6 Adabiyot II qism 2017. p65


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/73
Sana08.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1659166
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Savol va topshiriqlar


6 3
!
O‘zbek mumtoz adabiyotining taniqli vakili Avaz O‘tar o‘g‘li
o‘zining ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlari bilan adabiyotimiz
tarixida alohida o‘rin tutadi. Avaz O‘tar o‘g‘li 1884-yil 25-av-
gustda Xiva shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoirning
otasi Polvonniyoz O‘tar Gadoyniyoz o‘g‘li sartarosh edi. Xalq
o‘rtasida usta O‘tar nomi bilan mashhur bo‘lgan bu kishi san’at
va adabiyotga juda qiziqardi. O‘z zamonasining yetuk adiblari
Ogahiy, Komil Xorazmiy, Mujrib Xonaxarobiy, Bayoniy kabi
shoirlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, tez-tez suhbatlashar,
doimiy muloqot qilar edi.
Usta O‘tar o‘z uyida yuqorida tilga olingan shoir-u san’at-
korlar, madaniyat ahli bilan suhbatlar uyushtirar, tabiiyki, Avaz
ham ularda ishtirok etardi. Yosh Avazning she’riyatga erta havas
qo‘yishining sababi ham shunda bo‘lsa, ajab emas.
Otasi Avazni sakkiz yoshida maktabga beradi. Avaz maktab-
dan keyingi tahsilni madrasada davom ettiradi. U Xo‘ja Hofiz,
Nizomiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy ijodini qiziqib o‘rganadi.
Bundan tashqari, Munis, Ogahiy, Komil, Feruz
kabi shoirlar bilan yaqindan muloqotda bo‘ladi. Ular
ta’sirida she’rlar yoza boshlaydi va tez orada iste’-
dodli shoir sifatida taniladi.
Avaz O‘TAR
(1884–1919)


6 4
!
Ma’lumotlarga ko‘ra, Avaz O‘tar o‘n to‘rt yoshlaridayoq she’r
yozishga kirishgan, o‘n sakkiz yoshlarida yetuk shoir nomini
olib ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan. Iste’dodli shoir Avaz
O‘tar to‘g‘risidagi xabarlar xon saroyigacha yetib boradi. Uni
saroyga taklif etadilar. Shoir bir qancha vaqt Xiva xoni saroyida
ijod qiladi. Biroq uning bu yerdagi faoliyati ko‘p davom etmay-
di. Avvalo, saroydagi biqiq ijodiy muhit shoirning ko‘ngliga
o‘tirmaydi, qolaversa, uning she’rlariga hasad bilan qaragan
ayrim kimsalar turli bo‘htonlar to‘qib Avazni xonga yomon ko‘r-
satadilar.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling