Sut o‘rnini bosuvchi quruq mahsulotlar texnologiyasi. Sutni o‘rnini bosuvchi quruq mahsulotlar purkovchi yoki plyonkali quritgichlarda yog‘sizlantirilgan sutni, paxta, shirdon va boshqa oqsilli komponentlar, o‘simlik va hayvonot yog‘lari, stabillovchi antikislotalar, emulgatorlar, vitaminli preparatlar, mineral tuzlar va antibiotiklar aralashmasini quritish yo‘li bilan olinadi. Chorvachilikda tiklangan holda foydalaniladi.
Mahsulotlarni turiga qarab yog‘ning ulushi 17 dan 42,5%gacha, kislotaligi tiklangan holda 17-190T gacha, xom cho‘kmada eruvchanlik indeksi 0,8 dan 1,2 sm3, bakteriyalarni umumiy miqdori 1 g mahsulotda 50-250 ming, atsidofil bakteriyalari 6,0·105 (ZSM-F uchun) va 1,1·106 (ZSM-SK, ZSM-PK, ZSM-PLK uchun). Biror bir sutni o‘rnini bosuvchi mahsulotlarda ichak tayoqchalar bakteriyasi va patogen mikroorganizmlarini 0,1 gacha mahsulotda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Turli xil sutni o‘rnini bosuvchi (ZSM) mahsulotlar texnologiyasi ko‘p umumliklarga ega. Ularning umumiyliklariga sifatini baholash, massa hisobi, tozalash, sovitish (kerak bo‘lganda rezervrlash), quyultirishdan oldin issiqlik ishlov berish va sut xom ashyosini quyultirish hamda jarayonni oxirgi bosqichida quritishdan oldin aralashmani barcha komponentlarini tuzish, quritish, sovitish va tayyor mahsulotlarni joylash va saqlash inobatga olinadi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Sut o‘rniga ishlatiladigan mahsulotlar tavsifi.
2. Ishlatiladigan mahsulotlar.
4. Sut o‘rnini bosuvchi quruq mahsulotlar texnologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |