asosiy maqsad ilm
o‘rganish bo‘lmay, odamning yuzini yolg‘on so‘zga buradigan
bo‘lib qoladi. Bunday maqsad faqat buzuq kishilardagina bo‘ladi.
To‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan yuzta odamni adashtirgan kishi egri
yo‘ldan ketayotgan bitta notavonni to‘g‘ri yo‘lga solgan kishidan


7 6
sadqayi ketsin! Bahs – bu ham aslida ilm o‘rganishning bir
yo‘li. Biroq unga ortiqcha hirs qo‘yish yaramaydi. Chunki bahs-
ga ortiqcha hirs qo‘yishdan mag‘rurlik, maqtanchoqlik, xusumat,
yolg‘onchilik, hatto, arzimagan narsadan janjal chiqarish va
birovga musht ko‘tarish kabi yomon fazilatlar tug‘iladi.
Uchinchidan, agar har bir harakating tufayli haqiqatga erisha
oladigan bo‘lsang, o‘lsang ham bu yo‘ldan qaytma, mahkam tur!
Axir, o‘zing shubha qilgan narsaga o‘zgalar qanday qilib ishonch
bildirsin? O‘zing hurmat qilmagan narsani o‘zgalar nega hurmat
qilsin?
To‘rtinchidan, ilmni ko‘proq o‘rganish uchun odamda yana
ikki narsa bo‘lishi lozim: biri – mulohaza yuritish, ikkinchisi esa
muhofaza qilishlikdir. Bu ikki xususiyatni borgan sari kuchaytira
borish kerak. Bu narsa kuchaymay turib ilm o‘rganish qiyin.
Beshinchidan, shu nasihatlarning o‘n to‘qqizinchi so‘zida
yozilgan aql kasali degan to‘rt narsa bor, shundan ehtiyot bo‘lish
kerak. Shularning orasida beg‘amlik, beparvolik degan narsa bor,
zinhor-zinhor shu narsadan ehtiyot bo‘l! Chunki bu, birinchidan
Xudoning, ikkinchidan xalqning, uchinchidan davlatning, to‘rtin-
chidan ibratning, beshinchidan aqlning, or-nomusning dushma-
nidir; or-nomus bo‘lgan yerda bular bo‘lmaydi.
Oltinchidan, senda ilmni, aqlni bir me’yorda saqlaydigan fe’l-
atvor, xulq degan narsa bor. Sen shu narsani ehtiyot saqla! Ko‘r-
gan narsangga qiziqaversang: yo birovning o‘rinli, yo birovning
o‘rinsiz gapiga ishonib ketsang yoki to‘g‘ri kelgan narsalarga
ko‘ngil qo‘yaversang, fe’l-atvoringning buzilib ketishi hech gap
emas. Fe’l-atvoring buzilganidan keyin esa o‘qib ilm o‘rganga-
ningdan hech foyda yo‘q. Ko‘kragingda unga o‘rin bo‘lmagan-
dan keyin, uni qayerda saqlaysan? Aksincha, kiroyi ilming bo‘l-
gandan keyin, uni ehtiyot qiladigan fahm-farosating, aql-u
hushing, or-nomusingni qo‘ldan bermaydigan fe’l-atvoring va
g‘ayrating bo‘lsa – nur ustiga a’lo nur! Lekin bu ehtiyotkorli-
ging, shubhasiz, aql uchun, or-nomus uchun qilingan bo‘lsin!


7 7

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling