6 Adabiyot II qism 2017. p65


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/73
Sana08.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1659166
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

O‘TTIZ YETTINCHI SO‘Z
1. Insonning insonligi ishni qanday boshlaganidan bilinadi,
lekin qanday tugatganidan emas.
2. Ko‘nglingdagi ko‘rkam o‘y og‘zingdan chiqqach xirala-
nadi.
3. Sen agar faqat o‘zini o‘ylaydigan nodonga hikmatli so‘z
aytsang, u seni yo xursand qiladi, yoki xafa.
4. Kishiga bilimiga qarab yaxshilik qil, yomonga qilgan
yaxshiliging boshingga balo bo‘lib tushadi.
5. Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l! Odam bolasi –
elning lolasi.
6. Yaxshi odam ko‘p so‘raydi, ammo oz bersang ham rozi
bo‘ladi. Yomon odam oz so‘raydi, ammo ko‘p bersang ham rozi
bo‘lmaydi.
7. Yolg‘iz boshing uchun mehnat qilsang, o‘z qorni uchun
o‘tlagan hayvonning biri bo‘lasan. Insoniy burching uchun
mehnat qilsang esa, Ollo taoloning suygan bandasi bo‘lasan.
8. Inson bolasini zamona parvarish qiladi. Kimda-kim yomon
bo‘lsa, ayb zamondoshlarida.
9. Agar davlat mening qo‘limda bo‘lganda, inson farzandini
tuzatib bo‘lmaydi degan odamning tilini kesib tashlardim...
10. Dunyoda kim yomonlik ko‘rmagan deysiz? Umidsizlik –
bu g‘ayratsizlikdir. Dunyoda hech muqim narsa yo‘q,
shuningdek, yomonlik ham mudom bo‘lmaydi. Axir, qori qalin
qahraton qish ketidan ko‘k maysali, tiniq suvli yoz kelmasmu?
11. Badjahl odam kamgap kelsa, zahari ichida bo‘lgani.
Bordi-yu, hech kimga gap bermay, lo‘lilik qilib shovqin solsa,
bu odam yo qo‘rqoq, yoki maqtanchoq keladi.
12. Quvonch va mag‘rurlik mastlikdir. Faqat mingdan bir
kishigina bu narsadan o‘zini ehtiyot tutib yura oladi.
13. Ishning omadi – o‘z vaqti.
14. Buyuk mansab – go‘yo bir buyuk qoya. Unga erinmay
o‘rmalab yurib ilon ham chiqadi, uchib-qo‘nib yurib qiron ham
chiqadi.


7 8
15. Dunyo kattakon ko‘l. Zamona esa esib turgan yel. Olding-
dagi to‘lqin – og‘alar bo‘lsa, ketingdagi to‘lqin – inilardir. Nav-
bat bilan o‘lishar, avvalgiday bo‘lishar.
16. Tuyadek bo‘y bergandan tugmadek aql bergan ortiq.
Soqolini sotgan qaridan mehnatini sotgan yosh ortiq.
17. Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang
ham qutulolmaysan, bulutli kunda esa izlasang ham topol-
maysan.
18. Do‘sti yo‘q bilan sirlash, do‘sti ko‘p bilan siylash. Yax-
shiga yaqin bo‘l, yomondan – yiroq.
19. G‘ayratsiz jahl – tul, qayg‘usiz oshiq – tul, shogirdsiz
olim – tul.
20. Baxtiyor bo‘lguningcha baxtingni eling ham tilaydi,
o‘zing ham tilaysan. Baxtiyor bo‘lganingdan so‘ng esa faqat
o‘zinggina tilaysan.
1. Abay hayoti va ijodi to‘g‘risida bilganlaringizni gapirib be-
ring.
2. Abayning qozoq adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi qaysi
asarlarda namoyon bo‘ladi?
3. «Nasihatlar»ning «O‘n yettinchi so‘z»idan olingan parchada
G‘ayrat, Aql, Yurak o‘rtasida qanday bahs bo‘lib o‘tdi?
Bahsda hakamlik qilgan Ilmning ularga bergan maslahatini
sharhlashga harakat qiling.
4. «O‘ttiz ikkinchi so‘z»da ilm o‘rganishning bir necha shartlari
haqida gap ketadi. Mazkur shartlarni izohlab bering.
5. Oltinchi shartning izohiga batafsil to‘xtaling.
6. «O‘ttiz yettinchi so‘z»dan Abayning yigirmata o‘giti joy ol-
gan. Ushbu o‘gitlarning o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi
bandlarini sharhlang.
7. Uyda «O‘ttiz yettinchi so‘z»dagi o‘gitlarni yod olib keling.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling