5 3
Sonur edi o‘zini tog‘ xisravi
1
,
Tog‘ni uqub Dehlavii ma’navi(y)
2
.
Borib anga, kesti yag‘och reshasin
3
,
Qo‘ydi u yerda unutib teshasin.
Bordi yana – kesti bo‘lak bir yag‘och,
Yormog‘ini fikriga qildi iloj.
Bolta
bilan bir uchini yordi ul,
Pona qo‘yub, tesha sari bordi ul.
Tushti banogah
4
anga Maymun ko‘zi,
Oqil-u dono sonub ul dam o‘zi(n).
Aydi: «Ulus
5
ichra
bu bir kasb erur,
«Kasb»ni kessang boshini, «sab»
6
erur.
Kissayi purzar
7
emish
elga hunar,
Behunar elni o‘xiyur
8
(rishi)
9
xar
10
.
Man dog‘i najjorlig‘in
11
o‘rganay,
Zuryalarim
12
barchasig‘a o‘rgatay.
Jahd qilib turdi ravon borg‘ali,
Ya’ni yag‘och qolmishini yorg‘ali.
1
Xisrav – podshoh, hukmdor.
2
Bu yerda buyuk shoir Xusrav Dehlaviy nomi vositasida so‘z o‘yini qilin-
moqda: o‘zini tog‘ xisravi (podshohi), tog‘ni esa ma’naviy jihatdan (Xusrav)
Dehlavii ma’naviy
hisoblar edi, ya’ni duradgor uchun tog‘ Xusrav Dehlaviy kito-
biga o‘xshar edi.
3
Resha – ildiz, tomir.
4
Banogah –
kutilmaganda, daf’atan.
5
Ulus – xalq, el.
6
Bu yerda arab yozuvi asosida so‘z o‘yini qilingan: «kasb» so‘zining bosh
harfi o‘chirilsa, «sab» qoladi.
Sa’b – qiyin, og‘ir degani.
7
Do'stlaringiz bilan baham: