6 Adabiyot II qism 2017. p65


Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida ham garchi


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/73
Sana08.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1659166
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida ham garchi
Buxoro, Qo‘qon singari joy nomlari aniq ko‘rsatilsa-da,
u yerlarni boshqargan hukmdorlar, turli darajadagi
zodagonlar fe’l-atvori qushlar timsolida ifoda etiladi.
«Zarbulmasal» tarkibidagi mashhur masallardan biri «May-
mun bilan Najjor» masali hisoblanadi. Bu masalda tasvir-
lanishicha, Hindistonning Kashmir viloyati atrofidagi tog‘da bir
maymun rohat-farog‘atda, o‘rmondagi daraxtlarning behisob
mevalaridan xohlaganicha totinib, umrguzaronlik qilar edi.
Nogoh bu tog‘ o‘rmoniga bir najjor, ya’ni duradgor yog‘och
kesish uchun keladi. U bir daraxtni kesib, boshqasiga ketar
ekan, u joyda teshasini unutib qoldiradi. Najjorning yumushini
kuzatib turgan maymunga uning hunari oddiy bir ishdek tu-
yuladi. Xayoliga keladiki, bu ishni o‘zi qoyillatib, kelgusi avlod-
lariga ham osongina o‘rgatib qo‘ysa. Najjorning yo‘qligidan
foydalangan maymun chala qolgan daraxtni kesmoq uchun
uning ustiga minib, ishni o‘zicha davom ettiradi. Shunda daraxt
tanasi orasiga qistirilgan pona chiqib ketib maymunning dumini
qisib qoladi. Jon holatda bu ahvoldan qutulmoqni istagan may-
mun dumining bir qismi daraxt orasida qolib ketadi.
Harqalay, shoir bu masal orqali aytmoqchi bo‘lgan fikrni
angladingiz. Har qanday hunarning o‘ziga xos sir-u sinoati,
yillar davomida o‘zlashtiriladigan nozik jihatlari bo‘lishini ang-
lamaguncha kishi biror natijaga erishishi mumkin emasligi


6 2
ma’lum, albatta. Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘r-
g‘alar deganlaridek, masaldagi o‘zbilarmon maymun ham
ayanchli, ham kulgili holga tushadi. Hamma zamonlarda bo‘l-
gani singari, Gulxaniy zamonida ham qo‘lidan kelmagan ishga
urinib dovruq topmoqchi bo‘lgan, natijada ham o‘zini, ham
xalqni qiynaydigan turli darajadagi kishilar ko‘plab uchragan.
Mazkur masalni mana shunday kishilarga nisbatan shoirning
achchiq kinoyasi, xolis bahosi deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
1. Gulxaniy haqida bilganlaringizni gapirib bering.
2. «Kabutar bilan Zog‘» hikoyatidan qanday ma’no uqdingiz?
3. Qo‘lidan kelmagan ishga uringan kishi, albatta, sharmanda
bo‘ladi degan fikr qaysi masalda aks etgan?
4. «Tuya bilan Bo‘taloq» hikoyati nima haqida? Bo‘taloq ona-
sidan nega xafa bo‘ldi? Ona tuyaning javobini sharhlang.
5. «Toshbaqa bilan Chayon» hikoyati mazmuni orqali qanday
ibratli fikr ilgari surilgan? Tushuntirib bering.
6. O‘z ahvolidan doim shikoyat qilib yurish, noshukurlik illatlari
fosh qilingan hikoyani topib sharhlashga urinib ko‘ring-chi.
7. «Yodgor po‘stindo‘z» hikoyalarida qanday xulqli odamlar
hajv qilinadi?
8. «Zarbulmasal»dan keltirilgan naqllardagi odamlarning la-
tifanamo holatini sharhlang.
9. «Zarbulmasal» deb qanday asarga aytiladi?
10. Daftaringizga «Zarbulmasal»dagi maqol va iboralarni ko‘-
chirib oling. Ularni hozirgi maqollar bilan taqqoslang.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling