6-amaliy mashg‘ulot (2 soat). 11-mavzu: Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizliginiboshqarishdagi xavfli obyektlari(1 soat)
Download 33.05 Kb.
|
EEE-6-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishdagi xavfli obyektlari.
6-AMALIY MASHG‘ULOT (2 soat). 11-mavzu: Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizliginiboshqarishdagi xavfli obyektlari(1 soat). 12-mavzu: Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishni hududiy, ishlab chiqarishdagi darajasi(1 soat). . Reja: 1.Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishdagi xavfli obyektlari. 2.Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishni hududiy, ishlab chiqarishdagi darajasi. 1.Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishdagi xavfli obyektlari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 271-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomlarda “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi, prinsiplari va shartlarini belgilangan va quyidagi ta’riflar berilgan: Avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari tipi — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfli moddalar kategoriyasi mavjudligi asosida ushbu xavfli ishlab chiqarish obyektining xavfliligi darajasini belgilaydigan xavfli ishlab chiqarish obyekti tavsifi. Obyektning xavfliligi belgilari — “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi 1—5-bandlariga muvofiq obyektda xavfli moddalar (mavjudligicha), xavf yuqori bo‘lgan texnika qurilmalaridan foydalanilishiga va ishlar olib borilishiga e’tiborni qaratish. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida shaxs va jamiyatning avariyalar va noxush hodisalardan va ularning oqibatlaridan hayotiy muhim manfaatlari himoyalanganligi holati. Qarorda belgilanishicha, “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga quyidagi xavfli moddalar: 1) portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalar: tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra I, II va III xavflilik darajalariga (o‘ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‘rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar; muayyan turdagi tashqi ta’sir chog‘ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o‘z-o‘zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o‘zgaruvchan portlovchi moddalar; inson sog‘lig‘i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan; 2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan; 3) ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo‘llar, funikulyorlardan (tog‘ temir yo‘llaridan) foydalaniladigan; 4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan; 5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi. 7. Obyektni xavfli ishlab chiqarish obyektlari kategoriyasiga kiritish obyektning xavfliligi belgilarini aniqlash asosida uni identifikatsiyalash jarayonida amalga oshiriladi. Xavflilik darajasi bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlari quyidagi tiplarga bo‘linadi: birinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari — ushbu Nizomga 2-ilovaning 1 va 2-jadvallarida ko‘rsatilgan miqdorda, ularning cheklangan me’yoriga teng bo‘lgan yoki undan ortiq bo‘lgan xavfli moddalar foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan yuqori xavflilik darajasidagi obyektlar; ikkinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari — birinchi tipga tegishli bo‘lmagan, ushbu Nizomga 2-ilovaning 1 va 2-jadvallarida ko‘rsatilgan miqdorda, ularning cheklangan me’yoridan kam bo‘lgan xavfli moddalar foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan obyektlar; uchinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari — obyektlarning birinchi va ikkinchi tiplariga tegishli bo‘lmagan, ushbu Nizomning 6-bandi 2—5-kichik bandlarida ko‘rsatilgan xavflilik belgilariga ega bo‘lgan obyektlar. agar xavfli ishlab chiqarish obyektlari o‘rtasidagi masofa 500 metrdan kamni tashkil etsa, xavfli moddaning jami miqdori hisobga olinadi; Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ILOVA Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash varaqasi
Download 33.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling