5 0
roziy,
Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, So‘fi Olloyor kabi ulug‘
so‘z ustalari hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bu-
larning barchasi asarning ta’sirchanligi va o‘qishliligini oshirgan.
«Zarbulmasal» xalq orasida «Yapaloqqush hikoyasi» nomi
bilan mashhur bo‘lib, qissaxonlik kechalarida
uni eshitgan shina-
vandalar asarning chuqur hayotiy mazmuniga qoyil qolishgan.
Aziz o‘quvchilar! Sizning yoshingiz,
bilim darajangiz, dunyo-
qarashingizni hisobga olib «Zarbulmasal»dan
olingan bir necha
ibratli masal va hikoyatlarni e’tiboringizga havola qildik. Vo-
qealar ortidan quvmay ularning mazmuniga sinchiklab nazar
soling, muallifning bu masal yoki
hikoyat orqali nima demoqchi
ekaniga diqqat qiling. Shu narsani yodda tutingki,
shoir yoki
yozuvchi biror voqea-hodisani shunchaki bayon qilib qo‘ya
qolmaydi. Voqea-hodisa – ijodkorlarga o‘z badiiy maqsadini
amalga
oshirish uchun bir vosita, xolos. «Maymun va Najjor»
masali orqali qo‘lidan kelmagan ishga uringan kishi, albatta,
sharmanda bo‘ladi degan fikr ilgari surilgan. «Toshbaqa
va Cha-
yon» masalida esa do‘st tanlashda adashmaslik kerakligiga e’ti-
bor qaratiladi. «Tuya bilan bo‘taloq» masalida erki o‘zida bo‘l-
magan kishining fojiasi ko‘rsatiladi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: