6 Adabiyot II qism 2017. p65
Zulfiya she’riyatida, ko‘rib o‘tganimizdek, bahor
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Zulfiya she’riyatida, ko‘rib o‘tganimizdek, bahor
mavzusi ayricha bir ahamiyatga ega. Uzoq ijodiy umr davomida yozilgan she’rlarning aksariyati bahor fasli, uning insonlarga baxshida etadigan go‘zalligi, tarovati, jozibasi haqida. Yoki bo‘lmasa bahorning fusunkor manzaralari, betakror na- fosatidan ilhomlanib kishida paydo bo‘ladigan turli o‘ylar, qiyos va o‘xshashliklar ta’siridagi hayot hodisalari, tabiat va inson kechmishlari xususidagi mulohazalardir. Biz dastlab ko‘rib chiq- qan «Bog‘lar qiyg‘os gulda» she’ri – so‘zlarimizning isboti. Ayni chog‘da Zulfiyaning bahor haqidagi ko‘plab she’rlari orasida yana bittasi borki, unda avvalgilaridan farqli, shoira she’riyatdagi jonlantirish san’atidan mahorat bilan foydalanib, dunyodan o‘tib ketgan yaqin odamining sog‘inchi, xotirasini qalamga oladi. Bu yaqin odam Zulfiya opaning turmush o‘rtog‘i, otashnafas shoir Hamid Olimjon edi. Aziz o‘quvchi, Sizlar quyi sinfda Hamid Olimjon hayoti va ijodi bilan tanishgansiz. Shunda shoirning «baxt va shodlik» kuychisi deya sharaflanishi, «O‘rik gullaganda» deb nomlangan mashhur she’ri borligini hamda Hamid Olimjon ayni navqiron 8 9 o‘ttiz besh yoshida, ya’ni 1944-yili avtomobil halokatida vafot etganini bilib olgansiz. Zulfiya she’riyat muxlislariga oradan bir yil o‘tib, ya’ni 1945- yili yozgan «Bahor keldi seni so‘roqlab» she’ri bilan baxt va bahor haqida jo‘shib kuylagan yori – turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjonning hayotini, she’rlarini eslatadi. Shu niyatda tabiatga murojaat qiladi, uni xayolan o‘z suhbatdoshiga aylantiradi. Mana, qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari. «Qani o‘sha kuychi, xayolchan, yigit? Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol. Nechun qora libos, sochlaringda oq, Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?» «O‘rik oppoq bo‘lib gullagani»ni kuylagan yigitni izlab kel- gan bahor shabboda bo‘lib bog‘larni, qir-adir, yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqqani, izlarini topolmagach, bo‘ronga aylanib tog‘lar toshlarini qulatib, na’ra tortganini aytar ekan, shoira bu bilan o‘z qalbidagi holatni ifoda etadi. Suyukli kishisidan, ikki farzan- dining otasidan ayrilish, judolik alamlarini ramziy obrazlarda ko‘rsatadi. Shoirini topolmay sarson kezgan bahor uning uyiga, yotog‘iga kirib keladi. Shoirani so‘roqqa tutib qalb yaralarini yangilaydi. Qanday javob aytay, loldir tillarim. Ana shunday holatga tushgan shoira bahorni yorining qabriga boshlab boradi. U esa bor haqiqatni anglagach, alamda tutoqib daraxtga, endigina uyg‘onayotgan kurtaklarga dardini aytib ko‘z yosh to‘kadi. Bu endi shamollar esib, yomg‘ir yog‘ib turgan ho- latning ramziy ifodasi. Shu tariqa shamollardan tebranib, yomg‘ir suvlarida yuvilgan gul-u rayhonlarning atri olamni tutib, go‘yo 9 0 ! bir qo‘shiq kuylayotganday mayin, hayotbaxsh ohanglar taraladi. Demak, lirik qahramonning bahor tufayli qalbida uyg‘ongan dard, alam-u azoblari o‘sha gullar atridan, ya’ni bahorning bor atrofga go‘zallik, yoshlik, yashillik bag‘ishlashidan taskin topib, tarqalib, yorug‘likka, umid va orzularga yana quchoq ochadi. Shoira shundan so‘ng «O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot» deya she’rni baland pardalarga ko‘tarib, bag‘oyat hayotbaxsh, tantanavor yakun yasaydi. Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda, Hayotni kuylayman, chekinar alam. Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham! She’rning ana shunday yakun topishi go‘yoki qishning sovuq, qorong‘u kunlaridan keyin bahor fasli bor tabiatga yorug‘lik, yasharish bag‘ishlaganiga o‘xshash qiyosiy, ramziy tasavvur beradi. Shoiraning badiiy mahoratiga, ya’ni ramzlardan, o‘xsha- tish va jonlantirish kabi she’r san’atlaridan mohirona foydalana bilganiga qoyil qolasiz. Zulfiya she’rlariga qiziqishingiz yanada ortadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling