1 6
!
Musa Mustafo o‘g‘li Jalilov – Musa Jalil 1906-yilning 15-fev-
ralida Rossiyaning Orenburg gubernasida dehqon oilasida dunyo-
ga keladi. U, dastlab, ovuldagi boshlang‘ich
maktabda savod
chiqaradi. Oilasi shaharga ko‘chib kelgach, Orenburgdagi mash-
hur «Husayniya» madrasasida tahsilini davom ettiradi. Musa
talaba tengdoshlari orasida o‘zining
izlanuvchanligi, ko‘p nar-
saga qobiliyatli ekani bilan ajralib turar edi. Uning ilk she’ri
Turkiston fronti nashri hisoblangan «Qizil yulduz» gazetasida
1919-yilda bosilib chiqadi. Shundan so‘ng
birin-ketin omma-
lashib borayotgan turli gazeta va jurnallarda shoirning qator
she’rlari va dostonlari e’lon qilinadi.
Musa Jalil 1925-yilgacha
yozgan asarlarini jamlab, «Biz bora-
miz!» nomi ostida she’rlar va dostonlardan iborat dastlabki
to‘plamini o‘quvchilarga hadya etadi. 1929-yilda «O‘rtoqqa»,
1934-yilda esa «Ordenli millionerlar»
nomli kitoblari chop eti-
ladi. O‘z bilimi va tajribalarini oshirish maqsadida Moskva dav-
lat universitetining adabiyot fakultetiga o‘qishga kirgan Musa
Jalil 1931-yilda uni muvaffaqiyatli bitiradi.
Shoir 1940-yilda yaratilgan «Xat tashuvchi» nomli poemasida
xat tashuvchi yigit Temirbulat bilan dehqon qiz Fayro‘zaning sof
muhabbatini, samimiy insoniy kechinmalarini yorqin she’riy
bo‘yoqlarda aks ettirgandi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Musa Jalil serqirra iste’dod egasi
edi. U Moskva davlat konservatoriyasi
huzurida tashkil qilingan
tatar opera studiyasi repertuarining badiiy mukammal asarlar
bilan ta’minlanishida alohida faollik ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: